TATU Samarqand filiali axborot texnologiyalar kafedrasi mudiri, t.f.f.d.I.Xo’jayarov.
TATU Samarqand filiali o’quv-uslubiy kengashining 2021 yil 30-avgustdagi №1 sonli majlis bayonnomasi qarori bilan uslubiy qo’llanma sifatida nashrga tavsiya etilgan.
ã TATU Samarqand filiali – 2021
KIRISH
Zamonaviy axborot texnologiyalarning asosiy yo'nalishlardan biri insonga taalluqli bo’lgan vazifalarni bajaruvchi industrial axborot tizimlarni yaratishdir. Industrial axborot tizimlarini yaratishda dasturiy paketlar, tarmoqli vositalarni apparat qismlari kabi vositalar imkoniyatlaridan foydalaniladi. Shu o‘rinda industrial axborot tizimlarni raqamli ishlov berish yoki ularni tahlil qilishda odatda ishlab chiqarish sohasidagi tarmoqlar arxitekturasi, protokollari va loyihalash tahlil qilinadi.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari o’rtasidagi ustunlik mamlakatlarning maydoni va tabiiy resurslari bilan aniqlanmaydi. Endi barcha sohalardagi ustunlikni ta’lim saviyasi va jamiyatda to’plangan bilimlar hajmi belgilaydi. Kelajakda qaysi mamlakat yangi bilimlarni yaratishda va o’zlashtirishda oldingi o’ringa chiqsa, o’sha mamlakat gullab-yashnaydi. Bunda asosiy ro’lni yangi AT lari, unda esa industrial ilovalarning usullari va vositalari egallaydi. Industrial ilovalarning asosiy texnologiyalari haqida tasavvur hosil qilish uchun industrial ilovalarning muhim konsepsiyalari qanday tarzda dasturiy yechimlarga tadbiq etilganligini o’rganish zarur. Dasturlar turli jarayonlar tavsifini aniq qurishga imkoniyat yaratadi. Ularning strukturasi yechiladigan masalalar strukturasini o’zida aks ettiradi.
Industrial ilovalar tufayli dasturchi barcha mumkin bo'lgan masalalarni hisobga olgan va barcha echimlarni o'z ichiga olgan ko'rsatmalarni yozishi shart emas. Buning o'rniga, kompyuterga (yoki alohida dasturga) statistik ma'lumotlardan kompleks foydalanish orqali mustaqil ravishda yechimlarni topish algoritmi yuklanadi, ulardan shablonlar olinadi va ular asosida bashorat qilinadi.
Ma'lumotlarni tahlil qilish asosida industrial ilovalar texnologiyasi 1970 yilda, sanoat korxonalari uchun birinchi dasturlar ishlab chiqila boshlangandan boshlanadi. So'nggi o'n yilliklarda umumiy tamoyil o'zgarmadi. Ammo kompyuterlarning hisoblash qudratining o'sishi tufayli ular yaratgan shablonlar va bashoratlar bir necha bor murakkablashdi.
Uslubiy qo’llanmada qo`yilgan asosiy maqsad − ishlab chiqarish sohasida qo’llanadigan dasturiy paketlar, tarmoqli vositalarni apparat qismlarini o’rganish, ishlab chiqarish sohasidagi tarmoqlarni loyihalash, industrial tarmoqlarni arxitekturalar va protokollari, ofisdagi kompyuterlarning funksiyalari, C va C++ ishlarda dasturlash asoslari, “Kliyent-server” texnologiyasi va“Kliyent-server” modeli asosida amaliy dasturlaryaratish, amaliy darajadagiva transport darajasidagi OSI protokollari masalalariga qo’llashdan iboratdir.
Uslubiy qo’llanmaning asosi sifatida Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va uning Samarqand filialida mualliflar tomonidan o`quv jarayonida talabalarga o`qilayotgan materiallar olingan. Uning strukturasi va mazmunini to`ldirishda mashinali o‘qitishga kirishning rivojlanishiga o`z hissasini qo`shgan yuqorida keltirilgan olimlar va mutaxassislar tomonidan yaratilgan monografiya, darslik va ilmiy maqolalarda keltirilgan ma’lumotlardan foydalanilgan.
O`quvchilarga tavsiya etilayotgan uslubiy qo’llanma “Industrial ilovalar” ixtisoslik fani bo`yicha namunaviy va ishchi dasturlarga javob beradi.
Uslubiy qo’llanma universitet va institutlarda 5А330501- Kompyuter injiniringi («Kompyuter tizimlarini loyihalash», «Amaliy dasturiy vositalarni loyihalash», «Axborot xavfsizligi, kriptografiya, kriptoanaliz») magistratura ta’lim yo’nalishi bo`yicha ta’lim olayotgan magistrantlarga mo`ljallangan. Bu uslubiy qo’llanmadan industrial ilovalar sohasi bo`yicha shug`ullanuvchi doktorantlar, tadqiqotchi izlanuvchilar va mutaxassislar ham foydalanishi mumkin.
Uslubiy qo’llanma kirish, 8 ta amaliy mashg’ulot, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, xotima, qisqartma so’zlar, atamalar va tushunchalar izohli lug’atidan iborat.
Birinchi amaliy mashg’ulotda ishlab chiqarish sohasida qo’llanadigan dasturiy paketlari bayon etilgan.
Ikkinchi amaliy mashg’ulotda tarmoqli vositalarni apparat qismlarini o’rganish keltirilgan.
Uchinchi amaliy mashg’ulotda ishlab chiqarish sohasidagi tarmoqlarni loyihalash keltirilgan.
To`rtinchi amaliy mashg’ulotda industrial tarmoqlarni arxitekturalar va protokollari bayon etilgan.
Beshinchi amaliy mashg’ulot ofisdagi kompyuterlarning funksiyalariga bag`ishlangan.
Oltinchi amaliy mashg’ulotda C va C++ ishlarda dasturlash asoslari tavsivlangan.
Ettinchi amaliy mashg’ulotda “Kliyent-server” texnologiyasi va“Kliyent-server” modeli asosida amaliy dasturlar yaratish tavsivlangan.
Sakkizinchi amaliy mashg’ulotda amaliy darajadagi va transport darajasidagi OSI protokollari keltirilgan.
Amaliy mashg’ulotlarda asosiy g`oya yanada tushunarli bo`lishi uchunhar bir mashg’ulotda namunaviy misollar keltirilgan. Har bir mashg’ulotning oxirida mustaqil ishlash uchun adabiyotlar, nazorat savollari, testlar, masala va topshiriqlar berilgan.
Uslubiy qo’llanmaning xotima qismida fan bo’yicha asosiy xulosalar bayon etilgan. Qisqartma so’zlar bo’limida matnda takroriy ishlatiladigan so’zlarning qisqartma shakli, atamalar va tushunchalar izohli lug’atdafan yo’nalishida qo’llaniladigan asosiy atamalar va tushunchalarning izohi keltirilgan.
Ushbu uslubiy qo’llanma kamchiliklardan holi bo`lmaganligi tufayli, mualliflar qo’llanmaning mazmuni haqidagi tanqidiy fikr va mulohazalarni minnatdorchilik bilan qabul qiladi va o`z tashakkurini izhor etadi.
Uslubiy qo’llanmanig qo`lyozmasi bilan mufassal tanishib, uning sifatini yaxshilash yo`lida foydali ko`rsatma va maslahatlar bergan taqrizchilar texnika fanlari nomzodi, dotsent E.Urunbaev va texnika fanlari falsafa doktori I.Xo’jayarovlarga mualliflar o`z minnatdorchiligini bildiradi.
Mualliflar
Do'stlaringiz bilan baham: |