Tarmoqdan maqsad
Birinchi qiladigan ishimiz tarmoqni loyihasi tarmoq istemolchilariga mos kelishi kerak. Tarmoqdan maqsadni bir qancha umumiy baholashni ko‘ramiz:
Qanaqa turdagi axborotlar tarmoqda bo‘lishilgan?
Qanaqa dasturiy ilovalardan foydalangansiz va tarmoq resursida kerakli ilovalarni qanday ishlatgansiz?
Qanaqa qurilmalar bo‘lishilganmi, jumladan printerlar, DVD/CD-ROM to‘plamlari, ko‘ngilochar qurilmalar, xotira va rezerv qurilmalar?
Tashkilotda biznes namuna qanaqa va bu biznes namuna bilan tarmoq bog‘liqligidan qanday foydalanasiz?
Tashkilotning ekspluatatsion strategiyasi yoki biznesida tarmoq qanday rol o‘ynaydi?
Tarmoqqa qanday turdagi kompyuterlar ulangan va ularning funksiyalari nimadan iborat?
Qanaqa mobil qurilmalar tarmoq bilan ulangan, jumladan, noutboklar, planshetli kompyuterlar va smartfonlar?
Qanaqa turdagi printerlar tarmoq bilan ulangan va qanday maqsadda?
Qanday turdagi LANlar va WANlar tarmoq bilan bog‘lanadi?
Bulutli hisoblashlardan foydalanmoqchimisiz, agar shunaqa bo‘lsa, qanday ko‘rinishda?
Tarmoq trafigi haqida xabar(tezligi)
Tarmoqni loyihalashtirishda trafikni tezligi omillardan biri hisoblanadi. YAngi tarmoqni loyihalashtirayotganda tarmoqda bo‘ladigan odamlar soniga va serverlar yoki xostlar turiga qarang. Masalan, serversiz uy tarmog‘ida tarmoq trafigi birmuncha sekin, trafikni katta qismi bo‘lishilgan fayllardan.
Tarmoqni yangilaganizda joriy tarmoqdan aniq bir qurilmalar, serverlar va bosh kompyuterlarni qancha trafik olayotganini test(benchmark) qilib ko‘ring. YUklash o‘zgarganda yoki boshqa sharoitda trafik bahosi test qilinadi. Quyida bir qancha test turlari keltirilgan:
Tarmoqning past, o‘rtacha va yuqori faoliyati tashkilotingizni ish namunalari munosabatiga bog‘liq;
Tarmoqning past, o‘rtacha va yuqori faoliyati tarmog‘ingizni turli nuqtalariga, jumladan, serverlar yoki kichik tarmoqlarga bog‘liq;
Oddiy tarmoq faoliyati ishonchli dasturiy ilovalarga, jumladan, ovozli va video ilovalar yoki mijoz/server dastur munosabatiga bog‘liq;
Tarmoq faoliyatini avtomatlashtirilgan ishchi stansiyasi ilova trafigini intensiv boshqaradi, ko‘p foydalanuvchilar tomonidan ishlatilayotgan ilovani faoliyatini taqqoslaydi;
Tarmoqni test qilish(afzalligini aniqlash)da yordam beruvchi uskunalarga misollar:
Windows Server 2008/Server 2008 R2dagi monitor proizvoditelьnosti (Performance Monitor);
Microsoft Network Monitor (Windows Server kompyuterlar uchun);
Windows 7, Windows Server 2008/Server 2008 R2, UNIX/Linux, va Mac OS Xdagi tarmoqning holati(netstat) haqida ma’lumot beruvchi utilita;
Windows 7, Windows Server 2008/Server 2008 R2, UNIX/Linux, va Mac OS Xdagi tracert/traceroute utilitalar;
Do'stlaringiz bilan baham: |