Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining axborot ta’minoti – bu avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida qo’llaniladigan texnik–iqtisodiy axborotlarni, hujjatlarning unifikatsiyalangan tizimlari va axborotlar massivini yagona kodlashtirish majmuasidir.
Ofislarning axborot ta’minoti tizimning maqsadi – zarur bo’lgan va ishonchli bo’lgan axborotlarni to’liq hajmda, o’z vaqtida va ishlatish uchun qulay bo’lgan shaklda taqdim etish.
Ofis kompyuterlar ko’pincha quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi:
- kiruvchi va chiquvchi axborotga ishlov berish (elektron pochta va fakslar, xatlar va so’rovlar, reklama va boshqa hujjatlar);
- ma’lumotlar, hisoblashlar va hisobotlarni to’plash va tahlil qilish ( prays-listlarni qayta ishlash, hisobotlarni shakllantirish, axborotning tahlili va statistik qayta ishlanishi);
- axborotning to’plash va saqlash.
Ofisning axborot ta’minoti mashinadan tashqaridagi va mashina ichidagiga bo’linadi.
5.1-rasm Ofisning axborot ta’minoti
Axborot resurslarining xarakterli xususiyatlari:
- tarmoq va uning segmentlarining hududiy yoyib tashlanganligi va bo’lib-bo’lib yuborilganligi, ma’lumotlarning korporativ tizimning bo’linmalari bo’yicha taqsimlanishi hisobiga ma’lumotlarning taqsimlangan holda qayta ishlanishi;
- bajarilayotgan boshqaruv funktsiyalarini intellektual qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari;
- taraqqiy etgan multimedia, televizion kirish, "mijoz - server" rejimlarining mavjudligi.
IAT uchun haqiqiy standart bo’lib relyatsion ma’lumotlar bazalari va SQL tili xizmat qiladigan bo’ldi .
Ofislarning amaliy dasturiy ta’minoti tarkibiga foydalanuvchilarning muammoli dasturlari va muayyan muammoli sohada qo’llanishga mo’ljallangan amaliy dasturlar paketi kiradi.
Ofis uchun paketlarning juda katta miqdori mavjud:
- matn muharrirlari, matnli protsessorlar va nashriyot tizimlari;
- grafik muharrirlar va ishbilarmonlik grafikasi vositalari;
- yirik formatli elektron jadvallar (jadvalli protsessorlar);
- tekommunikatsion tizimlarni boshqarish paketlari;
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari;
- axborot-qidiruv tizimlari;
- sun’iy tafakkur tizimlari, shu jumladan ekspert tizimlari;
- avtomatlashtirilgan o’rgatuvchi tizimlar;
- axborotni statistik qayta ishlash paketlari;
- matematik dasturlash paketlari (chiziqli, butun sonli);
- avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlari;
- korxona, firmani tashkiliy boshqarish paketlari;
- korxonani boshqarishning turli funktsional vazifalarini echish paketlari;
- o’z tarkibiga muammoli-yo’naltirilgan paketlarning bir necha turlarini kiritgan integrallashgan paketlar.
Bugungi kunda ofisli dasturiy mahsulotlar bozorida turli ko’rinishdagi Microsoft Office paketlari etkachilik qilmoqda, ulardan keyin katta masofada Lotus Smart Suite va CorelWordPerfect bormoqda.
Xorijiy ofisli komplekslarning yangi versiyalari jamoaviy ishlash vositalariga, komponentlarining yanada yaqinroq integrallashuviga, shuningdek Internet bilan o’zaro aloqa qilish vositalariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |