Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik



Download 335,49 Kb.
bet43/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

Haqiqat ahli zindoniydur asru.
Agar topsa Sikandar mulki zoting,
Gar o‘lsa Nuh umricha hayoting.
Bu baytda Navoiy Suqrot tilidan tasavvufning muhim g‘oyasini bayon etadi. YA’ni bu dunyo o‘tkinchi, foniydur, shu sababli unga ko‘ngil bog‘lash to‘g‘ri emas.
CHu mahbubi haqiqiy uldurur ul,
Aning vasli sori qat’ aylamak yo‘l...
Bu yo‘l ichraki behad dardu g‘amdur,
Uzoq tortar, vale ikki qadamdur.
Kim ul ikki qadamning qat’i ming yil,
Kishi ursa qadam mumkin emas bil.
Biri o‘zlukni qilmoq bo‘ldi foniy,
YAna bir dog‘i topmoq bo‘ldi oni
Haqqa etishish yo‘li ikki qadam masofadek gap, lekin bu ikki qadamni bosib o‘tish uchun ming yillik mashaqqat sarflanishi kerak. Bu ikki qadamning biri o‘zlikdan voz kechish, ikkinchisi o‘zlikni topish, ya’ni o‘zlikdan voz kechmay turib, chin ilohiy o‘zlikni topish mumkin emas.
Inson o‘zlikdan qutulmay, Ilohga etolmas ekan, demak, uni tezlashtiruvchi chora – vosita kerak. Dostonda majoziy ishq tong yorug‘iga, haqiqiy ishq quyoshga o‘xshatiladi:
Bu o‘zlukdin qutulmoq chorasozi,
Nima yo‘q, o‘ylakim ishqi majoziy...
Majoziy ishq bo‘ldi subhi anvar,
Haqiqiy ishq anga xurshidi xovar.
Alisher Navoiyning bu o‘rinda majoziy ishq va haqiqiy ishq haqidagi fikrlari Navoiy ijodida ishqni to‘g‘ri talqin qilishga ko‘mak beradi. SHoir majoziy ishqni tong nuriga, haqiqiy ishqni quyoshga o‘xshatish bilan “majoz – haqiqat yo‘lidagi ko‘prik ekanligigiga”, Yaratganga muhabbat u zot yaratgan xilqatlarga muhabbat orqali oydinlashishiga ishora qiladi. Zero, tongning nuri quyosh tarafga nazar tashlash­ga undaydi. Demak, Farhodning oldida turgan ishq dastlab majoziy ishq sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq majoziy ishq uchun “mazhar” kerak. Mazhar – Haq jamoli zuhur etgan insondir. Farhod uchun mazhar – SHirin edi.
Farhod shu tariqa Suqrot huzuriga borar yo‘lda tariqat maqomlarini bosib o‘tadi, piri komil suhbatidan bahramand bo‘lib, ilohiy ishqning mohiyatini anglay boshlaydi. Chin mamlakatiga qaytib borib, ko‘zguda endi nafaqat SHirinni, balki o‘zini va o‘zi kelgusida boshdan kechirishi kerak bo‘lgan voqealarni ko‘ra boshlaydi.
Farhodning keyingi faoliyati bevosita Armaniston bilan bog‘liq. Ko‘zguda SHirinni ko‘rgan Farhodning hayoti yana balolarda, sinovlarda o‘taveradi. Avval kemaning halokatga uchrashi, uning yolg‘iz bir taxta ustida qolib, dengizda oqim bo‘ylab suzishi, eronlik savdogarlar tomonidan qutqarilishi, qaroqchilarga qarshi jang, Arman o‘lkasiga etib olishi, suv qaziyotgan odamlarning joniga oro bo‘lib kirishi – tog‘ kesib, suv chiqarish mashaqqatlari – bularning barchasi ramziy ma’noda majoziy ishq yo‘lida chekkan ruhoniy iztiroblar, azob-mashaqqatlar. Bu voqealarni jonli, rangin bo‘yoqlarda tasvirlagan shoir Farhodning dardu iztiroblari, ishq hasratlarini kuchli dramatizm bilan taqdim etadi. Dostonning hakim Suqrot bilan bog‘liqo‘rinlarida tasavvufiy mazmun-mohiyatning kuchayib ketganligini ko‘rish mumkin edi. Umuman olganda, bu uslub asarning boshidan-oxirigacha kuzatiladi. SHu bois asarni zohiriy va botiniy ma’nolarda tushunish, idrok etish mumkin. Zohiriy mazmunning o‘ziga asoslanib idrok etilganda ham dostonning ma’rifiy qimmati yuqori ekanligini kuzatish mumkin. Masalan, Farhodning ko‘hkanligi Nizomiy dostonida asosan Besutun tog‘idan Xusrav askarlariga yo‘l ochish orqali ko‘rsatilsa, Navoiy dostonida suvdan qiynalgan xalqqa ariqqazishi voqeasi garchi o‘ta mubolag‘aviy tarzda berilgan bo‘lsa-da, muayyan jihatlari hayotiy asosga ega. Navoiy yashagan davrda Hirotning o‘zida ham suv tanqisligi muammosi mavjud edi. “Vaqfiya” asaridagi ariqlar, hovuzlar qazilganligi haqidagi ma’lumotlar bunga misol. Farhoddek shahzodaning xalqqa bergan ko‘magini badiiy tasvirlagan shoirning ijtimoiy (shahzodalarga pand ma’nosida) maqsadlari bor edi. Xos va avom kitobxonga birdek qiziq bo‘lgan bu dostondan har xil darajadagi kitobxon o‘z imkoniyat va iqtidori darajasida ta’sirlanishi mumkin. Asarning yana bir nomi “Mehnatnoma”ni ko‘pchilik Farhodning Armaniyadagi mehnati bilan bog‘lab tushuntirishga intiladi. Bu bir qarashda to‘g‘ridek. Biroq Navoiyning o‘zi doston boshida “Mehnatnoma”ni qo‘llaganida, Farhod boshidan kechirgan qiyinchiliklar va mashaqqatlarni nazarda tutgan edi.
Dostondagi har bir timsol yuksak mahorat bilan ishlangan bo‘lib, Navoiy har bir obrazga, har bir detalga muayyan badiiy ijtimoiy “vazifa” yuklaganligini ko‘rish mumkin. Dostonda ilohiy ishqdan bebahra foniy dunyo kishilaridan biri Xusravdir. Muallif bu ikki qahramonning munozarasini tasvirlar ekan, ikki xil ishq – avom ishqi va ilohiy ishq o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatib beradi. Jami 25 baytdan iborat bu munozarada deyarli har bir baytda muayyan badiiy san’atning etakchilik qilishini kuzatish mumkin. Xususan,
Dedikim: ishq o‘tidin de fasona!
Dedi: kuymay kishi topmas nishona.

baytida “o‘t” va “kuymoq” so‘zlari asosida tanosub san’ati yasalganligini ko‘rsak, keyingi baytda “a” unlisining takrorlanishi asosida vujudga kelgan assonans badiiy vositasini qo‘llanilganligini ko‘ramiz.


Dedikim: kuymagingni ayla ma’lum,
Dedi: andin erur joh ahli mahrum…
Xusrav savol-javobda ham, jismoniy harakatlarda ham Farhodni enga olmaydi, chunki dunyoviy kuch ilohiy qudratni engishi mumkin emas edi. SHunda u makkorlik yo‘liga o‘tadi: yosuman kampir vositasida Farhodning o‘limiga erishadi.
Navoiy tilidan Farhodning o‘limi munosabati bilan aytilgan
Vujudin o‘rtab ul so‘zu gudozi
Haqiqatqa badal bo‘ldi majozi
degan iqrorini Alloh jamoliga etishgan ishq ahli haqidagi ma’naviy xulosa deyish mumkin. Quyidagi misralarda shoir fikrini yanada kuchaytirganligini, Farhod timsolida ilgari surilgan qarashlarini oydinlashtirganini ko‘rish mumkin:
Baqo shahrida sultonliqqa etti,
Haqiqat mulkida xonliqqa etti.
Doston poetikasidagi muhim jihatlaridan biri, undagi dramatizm, yuqori darajadagi pafosdir. Alisher Navoiy Farhod obraziga alohida yondashgani uning hissiyotlarini yoritishda yanada ko‘proq seziladi. SHoir Farhodning o‘limi oldidan chekkan iztiroblarini (49-bob) bayon qilish orqali asarning asl mohiyatini ma’lum qilgan, bu nuqtadagi dramatizm, fojia­viylik o‘ziga xos lirizmga uyg‘unlashib ketgan. Aynan shu o‘rinda Farhodning o‘limi yuz beradi. Bobning avvalida Farhod o‘z holini bayon qiladi, ishq yo‘lida chekkan iztiroblarini aytib falak – taqdir bilan suhbatga kirishadi, so‘ng unga bir qancha vaqtdan buyon hamroh va munis bo‘lib qolgan parranda, hayvonlarga vidosini aytadi, boshidan o‘tgan voqealarni qisqacha so‘zlab beradi, tong shamoliga murojaat qilib, ota-onasiga o‘zi haqida xabar berishini iltimos qiladi. Mazkur monologda Farhod Xusravdan ozor chekkani haqida ham to‘xtaladi. Xusrav o‘z qilmishlari uchun jazosini olishini so‘raydi. ¤z holatini shu tariqa bayon qilgach, ishq uning butun jonu jismini kuydiradi hamda Farhod dunyodan ko‘z yumadi: “Qilib jononi otin tilga ta’lim, Tutub jonon otin, jon etti taslim”. Mazkur o‘rinda Farhodning “jonon otini tutub” jon berishi asar g‘oyasini aniqroq tushunishga yordam beradigan nuqta bo‘lib, bu tas.dagi solikning o‘limi Haq zikri ila kechishini bildiradi.
Dostonning 52-bobida qalamga olingan voqealar asar mazmunini yanada kengroq ochib beradigan lavha hisoblanadi. Unda shoir SHirin o‘lgan kuni qirq nafar ahli tariqat bir xil tush ko‘rganini ma’lum qilgan. Tushlarida jannat namoyon bo‘lgan va jannatda osmon qadar ulkan qasrda Farhod va SHirin taxt uzra o‘tirgan ekanlar. Ularning atrofida esa ota-onalari va barcha yaqinlari ham bo‘lib, bu oshiq va ma’shuqning sharofati tufayli amalga oshgan edi. Jannat farishtasi Farhodning ishq yo‘lida dunyo taxti va sultonligidan voz kechgani uchun unga shunday ulkan martaba nasib qilgani haqida xabar qiladi.
Mazkur tushni qirq nafar valiy zot ko‘rgach, bo‘lib o‘tgan voqea butun olamga ma’lum qilinadi. Farhodning boshqa yaqinlari – SHopur va Bahrom Arman o‘lkasiga keladilar, Farhod va Shirin o‘limida aybdor bo‘lganlarni jazolaydilar. Bu ishlarni tugatgach, Farhod va Shirin qabri ustida mujovir bo‘lib qoladilar.
Doston xotimasi ikki bob (53-54) dan iborat bo‘lib, 53-bob Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li shahzoda Abulfavoris SHohg‘arib Mirzo madhi va unga bag‘ishlangan bir necha nasihatni o‘z ichiga oladi. Navoiy SHohg‘arib Mirzoga kamolotga erishish yo‘llari haqida gapirar ekan, shahzodaga Iskandar Zulqarnayn, Mirzo Ulug‘bek kabi hukmdorlarni ibrat qilib ko‘rsatadi. Eng muhim ilmlar sifatida fiqh, hadis va tafsirni egallash zarurligini uqtiradi, shuningdek tibbiyot va hikmat ilmini ham o‘rganishni tavsiya etadi:
SHah uldurkim shiori ilmi dindur,
Nedinkim ilmi din ilm ul-yaqindur...
Bu din ilmiki xomam qildi tahrir,
Erur fiqhu hadisu so‘ngra tafsir...
Valekin tibbu hikmat ham erur xo‘b
Ki, sihhatdur kishi jismida matlub.
Yakuniy bobda Navoiy Farhod timsolini o‘z zamonasidagi barcha shahzodalarga ibrat hamda o‘rnak qilib ko‘rsatadi.
Farhod va SHirin" ishqiy sarguzasht dostonlar uchun mo‘ljallangan hazaji musaddasi mahzuf vazni (ruknlari va taqti’i: mafoiylun mafoiylun fauvlun V– – – V– – – V– –) da yozilgan.
Tayanch tushunchalar

  • soqiynoma

  • solik

  • soliki majzub

  • ishqi majoziy

  • ishqi haqiqiy

  • ramziy timsollar

  • hazaji musaddasi mahzuf


Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish