Bo’lim tarmoqlari – bir korxona bo’limida ishlovchi hodimning nisbatan katta bo’lmagan guruhi foydalanuvchi tarmoqlaridir.
Bu hodimlar ba’zi umumiy masalalarni yechadi, masalan, buxgalteriya hisobini olib boradi yoki marketing bilan shug’illanadi. Bo’limdagi hodimlar soni 100 – 150 nafargacha bo’ladi, deb hisoblanadi.
Bo’lim tarmog’ining asosiy maqsadi ilovalar, ma’lumotlar lazer printerlari va modemlar kabi local resurslarni taqsimlashdir.
Odatda, bo’lim tarmoqlari bir yoki ikkita faylli serverga va o’ttizdan oshmagan foydalanuvchilarga ega. Bo’lim tarmoqlari, odatda qism tarmoqlariga ajralmaydi. Bu tarmoqda korxona trafigining katta qismi yig’ilgan bo’ladi. Bo’lim tarmoqlari, Ethernet, Token, Ring tarmoq texnalogiyalarning biri asosida yaratiladi. Bunday tarmoq uchun bir yoki ko’pida ikki xil operatsion sistemalar xarakterlidir. Ko’pincha bu tarmoqda server ishlatilgan, masalan, Net Ware, ammo foydalanuvchilarning ko’p bo’lganligi bir rangli operatsion sistemani, masalan Windows 95 ni ishlatish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |