Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti pochta aloqasi texnologiyasi kafedrasi himoyaga ruxsat Kafedra mudiri


Pochta aloqasi sohasida mavjud xizmatlarini takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar



Download 2,11 Mb.
bet17/24
Sana01.01.2022
Hajmi2,11 Mb.
#294800
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
Camar diplom lotincha

3.2. Pochta aloqasi sohasida mavjud xizmatlarini takomillashtirish hamda yangi xizmat turlarini tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi - pochta aloqasi ob’ektlari, pochta aloqasi bog‘lamalari, aloqa bo‘limlari va pochta yo‘nalishlarining pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlab chiqish va yetkazishga mo‘ljallangan keng quloch yozgan tarmoqdir. Pochta aloqasi muassasalari-umumdavlat aloqa tarmog‘i tizimidagi mustaqil xo‘jalik hisobidagi ishlab chiqarish birligi bo‘lib, ma’lumotlarni uzatish ishlab chiqarish jarayonini va faoliyatini tashkil etadi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlari pochta aloqasi sohasini ham chetlab o‘tmadi. “O‘zbekiston pochtasi” turdagi aksiyadorlik jamiyati misolida soha menejmentini takomillashtirish jarayonlari bir qancha bosqichlardan iborat bo‘ldi. “O‘zbekiston pochtasi” turdagi aksiyadorlik jamiyati misolida soha menejmentini takomillashtirish jarayonlari asosiy bosqichlari alohida o‘rganildi.

Pochta aloqasidagi tuzilmaviy o‘zgarishlar “O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan yagona narx, texnik va texnologik siyosatni o‘tkazish, investorlarning AJ aksiyalarini sotib olishga qiziqishlarini oshirish imkonini berdi.

Xorijiy sheriklar bilan hamkorlik rivojlanmoqda, xalqaro pochta almashinuvi kengaytirilmoqda. Agar 1998 yilda 84 ta xorijiy hamkorlar bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunga kelib xorijlik hamkorlarning soni 98 taga yetdi.

O‘zbekiston Respublikasi 1994 yildan buyon Umumjahon pochta ittifoqining to‘la huquqli a’zosi bo‘ldi va jahonning barcha davlatlari bilan pochta almashinuvini amalga oshirmoqda.

Pochta aloqasi muassasalari aloqa sohasi tizimining asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Ular pochta aloqasi vositalari bilan aholi, davlat boshqaruvi organlari va xalq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadi, pochta aloqasining barcha vositalari harakatini amalga oshiradi. Aloqa muassasalari tarmog‘ining rivojlanishi ishining aniqligi darajasidan aloqaning sifati va uzluksizligini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi pochta aloqasi pochta aloqasi ob’ektlari (almashish punktlari, pochta aloqasi bog‘lamalari aloqa bo‘limlari) pochta jo‘natmalarini qabul qilish, ishlov berish va yetkazishga mo‘ljallangan pochta marshrutlarining keng tarmog‘ini tashkil etadi.

Bajarayotgan vazifalariga ko‘ra pochta aloqasi muassasalari ixtisoslashtirilgan va birlashtirilgan turlari bo‘linadi.

Ixtisoslashtirilgan mussasalar aloqasining muayyan bir sohasi (temir yo‘llari qoshidagi pochtamtlar, pochtani tashish bo‘limlari) xizmatlarini ko‘rsatadi yoki nazorat vazifalarini bajaradi.

Birlashtirilgan aloqa muassasalari aloqaning bir necha yoki barcha xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, bosma nashrlarni tarqatuvchi va tobe aloqa bo‘limlarini boshqaruvchi birlashtirilgan aloqa muassasalari aloqa bog‘lamasi deb ataladi.

Pochta aloqasi sohasi milliy iqtisodiyotdagi sohalaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohaning asosiy vazifasi aholi va iqtisodiyotning pochta aloqa xizmatlari va vositalariga bo‘lgan talabini qondirishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, milliy iqtisodiyotdagi pochta aloqasi bu - shaxs va jamiyatning turli ko‘rinishdagi axborotlarni almashishga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan.

Mamlakatimizda ma’lumotlarni uzatish tarmog‘i rivojlanmoqda, respublika vazirliklari, idoralari, muassasalari va tashkilotlarining axborot-kommunikatsiya tizimlarini ma’lumotlarni uzatish milliy tarmog‘iga birlashtirish yo‘li bilan yagona axborot maydoni shakllantirilmoqda. Bu borada pochta xizmatlari sohasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlangan davlatlar darajasiga ko‘tarish uchun o‘ziga xos yetakchi tarmoq rolini o‘ynaydi. Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida pochta aloqasi sohasi menejmentini takomillashtirish va raqobat muhitini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

“O‘zbekiston pochtasi” AJ pochta aloqa bo‘limlari taqsimot to‘g‘risida qiyosiy tahlil ma’lumotlariga ko‘ra mavjud pochta aloqa bo‘limlarini 77 % qishloq joylarida joylashgan. Pochta aloqa bo‘limlarini eng ko‘p joylangan filiallar Samarkand filiali (12%), Toshkent filiali (11%), Qashqadaryo filiali (9%), Farg‘ona filiali (9%) hisoblanadi. Qishloq pochta aloqasi bo‘limlari bo‘yicha eng ko‘p bo‘limlar Xorazm filiali (87%), Jizzax filiali (85%), Qashqadaryo filiali (80%) joylashgan.

Insoniyat axborotlashtirish sohasida haqiqiy inqilobiy o‘zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda, umumjahon axborotlashgan jamiyati shakllanmoqda. Bu o‘zgarishlar asosini axborotlashtirish, telekommunikatsiya va kompyuter texnologiyalari negizida axborotni uzatish hamda iste’molchiga yetkazib berishning eng zamonaviy va samarali vositalari dunyoga kelayotganligi tashkil etadi.

Pochta aloqasi esa iqtisodiyotni mustahkamlashga xizmat qiluvchi zamonaviy soha bo‘lib, insoniyat uchun foydali va qulay xizmat turlarini taklif etadi. “O‘zbekiston pochtasi” AJ axborot texnologiyalari rivojlanishining yutuqlariga tayangan holda respublikada mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarini yaratish va ishga tushirish ishlariga alohida e’tibor qaratmoqda.

Pochta sohasini rivojlantirishdan asosiy maqsad AKT yutuqlarini to‘liq qo‘llash orqali turli ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish bo‘yicha aholi va xalq xo‘jaligining ehtiyojlarini to‘la va yuqori sifatda qondirish va sohani yangi axborot texnologiyalariga asoslangan pochta xizmatlari ko‘rsatishdan iboratdir.

Hozirgi kunda pochta aloqasi sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb etish orqali xizmatlarni zamonaviylashtirish quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib borish maqsadga muvofiqdir.



  • Internet-magazinlarni kengaytirish;

  • Elektron to‘lovlar qabul qilish;

  • Internet xizmatlarini kengaytirish;

  • AKTga asoslangan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.

O‘zbekistonda axborotlashtirish jarayonlarida pochta aloqasi sohasining tutgan o‘rnini baholashda biz bevosita yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha pochta aloqasi sohasini bozordagi o‘rnini baholadik. Tahlil natijalariga ko‘ra afsuski, yangi axborot texnologiyalariga asoslangan xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha pochta aloqasi sohasi qoniqarsiz ko‘rsatkichlarga ega. Axborot kommunikatsiya texnologiyalar va ularga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning jadallik bilan rivojlanishi pochta aloqasi sohasini kechiktirib bo‘lmaydigan qarorlar qabul qilishga undaydi.

Fikrimizcha, yuqorida keltirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha alohida chora- tadbirlar ishlab chiqish lozim. Bu tadbirlar o‘z ichiga qo‘yidagilarni olishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Internet magazinlar yaratish;

Pochta aloqasi sohasining korporativ tarmog‘i asosida Respublika miqyosida pochta orqali tovarlar savdosini shakllantirish va rivojlantirish. Hozirgi kunda pochta aloqasi sohasini korporativ tarmog‘i faqat ma’muriy boshqaruv uchun xizmat qilmoqda, agar bu tarmoqdan xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalanilsa, jamiyat uchun qo‘shimcha daromad va iste’molchilarni ortishiga olib keladi.

O‘zNET segmentida o‘ttizga yaqin virtual do‘konlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu katta ko‘rsatkich emas, albatta. Mamlakatimizda sotuvchilar hali bunday usulning samarali ekanligini to‘liq anglaganlaricha yo‘q. (Forrester Resears’h kompaniyasining tahlillariga ko‘ra, Yevropada 2019 yilda Internet orqali savdoni amalga oshirishdan 325,4 mlrd. yevro daromad ko‘rilgan ekan). Demak, pochta aloqasi sohasini korporativ tarmog‘i asosida elektron tijoratni rivojlantirish uchun ulkan imkoniyat mavjud ekan.

Pochta aloqasi ob’ektlarida posilka savdosi va elektron tijoratni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. Rivojlangan davlatlarda posilka savdosi va elektron tijorat keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu dastur qo‘yidagi maqsadlarga yo‘naltirilgan bo‘lish lozim:



  • Viloyatlar va shaharlardagi pochta aloqasi ob’ektlarini imkoniyatlarining kengayish va "Pochta orqali mahsulot yetkazib berish" (Tovar-Pochtoy) tizimida posilkali savdo xizmatlari amalga kiritish;

  • Mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilar bilan aloqani mustahkamlash, ularni posilka savdosiga jalb qilish, uzoq va yaqin chet el savdo firmalari bilan barqaror aloqa kanallarini yaratish;

  • "Pochta orqali mahsulot yetkazib berish" pochta jo‘natmalarini yetkazishni tezlashtirish va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida yetkazib berish shakllarini kiritish va elektron pullar bilan savdoni rivojlantirish;

  • Posilkali savdoni joriy etish bo‘yicha me’yoriy-uslubiy materiallarni ishlab chiqarish va pochta aloqa korxonalariga yetkazib berish;

  • Posilkali savdo qatnashchilari orasidagi o‘zaro hisob-kitobni zamonaviylashtirish

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun pochta aloqa korxonalarida posilka savdosi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Fikrimizcha dasturni asosi sifatida Toshkent pochtamti negizida "Pochta orqali mahsulot yetkazib berish" markazini ochish maqsadga muvofiqdir. Bu markaz tarkibida posilka savdosini amalga oshiruvchi xududiy markazlar va pochta aloqasi bo‘linmalarida xizmat ko‘rsatuvchilar guruhi joylashadi.

Bu dasturni amalga oshirish orqali pochta aloqasi sohasida yangi axborot texnologiyalarining rolini naqadar yuqoriligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Elektron to‘lovlar qabul qilish;

“O‘zbekiston pochtasi” AJ qo‘shimcha xizmat turlari sifatida shartnoma asosida turli kommunal va boshqa to‘lovlarni qabul qiladi. Bundan bir necha yil oldin jahon ommaviy axborot vositalarida “Kosmonavtlar koinotda turib do‘konlarni aylanib chiqdilar” degan xabar tarqatilgandi. O‘shanda kosmonavtlar - V.Dejurov va M.Tyurin xalqaro kosmik stansiyasidan VISA virtual to‘lov kartasi orqali xaridlarni amalga oshirishgandi. To‘g‘ri, kosmosdagi savdolar yaqin yillar ichida jadal rivojlanib ketmaydi, ammo bu voqea yangi texnologiyalarning cheksiz imkoniyatlarini yaqqol namoyish etib berdi. Buning isboti sifatida ohirgi uch yilda axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida 10 ga yaqin elektron to‘lovlarni qabul qiluvchi tashkilotlar paydo bo‘ldi (RAYNET, YeKARMON, FASTRAY va boshqalar bunga misol buladi). Bu tashkolotlarga qo‘shimcha ravishda mobil telefon orqali ham to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati ham vujudga keldi. Yuqorida keltirigan tashkilotlar axborot texnologiyalari hamda moliyaviy imkoniyatlari bo‘yicha “O‘zbekiston pochtasi” AJdan ustunlik qiladi, lekin ularda butun mamkalatimizni qamrab olgan korporativ tarmoq mavjud emas.

Yuqorida keltirilganlardan kelib chiqqan holda jamiyat o‘z korporativ tarmog‘idan foydalangan holda elektron to‘lovlarni qabul qilish tizimini yaratishi va bu tizimni avvalombor raqobatchilar egallamagan qishloq joylardan ishga tushirishi lozim. Shunday qilinsa kam xarajat sarflanadi va o‘z bozor segmentga ega bo‘linadi.

Internet xizmatlarini kengaytirish;

Respublikaning markaziy shaharlarida internet xizmatlari ko‘rsatish yuqori darajada rivojlangan va kuchli raqobat muxitiga ega, lekin mavze va qishloq joylarda bu xizmat turi yetarli darajada rivojlanmagan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda fikrimizcha, kuchli raqobat salohiyatiga ega bo‘lish uchun qishloq joylarda internet xizmatlarini ko‘rsatishni joriy etish lozim, shuni yana qo‘shimcha qilish lozimki, “O‘zbekiston pochtasi” AJini 3174 aloqa bo‘limlari mavjud, jumladan 2296 qishloq joylarida joylashgan. Bu o‘z navbatida yuqorida keltirilgan taklifni naqadar dolzarbligi isbotlaydi.

AKT asoslangan boshqa xizmatlarni ko‘rsatish.

Pochta aloqasi sohasiga joriy etilayotgan xizmatlar iste’molchilarning istiqboldagi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirilsa, soha bozorda katta ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. Pochta aloqasi sohasida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim tadbirlari quyidagilardan iborat:


  • pochta aloqasi sohasida zamonaviy, ishonchli va xavfsiz milliy ma’lumotlar axborot bazalarini yaratish,

  • turli axborot resurslari va yangi xizmatlarining bozorini rivojlantirish,

  • ishlab chiqarish va boshqaruvga oid axborot almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‘tish;

  • pochta aloqasi bo‘linmalarida kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish,

  • bevosita pochta bo‘linmalarida aholi turli qatlamlarining zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;

  • kompyuter va telekommunikatsiya texnikasida samarali ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilishda hamkorlik kilish;

  • pochta aloqasini barcha bo‘linmalarini axborot texnologiyalari bilan ta’minlash milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib borishini ta’minlash.


Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish