Muvozanatli deb tushuniladi. Ammo, har qanday iqtisodiy tizimning bunday holati hayoliydir



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/156
Sana15.07.2021
Hajmi2,84 Mb.
#119883
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   156
Bog'liq
makroiqtisodiyot (2)

X BOB. DAVLAT BYUDJETI. SOLIQLAR 
 
10.1. Davlat byudjetining mohiyati, funktsiyalari va ahamiyati 
Hozirgi 
sharoitda 
davlat 
byudjeti 
ijtimoiy 
(ishlab 
chiqarish) 
munosabatlarining  bir  qismini  ifoda  etib,  davlatning  ixtiyoriga  mamlakatda 
yaratilgan  yalpi  ichki  mahsulot  (milliy  daromad)ning  nisbatan  kattagina  qismini 
to’plash  va  uni  jamiyat  taraqqiyotining  turli  sohalarini  (iqtisodiyot,  maorif, 
sog’liqni  saqlash,  fan,  madaniyat,  ijtimoiy  ta’minot,  boshqaruv,  mudofaa  va 
boshqalar)  rivojlanishiga  yo’naltirish  imkonini  beradigan  muhim  taqsimlash 
vositasidir. 
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining tarkibiy qismi 
bo’lib,  shunga  mos  ravishda  moliya  tizimiga  doir  barcha  xususiyatlarga  ega  va 
unga  tegishli  bo’lgan  barcha  funktsiyalarni  bajaradi.  Bir  vaqtning  o’zida,  davlat 
byudjeti faqat o’ziga xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z 
navbatida,  davlat  byudjetini  moliya  tizimining  boshqa  bo’linmalaridan  ajratib 
turadi  va  unda  markaziy  o’rinni  egallashga  imkon  beradi.  Uning  ana  shunday 
xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir 
mamlakatda  davlat  barcha  moliyaviy  munosabatlarning  tashkilotchisi  bo’lsa-da, 
uning  bu  xislati,  ya’ni  mamlakatning  moddiy  va  moliyaviy  resurslari  asosiy 
taqsimlovchi  sifatidagi  roli  faqat  byudjetda  katta  kuch  bilan  namoyon  bo’ladi. 
Yagonalik  va  yuqori  darajada  markazlashuv  davlat  byudjetining  muhim 
xususiyatlaridandir.  Davlat  byudjetiga  xos  xususiyatlar  mablag’lar  bilan  byudjet 
siyosatini amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi. Davlat byudjeti 
deyilganda,  eng  avvalo,  ikki  tushunchaning  qo’shilishini  tushunmoq  kerak:  1) 
davlat  miqyosida  yalpi  ichki  mahsulotni  taqsimlash  natijasida  vujudga  keladigan 
iqtisodiy  munosabatlar;  2)  davlatning  asosiy  moliyaviy  rejasi.  Yalpi  ichki 
mahsulotni  taqsimlashning  moliyaviy  vositasi  sifatida  davlat  byudjeti  boshqa 
xususiyatlarga  ham  ega.  Yalpi  ichki  mahsulotning  davlat  byudjeti  orqali 
taqsimlanishi  ma’lum  darajada,  almashuvdan  ajralgan  holda  sodir  bo’ladi. 


 
91 
 
Qiymatning davlat byudjeti orqali harakatlanishi moddiy mahsulotning harakatidan 
to’liq  uziladi  va  sof  qiymat  xarakterini  kasb  etadi.  Faqat  davlat  byudjetidan 
tashqarida,  byudjet  resurslari  sarflanayotganda  taqsimlash  va  almashuv 
operatsiyalarining  qayta  qo’shilib  ketishi  sodir  bo’ladi.  Davlat  byudjetining 
mohiyatini ochib berishda u orqali amalga oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining 
mazmunini ko’rib chiqish alohida ahamiyat kasb etadi. 
Yalpi ichki mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir vaqtning o’zida, 
o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil bo’lgan uch bosqichga egadir: 1) 
umumdavlat  pul  fondini  shakllantirish  (byudjet  daromadlari);  2)  hududiy  va 
ma’lum  maqsadlarga  mo’ljallangan  ko’p  sonli  byudjet  fondlarini  yaratish;  3) 
byudjet fondidan foydalanish (byudjet xarajatlari). 
Davlat  byudjeti  orqali  yalpi  ichki  mahsulotni  taqsimlashning  bu  bosqichlari 
bir  vaqtning  o’zida va  uzluksiz  sodir  bo’lsada,  bu ularning  nisbatan  alohidaligini 
ham  inkor  etmaydi.  Bu  bosqichlarni  bo’lish  va  ularni  alohida-alohida  ko’rib 
chiqish  orqali  byudjetli  taqsimlashning  xarakteri,  shakli  va  metodlari  to’g’risida 
osonroq  va  aniqroq  tasavvur  hosil  qilish  mumkin.  Birinchi  bosqichda  yuridik  va 
jismoniy  shaxslarga  tegishli  pul  mablag’larining  bir  qismi  davlatning  qo’lida 
to’planishi sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat bilan 
mablag’larni  to’lovchilar  o’rtasida  byudjet  munosabatlari  vujudga  keladi.  Bu 
munosabatlar,  asosan,  majburiylik  (imperativlik)  xarakteriga  egadir.  Bu 
bosqichdagi  taqsimlash  jarayonlarining  xarakterli  xususiyati  shundaki,  byudjetga 
tushuvchi mablag’lar ajratib olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning 
barchasi  hozircha  yagona  maqsadga  —  umumdavlat  ehtiyojlarini  qondirishga 
yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga mo’ljallangan 
fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham beriladi. 
Byudjet fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan foydalaniladi: 
1) byudjetga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar); 
2) davlat byudjetining daromadlari. 


 
92 
 
Davlat  byudjetiga  to’lovlar  (soliqlar,  ajratmalar,  bojlar  va  boshqalar),  eng 
avvalo,  to’lovchilarning  xarajatlaridan  iborat  bo’lib,  ularning  daromadlaridan 
chegirilsada,  bir  vaqtning  o’zida  ular  davlat  byudjetida  davlatning  daromadlari 
sifatida  gavdalanadi.  Ana  shundan  taqsimlash  munosabatlariga  kirishgan 
ishtirokchilar  (tomonlar)  o’rtasidagi  manfaatlarda  ba’zi bir  farqli  jihatlar  vujudga 
keladi. Davlat byudjetning daromadlarini oshirishdan manfaatdor bo’lsa, bu narsa 
u  yoki  bu  darajada  to’lovchilarning  (yuridik  va  jismoniy  shaxslarning) 
manfaatdorligini  pasaytiradi.  Davlat  byudjetining  daromadlari  o’zining  yaxlitligi 
bilan  farqlanadi  va  ular  yagona  maqsadga  —  ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirishga 
xizmat qiladi. 
Byudjet  daromadlari davlatning  sub’ektlar  (xo’jaliklar  va  aholi)  bilan o’zaro 
munosabatlarining  aniq  chegaralangan,  aniqlangan  qismini  ifoda  etadi.  Bu 
munosabatlar  xilma-xil  bo’lishiga  qaramasdan,  ular  umumiy  belgilarga  ega  va 
umumlashtirilgan,  abstrakt  holda  ishlab  chiqarish  (byudjet)  munosabatlarining 
alohida  elementi  sifatida  maydonga  chiqadi.  Byudjet  daromadlari  o’zlarining 
iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’ektiv bo’lib, ular davlatning sub’ektlar (xo’jaliklar va 
aholi) bilan barqaror aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’ektiv zarurligi davlatning 
o’ziga xos funktsiyalarga ega bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. 
Davlat  byudjeti  daromadlarining  farqlanuvchi  belgisi  shundan  iboratki,  ular 
taqsimlash  natijasi  (byudjetga  to’lovlar)  va  yanada  taqsimlash  ob’ekti  (byudjet 
ichidagi  fondlarni  shakllantirish  va  moliyalashtirish)  sifatida  maydonga  chiqadi. 
Demak,  davlat  byudjetining  daromadlari  aniq  ifodalangan  byudjet  kategoriyasi 
bo’lib,  ularni  shakllantirish  va  ulardan  foydalanish  taqsimlashning  byudjet 
mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetining xarajatlari  xuddi uning daromadlari singari, ikkiyoqlama 
xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari, boshqa tomondan esa  — 
sub’ektlarning ixtiyoriga tushadigan qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning 
daromadlariga aylanadi va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli 
fondlarni  shakllantirishda  foydalaniladi.  Ana  shu  ikkiyoqlama  xarakter  davlat 


 
93 
 
byudjeti  xarajatlarining  yakuniy  emas,  balki  taqsimlash  jarayonlarining  oraliq 
bosqichi ekanligidan dalolat beradi. Bu erda byudjet fondlarining egasi — davlat 
va  pul  mablag’larini  oluvchilar  —  sub’ektlar  o’rtasida  yangi  taqsimlash 
munosabatlari  paydo  bo’ladi.  Daromadlar  singari,  davlat  byudjetining  xarajatlari 
ham  ob’ektiv  iqtisodiy  kategoriyadir.  U  kategoriya  sifatida  byudjetli  taqsimlash 
munosabatlarining  ma’lum  bir  yakuniy  qismini  abstrakt  holda  umumlashtiradi. 
Ularning moddiylashuvi byudjetdan sub’ektlarga pul mablag’larining teskari oqimi 
bilan xarakterlanadi. 
Shunday  qilib,  davlat  byudjetining  iqtisodiy  mazmuni  deganda  umumdavlat 
pul  fondini  shakllantirish,  mablag’larni  byudjetlar  ichida  taqsimlash  va 
sub’ektlarni  byudjetdan  moliyalashtirish  natijasida  vujudga  keladigan,  o’zaro 
bog’langan  taqsimlash  munosabatlarining  butun  kompleksi  tushuniladi.  .  Davlat 
byudjeti ko’p sonli va bo’lingan taqsimlash  aktlarining majmui orqali yalpi ichki 
mahsulot  harakatining  asosiy  yo’nalishlarida  namoyon  bo’ladi.  Aynan  byudjet 
iste’mol  va  jamg’arish  fondlarining  shakllanishida,  iste’mol  fondining  qismlarga 
ajralishiga, sof daromadning 
davlat  va  sub’ektlar  o’rtasida  bo’linishiga  hal  qiluvchi  ta’sir  ko’rsatadi. 
Mamlakatning  asosiy  moliyaviy  rejasi  ko’rinishida  qonuniy  rasmiylashtirilgan, 
davlat  pul  fondlarini  yaratish  va  ulardan  foydalanish  borasidagi  iqtisodiy  
munosabatlar majmuiga davlat byudjeti deyiladi. 
Davlat byudjeti ikki xil funktsiyani bajaradi: 
1) taqsimlash; 
2) nazorat. 
Davlat  byudjetining  taqsimlash  funktsiyasi  orqali  uning  mohiyati  namoyon 
bo’ladi.  Bu  davlat  byudjeti  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  taqsimlash 
munosabatlarining mazmunida yaqqol ko’rinadi. 
Davlat  byudjeti  orqali  amalga  oshiriladigan  taqsimlash  bu  jarayonning 
ikkinchi  (oraliq)  bosqichidir;  Shuning  uchun  ham  davlat  byudjetining  taqsimlash 
funktsiyasi  o’ziga  xos  bo’lgan  xususiyatga  ega  bo’lib,  undan  taqsimlangan  yalpi 


 
94 
 
ichki  mahsulotni  qayta  taqsimlashda  foydalaniladi.  Agar  taqsimlashning  birinchi 
bosqichida  byudjet  mablag’lari  milliy  daromadda  davlatning  ulushi  sifatida 
maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi 
va  ko’p  sonli  kanallar  orqali  turli  tadbirlarni  moliyalashtirishga  va  fondlarni 
shakllantirishga  yo’naltiriladi.  Davlat  byudjeti  bilan  iqtisodiyot  va  ijtimoiy 
sohaning barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.  
Birinchi  xususiyat  umumiylik,  universallik.  Bu  milliy  iqtisodiyotni  tezkor 
boshqarishda  davlat  byudjetining  nazorat  funktsiyasidan  keng  foydalanish  uchun 
sharoit yaratadi. 
Davlat byudjetining nazorat funktsiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli 
xususiyat  moliyaviy munosabatlarning alohida sohasi sifatida davlat byudjetining 
yuqori darajada markazlashtirilganligidan kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har 
doim  yuqori  organlar  oldida  quyi  organlarning  hisobot  berib  turishini,  ma’lum 
ketma-ketlikda  bo’ysunishning  tizimliligini  anglatadi.  Bu  esa,  o’z  navbatida, 
yuqoridan  quyigacha  davlat  moliyaviy  nazoratini  tashkil  etishga  shart-sharoit 
yaratib beradi. 
Kuchli  majburiylik,  imperativlik  davlat  byudjetining  nazorat  funktsiyasiga 
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Byudjet davlatniki bo’lganligi uchun uning 
nazorat  funktsiyasi  milliy  iqtisodiyotni  boshqarish  vositalaridan  biri  hisoblanadi. 
Davlat  byudjetining  nazorat  funktsiyasi  1)  davlat  byudjetining  daromadlarini 
oshirish  uchun  pul  mablag’larini  jalb  qilish;  2)  mablag’larni  sarflashning 
qonuniyligini  ta’minlash;  3)  byudjet  mexanizmi  orqali  ishlab  chiqarishning 
samaradorligini oshirishni ko’zda tutadi. 
Sub’ektlar  faoliyatini  moliyaviy  resurslar  bilan  ta’minlashda  davlat 
byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin: 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan yangbi talabni kelgusi byudjet yilida byudjetning 
xarajatlari tarkibiga kiritish; 


 
95 
 
— moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud byudjet resurslarini 
manyovr qilish, ya’ni byudjet kreditlarini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li 
bilan  qondirish.  Bunday  imkoniyatning  mavjudligi  amaliyotda  ayrim 
sub’ektlarning  o’zlariga  taqdim  etilgan  moliyaviy  resurslarni  to’liq 
o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmasligi bilan izohlanadi; 
—  qo’shimcha  ehtiyojni  hukumatning  zahira  fondlari  hisobidan  qoplash  va 
boshqalar. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish