Interfeyc modullari (IM) S7-300/S7-400 tizimlarini markaziy qurilmalardan tashqari mahalliy yoki uzoqlashtirilgan konfiguratsiyalarni shakllantirib kengaytirish imkonini beradilar. Quyidagi jadvalda keltirilgani kabi IMni tanlash uchun uzatuvchi/qabul quluvchi juftligi kerak. Uztuvchi interfeys moduli doim MP qurilmalariga joylashtirilgan bo‘lsa, qabul qiluvchi interfeys modullari kengaytirish qurilmalariga o‘rnatiladilar. Interfeys modullarining har bir juftligi kommunikatsion modullari (kommunikatsion shinalar) o‘rnatilganliri va qurilmalar orasidagi masofani inobotga olib tanlanishlari kerak.
Jadval 11-2. Lokal va uzoqlashtirilgan axborotni kiritish/chiqarishga mo‘ljallangan S7-300/S7-400ninginterfeysmodullari (IM).
Interfeys modullari juftligi
Ta’rif
Masofa
MP IM
Keng. Qur. IM
IM 365
IM 365
S7-300 mahalliy kengaytmalari (maksimal kengaytirish 1 qator)
1 m
IM 360
IM 361
S7-300 mahalliy kengaytmalari (maksimal kengaytirish 3 qator)
10 m
IM 460-0
IM 461-0
S7-400 mahalliy kengaytmalari; 5 voltli uzatmalar mumkin emas; S-shina
5 m
IM 460-1
IM 461-1
S7-400 mahalliy kengaytmalari; 5 voltli uzatmali; S-shina mumkin emas
1.5 m
IM 460-3
IM 461-3
S7-400 uzoqlashtirilgan kengaytmalari; 5 voltli uzatmalar mumkin emas; S-shina
100 m
IM 460-4
IM 461-4
S7-400 uzoqlashtirilgan kengaytmalari; 5 voltli uzatmalar mukin emas; S-shina mumkin emas
600 m
IM 463-2
IM 314
S5 qurilmalari va kirish/chiqishdan foydalanadigan S7-400 uzoqlashtirilgan kengaytmalari
600 m
Eslatma: Faqat C-shinasiz signalli modullarni qo‘llash mumkinligi nazarda tutiladi.
S7-300 Interfeys modullari (IM)
S7-300 maksimal uch qo‘shimcha qurilmaga, jami to‘rtgacha kengaytirilishi mumkin. Maksimal bir qo‘shimcha qatorga (jami 2) kengaytirilishi IM 365 -1metrli kabel bilan birlashtirilgan ikki modulli interfeys – yordamida amalga oshirish mumkin. Interfeysning bir moduli markaziy qurilmaga (SR), ikkinchisi – kengaytirish qurilmasiga (ER) o‘rnatilgan. Kengayish qurilmasiga maksimal sakkiz modulgacha o‘rnatilishi mumkin. Uch qo‘shimcha qatorga (jami 4) kengaytirilishi IM 360/IM 361 yordamida amalga oshirish mumkin. YAgona IM 306 markaziy qurilmaga (SR) va yagona IM 361– kengaytirish qurilmasining (ER) har bir qo‘shimcha qurilmasiga o‘rnatilgan. Maksimal bo‘lib uch kengayish qurimalari va unga ko‘pi bilan sakkiz modul o‘rnatilishi mumkin.
S7-400 Interfeys modullari (IM)
S7-400 da markazlashgan kirish/chiqish orsasidagi masofa 1.5 metrdan 3 metrgacha lokal qurilmalar uchun va uzoqlashtirilgan qurilma uchun 100 metrgacha kengaytirish uchun interfeys modullaridan foydalanish mumkin. Jadval 3-2 da 460-0/IM 461-0 va IM 460-1/IM 461-1 - uzatuvchi/qabul qiluvchi juftliklar mahalliy ya’ni lokal kengayish bilan ishlaydi. IM 460-3/IM 461-3 juftligi va IM 460-4/IM 461-4 juftligi – ikkisi ham uzoqlashtirilgan kengayish bilan ishlaydilar. 600 metrgacha bo‘lgan S7-400 ning kirish/chiqish kengaytmalari IM 463-2dan foydalanib mavjud bo‘lgan yoki yaqinda o‘rnatilgan S5 qurilmalari yordamida konfiguratsiya qilinishlari mumkin. Umuman olganda, markaziy qurilmaga turli kombinatsiyada olti modulgacha o‘rnatilishi mumkin. IM 460-3 umumiy olti modullardan biri bo‘lib mahalliy yoki uzoqlashtirilgan kirish/chiqish kengaytmalaridan kombinatsiyani tuzish uchun markaziy qurilmaga o‘rnatilishi mumkin.
Elektr ta’minot (PS)
Elektrta’minot qurilma va unga o‘rnatilgan modullar talab qiladigan ichki operatsion kuchlanishni ta’minlash uchun hizmat qiladi. Elektrta’minot ning qisqartirilgan nomi S7-300 uchun – PS 307, S7-400 da esa PS 405 va PS 407 mavjud. Ushbu qisqartmalar boshqalar kabi bir necha qismdan iborat. PS 307ning kirish kuchlanishi 120/230 V o‘zgaruvchan toki va chiqish sinali sifatida 24 V doimiy tokni MP va boshqa modullarga etkazib berish uchun talab qiladi. Har bir elektrta’minot manbasining o‘ziga hos hususiyatlari apparat vositalari katalogian tanlab olinishlari mumkin. Agar S7-400 ning elektrta’minoti ortiqcha bilan tanlangan bo‘lsa, demak ushbu funksiyani bajaradigan qurilmaga o‘rnatilishi kerak. Apparat vositalari katalogida S7-300/S7-400 uchun ushbu modullar tegishlicha PS 300 va PS 400 papkalarida joylashtirilgan.
Jadval 11-3. S7-300/S7-400 energiya ta’minot modullari (PS).
Modul
Oila
Kirish
Chiqish
PS 307
S7-300
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/2 A
PS 307
S7-300
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/5 A
PS 307
S7-300
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/10 A
PS 407
S7-400
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/5 A;
5 V o‘zgarmas tok/4 A;
PS 407
S7-400
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/1 A;
5 V o‘zgarmas tok/10 A
PS 407
S7-400
120/230 V o‘zgaruvchan tok
24 V o‘zgarmas tok/1 A;
5 V o‘zgarmas tok/20 A
PS 405
S7-400
24 V o‘zgarmas tok
24 V o‘zgarmas tok/5 A;
5 V o‘zgarmas tok/4 A
PS 405
S7-400
24 V o‘zgarmas tok
24 V o‘zgarmas tok/1 A;
5 V o‘zgarmas tok/10 A
PS 405
S7-400
24 V o‘zgarmas tok
24 V o‘zgarmas tok/1 A;
5 V o‘zgarmas tok/20 A
12-MA`RUZA MASHG’ULOTINING O’QITISH TEXNOLOGIYASI
Vaqti – 2 soat
Talabalar soni: 40-45 nafar
O’quv mashg’ulotining shakli
Kirish, vizual ma`ruza
Ma`ruza mashg’ulotining rejasi
1. S7-300 / S7-400 Qurilma komponentlari haqida umumiy ma’lumot
2. S7-400 markaziy, universal va kengaytirish qurilmalari
3. S7-300, S7-400 Interfeys modullari (IM)