Мuzaffar Choriyev Мuхаmmаdi G‘opporov



Download 1,54 Mb.
bet37/102
Sana16.01.2022
Hajmi1,54 Mb.
#378832
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102
Bog'liq
G'afforov

Neither of them recognized me.

Ularning ikkalasi ham meni tani- madi.

Izoh: Both…and bog‘lovchisi ham…ham deb tarjima qilinadi:

Both Peter and Mary were there.

Piter ham Meri ham o‘sha yerda edilar.

The coat is both good and cheap.

Palto ham yaxshi, ham arzon.


Either va neither olmoshlari
1. Either olmoshi ikki shaxs yoki buyumga taaluqli bo‘lib har ikkalasi, ham unisi ham bunisi, ikkalasidan biri ma’nosida ishlatiladi. Either olmosh-sifat va olmosh-ot bo‘lib keladi:
2. Either birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida ishlatiladi va ko‘r-satgich bo‘lgani uchun u ishlatilgan ot oldida artikl ishlatilmaydi, chunki bitta ot oldida faqat bitta ko‘rsatgich ishlatilishi mumkin:

You may go by either road.

Siz ikki yo’lning istaganidan borishingiz mumkin.

Take either book, I don’t mind which.

Ikkala kitobdan istaganingizni oling. Men e’tiroz bildirmayman.

3. Either olmosh-ot bo‘lib kelganda uning orqasidan of predlogi qo‘yiladi:



Here are two dictionaries; you may take either (of them).

Mana ikkita lugat; siz (ulardan) istaganingizni olishingiz mumkin.

4. Either har ikkala ma’nosida ishlatiladi:



There were chairs on either side of the table.

Stolning har ikkala tomonida stullar

bor edi.


There were fine houses on either bank of the river.

Daryoning har ikkala qirg‘og‘ida chiroyli uylar bor edi.

5. Either gapning egasi bo‘lib kelganda, undan keyin kelgan fe’l birlikda ishlatiladi:



Either of the examples is correct.

Misollarning har ikkalasi ham to‘g‘ri.

6. Neither olmoshi na unisi, na bunisi degan ma’no berib either olmoshining bo‘lishsiz shaklidir.



We accepted neither offer.

Biz takliflarning na unisini, na bunisini qabul qildik.

Neither of the statements is true.

Na u, na bu bayonot (gap, xulosa) to‘g‘ri.

Izoh: 1) Either bo‘lishsiz gaplarda ham ma’nosida ravish bo‘lib keladi:



I haven’t seen him either.

Men uni ham ko‘rmabman.

2) Neither Men ham =Neither do I iborasida ravish bo‘lib keladi:

  • He hasn’t seen this film yet.

  • Neither have I.

–U hali bu filmni ko‘rgani yo‘q.

– Men ham.



3) Either…or yoki…yoki, neither…nor na…na bog‘lovchi bo‘lib keladi:

He is either in Tashkent or in Samarkand.

U yo Toshkentda, yoki Samar-

qandda.


Neither my sister nor I liked this story.

Bu hikoya na singlimga, na menga yoqdi.



Each va every olmoshlari
1. Each har bir olmoshi shaxs yoki buyumlarning cheklangan miqdoriga nisbatan ishlatiladi. Each olmosh-sifat va olmosh –ot bo‘lib keladi.
2. Each olmosh-sifat bo‘lib birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida ishlatiladi. Each ko‘rsatkich bo‘lganligi uchun undan keyin kelgan ot oldida artikl ishlatilmaydi, chunki bitta ot oldida faqat bitta ko‘rsatkich ishlatilishi mumkin:

There are new houses on each side of the street.

Ko‘chaning har ikkalatomonida yangi

Uylar bor.



Each student in our group has a dictionary.

Guruhimizdagi har bir talabaning lug’ati bor.

3. Each olmosh-ot bo‘lib kelganda undan keyin ko‘pincha of predlogi ishlatiladi:



There were four students in the room, and I gave a ticket to each (of them).

Xonada to‘rtta talaba bor edi va

men (ularning) har biriga bittadan bilet berdim.



Each of us received a ticket to the concert.

Har birimizga konsertga bittadan

bilet berishdi.


4. Every olmoshi faqat olmosh-sifat bo‘lib kelib birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida ishlatiladi. Every olmoshi otlarning ko‘rsatkichi bo‘lganligi uchun, undan keyin kelgan ot oldida artikl ishlatilmaydi, chunki bitta ot oldida faqat bitta ko‘rsatkich ishlatilishi mumkin:



Every big plant has its polyclinic.

Har bir katta zavodning poliklini-kasi bor.


Each va every bilan yasalgan each of us, each of you, each of them va everyone of us, everyone of you, everyone of them birikmalari mavjud.
5. Every body, one, thing olmoshlari bilan birikib everybody, everyone, everything olmoshlari yasaladi va ular faqat olmosh-ot bo‘lib kelib gapda ega yoki to‘ldiruvchi bo‘ladi. Everybody, everyone, everything ega bo‘lib kelganda undan keyin kelgan fe’l birlikda bo‘ladi:


Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish