Muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universitedi aktskt fakulteti



Download 17,27 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi17,27 Kb.
#930260

MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITEDI AKTSKT FAKULTETI
TA’LIMGA KIRISH
Bajardi:Xayitmirzaye Qodirjon
Tekshirdi:Azimova Shohista

Topshiriq 1


  1. O’zbekistonda zamonaviy ta’lim tizimining o’rni va ahamiyati nimada?

  2. Kasbiy faoliyat nima va u AKT sohasida qanday yuritiladi?

1.Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi.


Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qanday hujjat? Uning mazmunida qanday g’oyalar ifoda etilgan?
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni g’oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo’naltirilgandir*.
Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan iboratdir*.
Ushbu maqsadni ro’yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Ya’ni:
- O’zRning “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o’quv, ilmiy-ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish;
- kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko’tarish;
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;
- ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o’tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy qilish;
- yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko’rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish;
- ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish;
-uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga byudjetdan tashqari mablag’lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini
ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
2. O‘tgan davrdan 2021-yilgacha bo‘lgan AKT sohasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli yangilanish va islohotlar, ularning natijalari haqida to‘xtalinadigan bo‘lsa, aholiga axborot-kommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish hajmi 2016-yilda 5,2 trillion so‘mni tashkil etgan. 2016—2021-yillarda axborot-kommunikatsiya sohasini yanada rivojlantirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan davlat boshqaruv organlari, iqtisodiyot tarmoqlari va aholining IT-xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish, IT-tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmini kengaytirish, narxlarni kamaytirish va sifatni yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlari natijasida xizmatlar hajmi 2020-yilda 12,9 trillion so‘mga yetkazildi.
Ayonki, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlarni muvaffaqiyatli yo‘lga quyish, keyingi yillarda telekommunikatsiya tizimlari va axborot texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator ishlar amalga oshirilib, soha ravnaqini ta’minlamoqda.
Birgina telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishiga e’tibor qaratilsa, Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati soniyasiga 1 200 gigabitga yetkazildi. Xalqaro internet kanali narxlari 2016-yilda 295 030 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2020-yilning oxiriga kelib, 45 011 so‘mga arzonlashganini ko‘rish mumkin. Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasiga ko‘ra, 2021-yil 1-maydan ushbu narx 32 000 so‘m miqdorida belgilandi va ushbu narx yana 30 foizga pasaydi. Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2020-yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishildi.
Download 17,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish