Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda



Download 56,5 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi56,5 Kb.
#204502
Bog'liq
integratsiyalas


integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. 

Muxtasar aytganda, bugun yurtimiz dunyoni o‘ziga chorlayapti, yopiqlikdan ochiq pragmatik siyosat sari yuzlanmoqda. Bunday tutum, shubhasiz, bugungacha mavjud bo‘lgan tartib-qoidalarni isloh qilish va ularni dunyo andozalariga uyg‘unlashtirishni taqozo etadi. Kasaba uyushmalari Federatsiyasining hamkor tashkilotlar ishtirokida“Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi mohiyatida ham aynan shu muddao mujassam topgan.

Biz nimalarni maqsad qilmoqdamiz? Eng avvalo, Harakatlar strategiyasi doirasida mamlakatimizda hayotga tatbiq etilayotgan mutlaqo yangicha ijtimoiy siyosatning mazmun va mohiyatini dunyo jamoatchiligiga yetkazish, qolaversa, davlat organlari, kasaba uyushmalari, Savdo-sanoat palatasi va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi o‘zaro hamjihatligi va sherikligi istiqbollarini belgilab olishni rejalashtirmoqdamiz.

Maqsadga ko‘ra, mazkur anjuman ijtimoiy-mehnat masalalarini hal etishda bevosita qatnashayotgan ishtirokchilarning taklif va mulohazalari hamda tajribalarini konstruktiv muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishlari uchun xalqaro platforma vazifasini o‘taydi. Bu format shak-shubhasiz,O‘zbekistonning ochiqligini, faol, amaliy hamkorlikka, xalqaro va chet el tajribalarini o‘rganish asosida aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etishga tayyorligini ham namoyish etadi.

Shuni alohida aytish kerakki, mazkur g‘oya Xalqaro Mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKK), Umumevropa kasaba uyushmalari mintaqaviy kengashi (UYEKUHK), Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Va uning ishida mazkur tashkilotlar mutasaddilari, shuningdek, ijtimoiy taraqqiyot, iqtisodiyot va huquq sohasidagi milliy va chet ellik ekspertlar qatnashishi kutilayotir.

Forum o‘z dasturida mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol, sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar, ta’lim, ijtimoiy infratuzilma, arzon uy-joylar, ish joylaridagi mehnat sharoitlari, davlat organlari, kasaba uyushmalari va ish beruvchi hamkorligi borasida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari uchun ishtirokchilarning bevosita joylarga safar uyushtirilishini ham ko‘zda tutgan. Qolaversa, anjumanda yalpi majlislardan tashqari, aholining real daromadlari va bandligini izchil oshirish orqali faol ijtimoiy himoya, aholini ijtimoiy himoyalash va sog‘lig‘ini muhofaza qilish yo‘nalishidagi davlat tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, aholining yashash sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi arzon uy-joylar qurilishi, yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, ta’lim va fan sohasini rivojlantirish istiqbollari, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha munozaralari ham rejalashtirilgan.

Dasturda, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining mehnatkashlar faoliyati Byurosi (ACTRAV) shafeligida Markaziy Osiyo davlatlari kasaba uyushmalari yetakchilari uchrashuvi ham o‘tkaziladi.

Keling, shu o‘rinda uchinchi ming yillikka kelib global dunyoda kasaba uyushmalarining oddiy insonlar hayotidagi o‘rni, uning maqsad hamda vazifalari aynan nimalarda ustuvor darajada namoyon bo‘layotganiga e’tibor qarataylik.

Eng avvalo, bu — to‘liq va mahsuldor bandlikni ta’minlash, mehnatga munosib haq to‘lanishiga, ijtimoiy himoya va muloqotga erishish, qashshoqlikni yo‘qotish, inson huquqlari va kasaba uyushmalari erkinligini kafolatlash, mehnat munosabatlaridagi har qanday kamsitishlarni bartaraf etish, ayollar va erkaklar tengligini ta’minlash, bolalar mehnati va majburiy mehnatga butunlay chek qo‘yishga erishish hamda atrof-muhitni himoya­lash kabi vazifalardan iboratdir.

Afsuski, bugun global mehnat bozori bu maqsadlarga erishish yo‘lida yangidan-yangi to‘siqlarga uchramoqda va ta’bir joiz bo‘lsa, ular ijtimoiy-mehnat sohasining zamonaviy qurilmasi poydevorini nuratmoqda.

Eng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadi? Birinchi muammo norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.

Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing va autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda.

Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi… Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir.

Xalqaro miqyosda ijtimoiy himoya eng kam darajasining tan olingan 9 turi mavjud bo‘lib, bular tibbiy xizmat, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha nafaqa, homiladorlik va tug‘ish nafaqasi, boquvchisini yo‘qotishi munosabati bo‘yicha nafaqa, kasallik bo‘yicha nafaqa, qarilik bo‘yicha pensiya, oilaviy nafaqa, nogironlik bo‘yicha nafaqalarni o‘z ichiga oladi. E’tiborli jihati, ushbu xizmatlarning 5 turi to‘liq, 2 turi esa qisman ijtimoiy sug‘urta tizimi bilan qamrab olingan xodimning hissasiga to‘g‘ri keladi. Biroq afsuski, bugunga kelib ijtimoiy sug‘urtalangan xodimlar soni borgan sari kamayib ketayapti.

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda dunyo aholisining 55 foizi ijtimoiy himoyadan mahrum bo‘lsa, atigi 29 foizi kompleks ijtimoiy ta’minotdan foydalanish imkoniyatiga ega. Pensiya yoshidagi keksalarning 68 foizi qarilik pensiyasini olishadi. Bu esa ko‘plab mamlakatlarda ham jamg‘arib boriladigan, ham sug‘urtali pensiya ta’minotining yetarlicha rivojlanmaganligini ko‘rsatadi. Yana bir og‘ir muammo — taraqqiy topgan yigirma birinchi asrda ham, afsuski, insonlarning sog‘liqni saqlashga bo‘lgan huquqi dunyoning ko‘pgina mintaqalarida hali real haqiqatga aylanmadi. Bu, ayniqsa, aholining 56 foizi mazkur imtiyozdan mahrum bo‘lgan qishloq joylariga taalluqlidir.

Demak, bu borada muhokama qilinishi lozim bo‘lgan mavzular yetarli.

Yaqinda XMT jahon hamjamiyatiga bugungacha amaliyotda bo‘lmagan — xususiy beg‘araz yordamni eng kam darajadagi ijtimoiy himoyani ta’minlash uchun yo‘naltirish haqidagi chaqiriq bilan murojaat qildi. Va bu bilan u o‘z tajribasida jismoniy shaxs korxona va jamg‘armalarining beg‘araz yordamlaridan ijtimoiy himoya maqsadida foydalanish mumkinligini e’tirof etdi.

O‘zbekistonda bu borada yetarli tajriba to‘plangan, ijtimoiy himoya sohasida aynan davlat va xususiy sherikchilik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, resurslarni fuqarolar o‘rtasida maqsadli qayta taqsimlash, ijtimoiy siyosat tizimida esa ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy himoya, ijtimoiy yordam markaziy o‘rin egallaydi.

Mamlakatimizda davlat byudjeti xarajatlarining 60 foizi ijtimoiy-madaniy sohaga: ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashga yo‘naltiriladi. Zero, milliy qadriyatlarga tayanish, o‘zaro yordam va aholini qo‘llab-quvvatlashning jamoaviy shakllari xalqimizning bu boradagi o‘ziga xos qadriyatlaridan biridir. Xususan, mahalla instituti mazkur yo‘nalishda alohida o‘rin tutadi.

Bugun yurtimizda inson omili oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Odamlar ertaga emas, bugun baxt­­li yashashni istaydilar”, degan tamoyilni ilgari surishi va buni bugungi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishiga aylantirishida ham aynan shu mazmun-mohiyat mujassamdir. Mazkur prinsip ijrosi o‘laroq, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan insonparvar siyosat odamlar hayotiga yangicha mazmun baxsh etmoqda. Xususan, aholining talab va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, qishloq joylarda yangilangan namunali loyihalar asosida arzon uy-joylar qurish bo‘yicha dasturning qabul qilingani odamlar qalbida yashash va ishlashga bo‘lgan qarashlarni o‘zgartirib yubordi. Dasturga ko‘ra, 2017-yilda shahar va qishloqlarda umumiy maydoni 3,5 million kvadrat metrdan ortiq bo‘lgan namunali va ko‘p qavatli uylar bunyod etildi.

2017 — 2020-yillarda shaharlarda 945 ta ko‘p qavatli turarjoy qurilishi bo‘yicha dastur qabul qilingan. Kam ta’minlangan oilalar uchun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va yirik shaharlarda 50 ming­­ga yaqin kvartirali, arzon, ko‘p qavatli uylar barpo qilinadi. Xususan, 2017-yilda xuddi shunday ko‘pkvartirali, umumiy maydoni 800 ming kvadrat ­metrdan ortiq bo‘lgan uylar qurilib, aholiga topshirildi. Faqatgina Toshkent shahrining o‘zida 420 ming kvadrat metrli uy-joy foydalanishga topshirilgani boshlangan ishlarning ko‘lamini ko‘rsatadi, albatta. Biroq aholi farovonligini ta’minlash faqat uy-joy masalasi bilan bog‘liq, desak noto‘g‘ri bo‘ladi. Negaki, uzoq yillar davomida aynan ijtimoiy sohada o‘nlab muammolar yig‘ilib keldiki, oqibatda u odamlarimizning normal hayot kechirishlariga monelik qildi.

Bugun, ayniqsa, qishloq aholi punktlarida vodoprovod tarmoqlarini kengaytirish va modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirish dolzarb muammolardan biri bo‘lib turibdi. Bugun maxsus dastur doirasida 9 ming kilometr vodoprovod tarmoqlari, 1400 quduq va 3600 suv inshootini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari olib borilayapti. Bu Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Jizzax, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlaridagi 3,2 million aholini qo‘shimcha toza ichimlik suv bilan ta’minlab, mamlakat bo‘yicha aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish ko‘rsatkichini 67 foizdan 84 foizgacha ko‘tarish imkonini beradi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish uchun mamlakatimizda Uy-joy kommunal xizmat vazirligi tashkil etildi va Moliya vazirligi qoshida maxsus “Toza suv” fondi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Yoki yillar davomida odamlarni qiynab kelgan yana bir muammo — yo‘llar muammosini olaylik. Bu ham davlatimiz nazoratiga olindi. Ayni vaqtda yurtimizda mintaqaviy va mahalliy ahamiyatga ega yo‘l hamda yo‘l-transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish dasturi asosida 1,7 ming kilometr umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish, 10,4 ming kilometr xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini, shahar, tuman markazlari, shahar tipidagi qo‘rg‘onchalar, qishloq aholi punktlaridagi ko‘chalar yo‘l qoplamalarini kapital va joriy ta’mirlash ishlari ro‘yobga chiqarilayapti.

Shahar va qishloqlarimizda transport xizmatini yanada yaxshilash dasturi asosida yaqin davr ichida 74 ta avtovokzal va avtostansiya rekonstruksiya qilinadi. Bu esa yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratib, ularning xavfsizligini ta’minlashda ayni muddaodir. Qolaversa, 3 mingta yangi zamonaviy avtobus, 5,7 ming mikroavtobus sotib olindi. Shunga yarasha 300 dan ortiq yangi avtobus yo‘nalishlari ochiladi.

Havo va temir yo‘llari qatnovlari infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportining yangi terminali yaratilishi bilan bir qatorda temir yo‘l liniyalari qurilishi va elektrlashtirilishi amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbari “bizning eng oliy maqsadimiz odamlarimizni rozi qilish” deya takror va takror ta’kidlab kelmoqda. Xalqona va samimiy aytilgan bu so‘z, aslida, mamlakat ijtimoiy siyosatini belgilab beradi. O‘zingiz bir o‘ylab ko‘ring, o‘tgan bir yildan ziyod vaqt ichida yurtimizda qanday olamshumul voqealar yuz berdi. Tarixiy o‘zgarishlar sharofati bilan davlat xalqqa yaqinlashdi, u endi xalq uchun ishlay boshladi. Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari faoliyati bugun nainki xalqimiz, balki xalqaro hamjamiyat e’tirofiga ham sabab bo‘lmoqda. Mamlakatimizda ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sektorning shu kabi boshqa sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa, xalqimiz dilidagi orzu-istaklar ro‘yobiga xizmat qilayotir. Yurtimizda Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi aytish mumkinki, milliy davlatchiligimiz tarixida tub burilish yasadi. Zotan, bu yo‘l bilan xalqimiz o‘z kelajagi poydevorini yanada mustahkam bo‘lishini ta’minladi. Oliy va o‘rta ta’lim tizimi ham isloh etilmoqdaki, bu rivojlangan dunyo davlatlari bilan bo‘ylashishimiz, dunyo sahnasida munosib o‘ringa ega bo‘lishimizga zamin yaratadi.

Albatta, bu kabi yangilanishlar bugun barcha soha-yu tarmoqlarda yuz ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ham o‘z faoliyatini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat ­dasturi doirasida tashkil etib, aholi farovonligi yo‘lida izchil ishlarni olib borayapti.

Albatta, bu borada dunyo tajribasi ham muhim o‘rin tutadi. Binobarin, davlat dasturiga binoan milliy mentalitetimizga mos keluvchi ilg‘or xorijiy tajribalarni qonunchiligimizda mustahkamlab qo‘yish va aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromad darajasini aniqlash, “iste’mol savati” tushunchasini hayotimizga amaliy qo‘llash mexanizmlarini yaratish lozim bo‘ladi.

Shuningdek, dasturga ko‘ra, aholining real daromadlari, ish haqi, stipendiya, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni bosqichma-bosqich ko‘tarish, ichki bozorda iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik ­bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Mehnat bozorida talab mavjud bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash tizimini kengaytirish, ayni vaqtda ishsizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kengroq jalb etish ham muhim vazifalar sirasiga kiradi.

Shularga mushtarak ravishda kasaba uyushmalarining ijtimoiy himoya sohasidagi vazifa va yumushlari kasaba uyushmalari Federatsiyasining dasturiy hujjatlarida belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kasaba uyushmalarining mehnatkashlar uchun ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy himoya sohasidagi faoliyati quyidagilarga yo‘naltirilmoqda:

qonun hujjatlarida aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, yolg‘iz keksalar, pensionerlar, nogironlar, imkoniyati cheklangan bolalar, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlik qilish, bandlikning noan’anaviy shakllarida mashg‘ul kishilar (norasmiy sektorda mashg‘ul, vaqtincha va mavsumiy xodimlar va boshqalar) hamda ularning oila a’zolari ijtimoiy himoyasiga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, pensionerlar, nogironlar, balog‘atga yetmaganlar, yolg‘iz keksalar va yuqori darajadagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarning boshqa toifalarini ijtimoiy himoyalash, “Korporativ ijtimoiy mas’uliyat” va “Ijtimoiy mas’ul korxona” konsepsiyasini ishlab chiqish va uni keng qo‘llash.

Ushbu vazifalarni amalga oshirish jarayonida kam ta’minlangan oilalar, ko‘p bolali oilalar, pensionerlar, urush va mehnat faxriylarini jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali moddiy qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Chunonchi, 2017-yilning o‘zida kasaba uyushmalari tomonidan 3073 nafar mehnat faxriysi va keksaning respublikamizdagi tarixiy shaharlar hamda diqqatga sazovor joylari bo‘ylab ekskursiyasi tashkil etilgan bo‘lsa, 592 nafar yolg‘iz keksa va nogironning kommunal to‘lovlari qoplab berildi. Davlat bayramlari munosabati bilan “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida madaniy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirilib, u yerdagilarga 136,4 million so‘mlik maishiy texnika, kiyim-kechaklar, gigiyenik vositalar berildi.

Ayni chog‘da jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali 110 ming nafar keksa avlod vakili ish beruvchilar va kasaba uyushmalari mablag‘lari hisobidan 41,9 milliard so‘m miqdorida moddiy qo‘llab-quvvatlandi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi sanatoriylarda 2366 nafar urush va mehnat fronti faxriysi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan sog‘lomlashtirildi, 7385 nafar ishlovchi pensioner va kasaba uyushma a’zosining ota-onalari esa imtiyozli asosda, shuning­dek, 344 nafar ishlovchi pensionerga bepul sog‘liqlarini tiklash uchun imkoniyat yaratib berildi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nomlangan 2017-yilda kasaba uyushmalari mutasaddilari barcha nodavlat va notijorat tashkilotlar vakillari bilan birga Qoraqalpog‘is­ton Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo va Xorazm viloyatlari bo‘ylab 2 million 160 ming xonadonga tashrif buyurib, oddiy odamlar hayotini o‘rganishdi. Ularda aholini qiynayotgan qariyb 650 mingta muammo aniqlanib, 556,5 mingta muammoni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda yil mobaynida ularning ijrosi nazoratga olindi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan xayriya aksiyasi doirasida shu yilning aprel-may oylarida 3280 bolaning sunnat to‘ylari va 616 yosh oilaning nikoh to‘ylari o‘tkazildi.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi 2017-2018-yillarda aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bir qator manzilli dasturlar ijrosini ham muvofiqlashtirmoqda.Xususan, kasaba uyushmalari Ishchi guruhlari tomonidan shakllantirilgan ro‘yxatlar asosida hunarmandchilik, tadbirkorlik yo‘nalishlarini ochish, shaxsiy tomorqa uchastkasini, shuningdek, chorva mollari yoki parranda xarid qilish,yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z oilasining iqtisodini tiklash istagini bildirgan minglab kam ta’minlangan oilalarga imtiyozli kreditlar olib berildi.Yuzlab nochor oilalarning uy-joyi ta’mirlandi, minglab xonadonlarga maishiy texnika olib berildi. Shunday oilalarning a’zolari bo‘lgan yuzlab og‘ir xasta bo‘lgan bemorlarga moddiy ko‘mak berildi. Joriy yilda ham bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlashdek o‘ta mas’uliyatli va jiddiy vazifani ham muvofiqlashtirmoqda. Bugungacha mamlakatning chekka tuman va qishloqlarida 2000 dan ortiq ijtimoiy apteka ishga tushirilib, olis hududlarda yashovchi minglab insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilishga bosh bo‘lindi.

Ko‘rinib turibdiki, Federatsiya faoliyati bugun birgina ish beruvchi va ishchining munosabatlari bilangina cheklanib qolayotgani yo‘q. Aytish joiz bo‘lsa, inson manfaatlari, uning yashash, mehnat qilish borasidagi huquqlarini ta’minlashning ko‘p qirrali jihatlarida kasaba uyushmalari bevosita ishtirokchi, o‘z so‘zi va o‘rniga ega tashkilotga aylanib ulgurdi. Shu ma’noda, to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston o‘zi to‘plagan va xalqqa, keng jamoatchilikka manzur va ma’qul bo‘layotgan tajribasini dunyo jamoatchiligi e’tiboriga yetkazishi, bu boradagi jahon hamjamiyati e’tibori va diqqat markazidagi muammolarni muhokama qilish, ularning yechimi bo‘yicha tajribalarni o‘rtoqlashishga tayyor.

Binobarin, bo‘lib o‘tilishi kutilayotgan anjumanning biz uchun alohida ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Biz unda ishtirokchilar e’tiboriga ­quyidagi taklif va mulohazalar bilan ham murojaat qilmoqchimiz:

mehnat va ijtimoiy munosabatlarni alohida-alohida tartibga solishga yo‘naltirilgan mehnat qonunchiligini yanada takomillashtirish;

mehnat sohasidagi asossoluvchi tamoyillar va huquqlarni 40 soatlik ish haftasi, yillik haq to‘lanadigan ta’til, onalikni muhofaza qilish va migrant mehnatkashlarning asosiy huquqlarini himoyalashni kiritish bilan kengaytirish;

transmilliy korporatsiyalar xodimlariga bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun teng haq to‘lash tamoyiliga rioya qilish;

mehnatni ilmiy asoslangan me’yorlashtirishni qayta tiklash;

XMT vakolatini inobatga olib, mehnat sohasini boshqarishda boshqa xalqaro institutlar rolini qayta ko‘rib chiqish, XMT doirasida nazorat mexanizmi va texnik hamkorlik imkoniyatlaridan yanada samarali foydalanish;

barcha uchun butun umri mobaynida (“bir umrlik ta’lim”) kasb ta’limiga ega bo‘lishni soddalashtirish;

mehnat sohasini boshqarishda davlat organlari, kasaba uyushmalari va uch tomonlama institutlar harakat sohasini aniq chegaralash;

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori standartlari, ish vaqti va dam olish vaqti me’yorlarini qat’iy nazorat qilish;

mehnat shartnomalarini digitalizatsiya qilishni joriy etish;

ijtimoiy himoyani noan’anaviy bandlikning barcha shakllariga keng yoyish;

kasaba uyushmalari va ish beruvchilar uyushmalarining uch tomonlama tuzilmalardagi qonuniy vakilligi muammosini hal etish maqsadida mehnat sohasini boshqarish borasida ijtimoiy sherik­larning roli va o‘rnini qayta ko‘rib chiqish.



Xulosa o‘rnida shuni aytish kerakki, mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish, ularga munosib turmush sharoitlari yaratish bugungi zamonaviy ­dunyoning eng insonparvar qadriyatlaridan biriga aylandi. Oddiy odamlar orzu-istaklari, dard-u tashvishlarini o‘zida jamlagan bu ezgu qadriyat yangilanayotgan mamlakatimiz siyosati bilan hamohang ekanligi har birimizni quvontiradi, albatta.
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish