SCADA tizimlari.2
Xozirgi kunda kupgina sanoat tarmoklarining avtomatlashtirilgan boshkaruvida SCADA (SupervisoryControlAndDataAcquisition— dispetcherlik boshkaruvi va ma’lumotlarni yigish) tizimlari keng kullaniladi. Bunda SCADA tizimlari - jarayonlarni boshkarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimi yoki vizuallashtirishning ajralmas bir bulagi bulib koldi. 20 asrning boshlarida keng tarkalgan avtomatlashtirilgan biror bir ob’ektni SCADA tizimlarisiz bugungi kunda tasavvur kilib bulmaydi. Ikkilamchi kurilmalardan iborat yirik shkaf kuttilar bugungi kundi biz uchun tarix bulib koldi, ularning urnini avtomatlashtirilgan ishchi urinlari egallagan. SCADA tizimlarini joriy etish – yirik ob’ektlarda ma’lumotlarni va texnologik axborotni tugridan tugri ARM dispetcherilk peltiga uzatish imkonini beradi, bu narsa uz urnida ikkilamchi kurilma ekspluatatsiyasining arzonllashuviga olib keladi. YAngi texnologiyalar bozorida SCADA tizimlarining juda kup turlarini uchratishimiz mumkin, lekin shunga karamay ularning aksariyati bir xil funksiyaga ega, ya’ni TJ va ICHAdagi asosiy bir xil talablarni bajarishdan iborat. Bu narsa avtomatlashtirilgin tizimlarni ishlab chikishdagi asosiy vazifalarning deyarli bir xilligi bilan xarakterlanadi. Avtomatlashtirish buyicha mukammal loyixani bajarish imkonini beruvchi asosiy funksiyalarni aniklab olamiz.
Texnologik jarayonni kurish va yasash imkonini beruvchi grafik interfeyssiz xech bir SCADA tizimi ishlay olmaydi. Texnologik jarayonning grafik kismi - texnologik ob’ektlarning fizik parametrlarini xisoblash vositalarini, shuningde TJ ob’ektlarining detallashgan yoki soddalashtirilgan tasvirlarini kurish imkonini beruvchi kismiga aytiladi. Bundan tashkari, unda tugmachalar, indikatorlar, rakamli indikatorlar, rostlovchi kurilmalar va boshka ikkilamchi asboblarni tasvirlash imokni bor. Boshka ishlab chikaruvchilarning mnemosxema elementlari, dinamik ob’ektlar kabi tasvir va video kutubxonalarini grafik axborotlarini SCADA tizimining grafiklar oinasiga chiqarish imkonini beradi.
SCADA tizimlari TOdagi sodir bo‘ladigan o‘lchashlar,vaziyatlar yoki avariya xolatlari bo‘yicha arxivlar yaratib borish bilan birgalikda sodir bo‘lgan axborotlar o‘zgarishini vaqtinchalik oinada ko‘rsatib boradi.
Texnologik jarayonlarni boshkarish, matematik xisob kitoblarni bajarish algoritmalarini tuzishdagi soddalashtirilgan dasturlash tili mavjud.
Datchiklar, kontrollerning ikkilamchi qurilmalari kabi TJ ABSning quyi va pastki bosqichlarida joylashgan, SCADA tizimi bilan ishlaydigan qurilmalar va jixozlarning drayverlari mavjud.
Boshqa yuqori darajadagi dasturlash tillarini (Visual C++, VBA, VB) bilan ishlashi mumkin.
Fayl va komponentlarga ruxsatsiz kirishni ximoyalash SCADA sistemasining muxim funksiyalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi kundagikeng tarqalganSCADA tizimlari:
- TRACE MODE (SOFTLOGIC-SCADA/HMI-MES-EAM-HRM maxsulotlarini uzida birlashtirgan va ishlab chikarish jarayonlarini boshkarish uchun muljallangan integrallashgan birinchi tizim),
- SIMATIC WinCC (markazlashgan nazorat va ma’lumotlarni yig‘uvchi TJ ABSni boshqarishni yuqori bosqichini ishlab chiqishga mo‘ljallangan muxitdir. SIMATIC WinCC (Windows Control Center) bu – turli vazifalarni bajarishga muljallangan boshqarish tizimlari va avtomatlashtirish bosqichlari tashkil etish uchun keng funksional imkoniyatlarga ega va Windows operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlovchi odam-mashina interfeysining kompyuterli tizimidir),
- Citect SCADA (vizuallashtirishning to‘liq funksional tizimi va monitoringi, ma’lumotlarni yig‘ish va boshkarish uchun muljallangan dasturiy vosita),
- InTouch SCADA tizimi (DSN (tarqoq boshqarish tizimlari) va boshqa TJ ABSlarni yaratish uchun qo‘llaniladigan texnologik jarayonlarni sanoat avtomatikasi va dispetcherli nazorat uchun vizuallashtirishni va boshqarishni ta’minlaydigan dastur) va boshkalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |