Boshqariluvchi manbalar
Avvalda ko’rsatilgan manbalar mustaqil manbalar deb ataladi. Mu-taxassisiligimizda boshqariluvchi manbalardan ham foydalaniladi.
Boshqariluvchi manba - bu elektr manbadir, uning hosil qilgan toki yoki kuchlanishi boshqa zanjir elementining tokiga yoki kuchlanishiga bog’liq bo’ladi.
Amalda boshqariluvchi manba- larning 4 xil shaklidan foydalaniladi:
Keltirilgan rasmda:
1)kuchlanish orqali boshqariladigan kuchlanish manbai;
2)tok orqali boshqariladigan kuchlanish manbai;
3)kuchlanish orqali boshqariladigan tok manbai;
4)tok orqali boshqariladigan tok manbai.
EZNning topologiaysi
Elektr sxema elektr zanjirining shartli chizmasidir.
Elektr shahobcha (sh) - elementlarning tutashgan ketma-ketligi bo’lib, u orqali faqat bitta tok o’tadi.
Elektr tugun (T) - uch va uchdan ortiq shahobchalarning ulanish joyi.
Elektr kontur (K) - shahobchalarning berk ketma-ketligi, uning har bir elementi faqat bir marta uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |