3. Avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlarning sinflanishi.
Amaliy dasturiy paketlar ichida turli hisoblash, modellash va loyihalash jarayonlarini hamda boshqarish tizimlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar ko'pchilikni tashlik qiladi. Umuman olganda bunday ADPlarni avtomatlashtirishda qo'llaniladigan paketlar(AQP) deb atab, ularning tuzilishi, vazifasi(qaysi jarayonlarga qo'llanilishi) va boshqa xususiyatlariga ko'ra sinflash mumkin.
AQPlarni vazifasi(qaysi jarayonlarga qo'llanilishi)ga qarab quyidagicha sinflash mumkin:
Hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
Texnik tizimlarni modellash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar;
Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar va hokazo.
Hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga universal matematik paketlar(kompyuter algebrasi tizimlari: Mathematica, Maple, MathCAD, Matlab, Derive, Reduce, Eureka, Statistica va hk.), turli sohalarga amaliy masalalariga mo'ljallangan paketlar(masalan: buxgalteriya hisoblari uchun mo'ljallangan 1C, 2C va hk.) va murakkab ilmiy tadqiqot muammolariga yo'naltirilgan paketlarni misol qilish mumkin.
Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga CAD(Computer aided design – kompyuter yordamida loyihalash) paketlar(masalan AutoCAD, ArchiCAD, OrCAD, PCAD va hk.), CAE(Computer aided engineering – kompyuter muxandisligi(injineriyasi)) paketlarni misol qilish mumkin.
Texnik tizimlarni modellash jarayonlarini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarga strukturali(yoki blokli) modellash paketlari(masalan: Matlab/Simulink – Matlab paketiga biriktirilgan barcha kengaytirilgan paketlar, VisSim, LabView, Classic, MVTU (MVTU – Modelirovanie v texnicheskix ustroystvax) va hk.), fizik multidomenli modellash paketlari (masalan: Matlab/SimMechanics, Matlab/SimPowerSystems, Matlab/ SimPowerElectronics, MultiSim, Dymola, DYNAST va hk.) va murakkab gibrid(aralash) tizimlarlarni modellash paketlari(masalan: Model Vision Studium va hk.) misol qilish mumkin.
Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlarni uchta sinfga bo'lish mumkin:
A sinf: Texnologik jarayonlarini boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan SCADA paketlar(masalan: Trace Mode va hk.);
B sinf: Ishlab chiqarish korxonalari resurslari boshqarish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar(masalan: DRCS (Distributed Resource Control System – Resurslar taqsimlash boshqarish tizimi) va hk.);
C sinf: Ishlab chiqarish korxonalari rejalashtirish tizimini avtomatlashtirishga xizmat qiladigan paketlar(masalan: MPCS (Manufactoriing Planning Control System – Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarish tizimi) va hk.);
SCADA(Supervizory Control and Data Acquisition-dispetcherlik boshqaruvi va ma`lumotlarni to'plash) sinfining dasturiy maxsulotlari jahon bozorida keng tarqalgan. Bular o'nlab SCADA- paketlar bo'lib, ularning ko'pchiligi O'zbekistonda ham qo'llanilmoqda. Ulardan eng ko'p tarqalganlari quyida keltirilgan:
In Touch (Wonderware) - AQSh;
Sitect (CI Technologi) - Avstraliya;
FIX (Intelection) - AQSh;
Genesis (Iconics Co) - AQSh;
Factory Link (United States Data Co) - AQSh;
Real Flex (BJ Software Systems) - AQSh;
Sitex (Jade Software) - Buyuk Britaniya;
Trace Mode (Ad Astra) - Rossiya;
Cimplicity (GE Fanuc) - AQSh;
SARGON (NTV- Avtomatika)- Rossiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |