Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik


-mavzu. “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING YARATILISH TARIXI



Download 335,49 Kb.
bet39/92
Sana12.05.2023
Hajmi335,49 Kb.
#937694
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92
Bog'liq
Muzaffar mamatqulov navoiyshunoslik

6-mavzu. “FARHOD VA SHIRIN” DOSTONINING YARATILISH TARIXI
REJA:
1. Dostonning yaratilish tarixi
2. Farhod – ilohiy ishq yo‘liga kirgan solik obrazi
3. Dostondagi ramziy timsollar
4. Dostonning badiiy xususiyatlari
Alisher Navoiy “Xamsa”sidagi ikkinchi doston “Farhod va SHirin” deb atalib, 1484 yilda yozib tugallangan. Navoiygacha bu mavzu "Xusrav va SHirin" shaklida mashhur edi. Afsonaning bosh qahramoni Xusrav Parvez aslida tarixiy shaxs bo‘lib, milodiy 590 yilda taxtga chiqib, 628 yilda o‘z o‘g‘li SHeruyaning buyrug‘i bilan o‘ldirilgan Eron shohidir. Uning oromiy yoki arman qizi SHiringa bo‘lgan muhabbati ko‘pgina tarixiy asarlarda qayd etilgan. Xususan, Alisher Navoiyning o‘zi ham “Tarixi muluki Ajam” asarining sosoniylar tarixiga bag‘ishlangan qismida Xusrav Parvez haqida ma’lumot beradi. Badiiy adabiyotda Xusrav va SHirin muhabbati haqida birinchi bo‘lib Firdavsiy o‘zining "SHohnoma" dostonida yozib qoldiradi, Nizomiy esa uni alohida ishqiy-sarguzasht doston holiga keltiradi. Nizomiyning "Xusrav va SHirin" dostoni 1340 yilda Qutb Xorazmiy tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan.
Alisher Navoiy bu mavzudagi dostoni uchun avvalgi dostonlarda ikkinchi darajali timsol tarzida talqin qilingan Farhodni bosh qahramon qilib oladi. Aslida Farhodning bosh qahramon qilib olinishi adabiyotda ilk bor XIV asrda Ozarbayjonda yashab faoliyat yuritgan Orif Ardabiliyning “Farhodnoma” (1369) nomli fors-tojik tilida yozilgan dostoni bilan boshlanadi. Lekin unda tasvirlangan voqealar Navoiy dostonidan butunlay farq qiladi. Navoiy “Farhod va SHirin” dostonida bu mavzuda qalam tebratgan ijodkorlar sifatida Nizomiy, Dehlaviy, Ashraf Marog‘iylarni eslab o‘tar ekan, yana bir noma’lum ijodkorga ham ishora qilib o‘tadi:
YAna bo‘lg‘on ekan bu noma marqum,
Vale roqim emastur yaxshi ma’lum.
Adabiyotshunoslikda ushbu noma’lum ijodkor aynan Orif Ardabiliy bo‘lishi mumkin degan fikr mavjud.
Farhod obrazining ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib tutashadi. O‘z asarining manbalarini xalq og‘zaki ijodidan olgan Firdavsiy “SHohnoma”sida Farhod pahlavon (Afrosiyobning jangovar sipohsolori) sifatida tilga olingan. Bu obraz Nizomiyning “Xusrav va Shirin” dostonida epik planda talqin etila boshladi. Nizomiyning dostonidagi Farhod xalq orasidan chiqqan toshyo‘nar usta. U oqil va insonparvar, g‘oyat savodli va pahlavon. Farhod garchi doston syujeti rivojida asosiy rol o‘ynamasa-da, muallifning etakchi g‘oyasini tushunishda muhim ahamiyatga ega.
Xusrav Dehlaviyning “Shirin va Xus­rav” dostonida esa Farhod oliynasab shahzoda, taqdirga tan beruvchi baxtsiz oshiq sifatida tasvirlanadi.
Navoiyning “Farhod va Shirin” dostoni 54 bob, 5782 baytdan iborat. SHundan muqaddima 11 bobni o‘z ichiga oladi. Doston an’anaviy hamd – Allohning maqtovi bilan boshlanadi. Dostonda ikkita hamd mavjud. Birinchi hamdda Alisher Navoiy yaratuvchining qudratini ta’riflab, uning irodasi bilan qalamga olmoqchi bo‘lgan g‘oyaviy niyati haqida so‘z yuritar ekan, birinchi misrani arabcha kalima bilan boshlaydi:
Bihamdik fath abvob ul maoniy,
Nasib et ko‘ngluma fath o‘lmak oni.
Ya’ni: Ma’nolar eshiklarining ochilishi sening maqtoving bilan va ko‘nglumga ularni zabt etishni nasib qil.
Keyingi baytlarda Navoiy ma’nolar xazinasi qulfiga qo‘lining kalit bo‘lishini, shu vosita bilan barcha umidlariga etishishni tilaydi, ana shu ma’nolar xazinasidan olam ahlini bahramand qilishni umid qiladi.
Ikkinchi hamdda shoir yozishga kirishayotgani “Farhod va SHirin” dostonining umumiy talqini, undagi qahramonlarning muxtasar tavsifini beradi, “dard bog‘i” deb ta’riflangan ishq bilan aloqador barcha hayajon va iztiroblar haqida yozadi. SHoir Xoliq maqtoviga kirishar ekan, eng avvalo, u inson ko‘nglini ishq gulshani, bu gulshanda esa ishqni xazinaga aylantirganligini madh etadi:
Ki inson ko‘nglin etti gulshani ishq,
Bu gulshanning harimin maxzani ishq.
“Farhod va SHirin” dostoni majoz va haqiqatni, ramziylik va hayotiylikni san’atkorlik b-n qo‘shib olib boradigan doston ekanligi shu ilk boblardan boshlab namoyon bo‘la boshlaydi. A.Rustamovning “Navoiyning badiiy mahorati” kitobida yozilishicha, Navoiy qazoni Farhodga, osmonni Farhodga aloqador Besutun tog‘iga, aqlni CHin xoqonining vaziri Mulkoroga va donishmand Suqrotga, tunni Xusrav Parvezning oti SHabdezga, qadarni Farhodning do‘sti SHopurga, ajalni otasini o‘ldirgan Parvezning o‘g‘li SHeruyaga, zamonni Parvezning sozandasi Nigisoga o‘xshatgan holda “shirin”, “tilism” so‘zlarini, Besutun, Xusrav va uning ashulachisi Borbad nomlarini tilga olib, muqaddimani dostonning mundarijasiga uyg‘unlashtirgan. SHu bilan birga, bu o‘xshatishlar zamirida shoir doston mundarijasida qahramon va timsollar faoliyati qaysi ko‘lamda kechishi, ular dostonda qanday rol o‘ynashi bilan ham kitobxonni tanishtiradi.
Munojot (3-bob)da Alisher Navoiy insonning yo‘qlikdagi holati, dunyoga kelishi, go‘dakligi, hayoti to‘g‘risida bayon qiladi. “Lavhi mahfuz” (kishilarning yaxshi va yomon amallari, taqdiri azaldan bitib qo‘yilgan taxta) haqida fikr yuritar ekan, inson azaliy qismat ijrochisi ekan, bunga uni gunohkor qilishni qanday izohlash mumkin degan fikrlarni aytadi:
Va gar ul lavh uza bo‘lsa muharrar,

Download 335,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish