Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologiyalari texnikumi


-mavzu: Asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobining tamoyillari



Download 0,93 Mb.
bet48/84
Sana13.01.2022
Hajmi0,93 Mb.
#355684
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84
Bog'liq
To`plam O`A Budjet (Восстановлен)

4-mavzu: Asosiy xo‘jalik jarayonlari hisobining tamoyillari

1. Xo‘jalik jarayonlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ahamiyati. Xo‘jalik jarayonlari turlari.

2. Ta’minot jarayonining hisobi.

3. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash.

4. Ishlab chiqarish jarayonining hisobi.

5. Kalkulyatsiya schetlarining ishlab chiarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ish va xizmatlar tannarxini aniqlashdagi o‘rni.

6. Ishlab chiqarish jarayonida sintetik va analitik hisobni tashkil etish.

Xo’jalik faoliyati asosiy ko’rsatkichlari

Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ko’pchilik qismi moliyaviy xo’jalik faoliyati iqtisodiyotning qaysi tarmog’iga qarashliligidan qat’iy nazar xo’jalik hisobi tizimiga asosan ish yuritadi.

Buxgalteriya hisobi xo’jalik yurituvchi sub’ektlari mulklarining xarakatini to’liq, yoppasiga, uzuluksiz o’z usullariga asosan hisobga olishga asoslangandir. Korxonalarda xo’jalik jarayonlarini kuzatish, faoliyat moliyaviy natijasiga baxo berish zarur bo’lib, bu zaruriyatni amalga oshirish uchun ko’rsatkichlardan foydalaniladi.

Ko’rsatkichlar yordamida korxona biznes-rejasining bajarilishi, tovar-moddiy zaxiralari me’yoriga, xodimlar shtat ruyxati va boshqa me’yoriy ko’rsatkichlariga rioya

etilishi shuningdek, reja (mahsulot ishlab chiqarish, tovar aylanishi, ish bajarish, xizmat ko’rsatish va boshqa) ko’rsatkichlar bajarishlari nazorat qilinadi.

Ko’rsatkichlar iqtisodiy mazmuniga ko’ra, miqdoriy va sifat ko’rsatkichlariga bo’linadi.

Mikdoriy ko’rsatkichlar korxona xo’jalik faoliyatidagi u yoki bu jarayon xaqidagi ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatidagi asosiy va muhim jarayonlardan biri sotish jarayonidir. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiyotning qaysi tarmog’iga qarashligiga ko’ra, sotish jarayoni ko’rsatkichining tarkibi turlicha bo’ladi. Sotish jarayoni ko’rsatkichi miqdoriga esa, xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyat ko’lami hamda turli ichki va tashqi omillar ta’sir etadi. Xo’jalik yurituvchi sub’ekt iqtisodiyotning sanoat tarmog’iga qarashli bo’lsa, sotish jarayoni ko’rsatkichi mazkur korxonada sotilgan tayyor mahsulotning umumiy miqdori, hamda alohida turlari bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi. Savdo korxonalarida sotilgan tovarlarning umumiy va alohida turlari bo’yicha olingan miqdoriy ko’rsatkich sotish jarayoni xaqidagi ma’lumotni beradi. Agar korxona qurilish tashkiloti bo’lsa, ushbu korxona bajargan va sotilgan ishlari qiymati mazkur korxona sotish jarayonining miqdoriy ko’rsatkichi hisoblanadi.

Iqtisodiyotning tarmoqlari turli bo’lib, ular orasida xizmat ko’rsatuvchi sohalar ham mavjud. Masalan, maishiy xizmat ko’rsatuvchi korxonalar, bank muassasalari, mehmonxonalar va hokazo.

Mehmonxona, shifoxonalar uchun asosiy miqdoriy ko’rsatkichlardan biri bo’lib, xizmat ko’rsatilgan mijozlar soni, oliy ukuv yurtlari uchun esa tayyorlangan mutaxassislar soni hisoblanadi.

Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mahsulot (ish, xizmat) sotish jarayonlaridagi miqdoriy ko’rsatkichlar nafaqat umumiy hamda balki mahsulot (ish, xizmat) alohida turlari bo’yicha ham zarur bo’lib, ushbu ko’rsatkichlarni o’rganish, taxlil etish natijasida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini yanada rivojlantirish imkoniyatini beruvchi ichki va tashqi omillari aniqlanadi.

Miqdoriy ko’rsatkichlarga nafaqat sotish jarayoni ko’rsatkichlari balki, ta’minot, ishlab chiqarish jarayoni ko’rsatkichlari ham misol bo’ladi. Ta’minot va ishlab chiqarish jarayonlari miqdoriy ko’rsatkichlarining kay darajadaligi bevosita sotish jarayoni miqdoriy ko’rsatkichiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.

Ta’minot jarayonining hisobi

Ta’minot jarayoni korxona rejasiga asosan amalga oshiriladi. Ta’minot jarayoni hisobining asosiy vazifalari esa, quyidagilardan iborat:

Ta’minot xaqiqiy hajmini aniqlash. Buxgalteriya hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyuumlarining miqdori va turi xaqidagi xaqiqiy ma’lumotni beradi. Ushbu ma’lumotlar ham natura, ham pul o’lchov birligida ifodalanadi. Buxgalteriya hisobining hisobot davrida qabul qilingan mehnat buyumlari xaqidagi ushbu ma’lumotlari yordamida, ularni har bir turlari bo’yicha ta’minot jarayoni ko’rsatgichlari umumiy bajarilishi xaqida ma’lumotlarga ega bo’linadi.

Qabul qilingan mehnat buyumlarining xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buxgalteriya hisobi mehnat buyumlari har bir turlarini tayyorlash yuzasidan korxonaning xaqiqatdagi xarajatlarining miqdorini aniqlaydi. Bunda sotib olingan mehnat buyumlari tannarxining ko’rsatkichi nafaqat xarajatlar umumiy xajmini, balki xarajatlar alohida turlari ko’rsatkichlarini ham ifodalaydi.

Ta’minot jarayonida korxona xo’jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi uchun zaruriy mablag’lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy mablag’lar quyidagilardan iborat:

-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);

-aylanma mablag’lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul mablag’lari va boshqalar);

Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag’larga ham zaruriyat tug’iladi: -qisqa va uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalar (aktsiya, obligatsiya, karzlar, depozitlar. va x.k.); Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:

a) sotib olish;

b) ta’sischilarning hissasi tariqasida; v) bepulga olish;

g) ijaraga olish (qisqa va uzoq muddatlarga).

Asosiy vositalar hisobi 0100 «Asosiy vositalar» aktiv schetda yuritiladi. Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi. Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni «Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish» dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.

Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog’liq ma’lumotlar aks ettirilgan bo’lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.

1-misol. Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang’ich qiymati 1 000.000

so’m.


Debet 0100 Kredit 4610

2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan hissa sifatida olindi. Boshlang’ich qiymat 1000 000 so’m.

Eskirish summasi 240.000 so’m.

Qoldiq qiymati 760.000 so’m.

Asosiy vositaning boshlang’ich qiymatiga:

Debet 0100 schet 1000 000 so’m.

Kredit 4610 schet 1000 000 so’m.

Asosiy vositaning eskirish summasiga:

Debet 4610 schet 240.000 so’m.

Kredit 0200 schet 240.000 so’m.

Asosiy vosita xarid qilinganda, uni sotib olish, keltirish, o’rnatish va umuman foydalanish xolatiga keltirish bilan bog’liq hamma xarajatlar «Kapital qo’yilmalar» 0800 schetida yig’iladi, hamda asosiy vosita qiymatini oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig’indisi asosiy vositasining boshlang’ich qiymatini tashqil etadi.

3-misol. a) Kompyuter xarid qilish maksadida «NAYTOV» kompaniyasiga to’lov hisoblandi 500.000 so’m.

Debet 0820 schet 500.000 so’m.

Kredit 6010 schet 500.000 so’m.

b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to’lov hisoblandi 20,000

so’m


Debet 0820 schet 20,000 so’m.

Kredit 6990 schet 20,000 so’m. v) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan firmaga to’lov hisoblandi 60,000

so’m.

Debet 0820 schet 60.000 so’m.



Kredit 6990 schet 60.000 so’m. g) «NAYTOV» firmasiga kompyuter keltirish uchun to’lov o’tkazildi 500.000 so’m. Debet 6010 schet 500.000 so’m.

Kredit 5110 schet 500.000 so’m. d) Trasport tashkilotiga to’lov o’tkazildi 20,000 so’m.

Debet 6990 schet 20,000 so’m.

Kredit 5110 schet 20,000 so’m.

v) Programmalash xizmati firmaga to’lov o’tkazildi 60,000 so’m.

Debet 6990 schet 60,000 so’m.

Kredit 5110 schet 60,000 so’m. j) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1) asosida asosiy vosita kirim qilindi.

Debet 0150 schet 580,000 so’m.

Kredit 0820 schet 580.000 so’m.

3 misolni sxema ko’rinishi quyidagicha bo’ladi.

Dt 5110 Kt Dt 6010 Kt Dt 6990 Kt Dt 0820 Kt Dt 0150 Kt

g)500.0 g)500.0

a)500.0 d)200.0

b)200.0 a)500.0

j)580.0 j)580.0

d)20.0

e)60.0 v)60.0




b)20.0

e)60.0







v)60.0

Asosiy vositalar bepul ko’rinishida ham korxonalarda qabul qilinishi mumkin. Ushbu jarayon yuzasidan quyidagi xususiyatlarga e’tiborni qaratmoq kerak:

1. Asosiy vositalarni yangi va oldin foydalanganligiga;

2. Asosiy vositalarni davlat yoki nodavlat korxonasiga bepul kirim qilinayotganligiga.

Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot jarayonlaridan biri

hisoblanadi. Mexnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo’lib, ularni xarid qilish baxolari bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig’inidisi tashqil etadi.

Mexnat buyumlari hisobi 1000 «Materiallar» schetida yuritiladi. Mexnat buyumlari bilan xaqiqiy ta’minotning miqdor ko’rsatkichi ushbu schetning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi. Mehnat buyumlarining xaqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Ishlab chiqarish jarayonining hisobi

Ishlab chiqarish jarayonida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda tayyor mahsulot yaratiladi. Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun uning turiga qarab xarajatlar qilinadi. Mazkur xarajatlar tarkibi esa, O’O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, O’zdavistiqbolstat va Davlat soliq qo’mitasi tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar Mahkamasining 1999 yil va 2003 yildagi qarori bilan tuzatishlar kiritilgan «Mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha xarajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish xaqidagi Nizom»da keltirilgan.

Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda sarflanadigan xarajatlar 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» schetida asta-sekinlik bilan yig’ilib boradi. Ishlab chiqarish jarayonida buxgalteriya hisobining oldiga quyidagi vazifalar belgilanadi:

-ishlab chiqarish xaqiqiy xajmlarni aniqlash bunda jami ishlab chiqarilgan mahsulot, hamda mahsulot har bir turi bo’yicha miqdor ko’rsatkichlarga ega bo’linadi. Olingan ma’lumotlar ham natura, ham pul o’lchov birligida bo’ladi;

-mahsulot xaqiqiy tannarxini hisoblash. Buning uchun ishlab chiqarilgan barcha mahsulot va uning har bir turi bo’yicha tannarxga kiritilgan xarajatlar xaqidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Masalan, ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi, materiallar qiymati, mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasi hamda ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari.

Ishlab chiqarish hisobini yuritish uchun bir qancha schetlar qo’llanilib, ulardan asosiysi 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» aktiv schetidir. Mazkur schet yordamida ishlab chiqarish umumiy hajmi aniqlandi. Mahsulot tayyor bo’lganidagi so’ng esa, 2010 scheti kretidan 2800 «Tayyor mahsulot» schetining debetiga o’tkaziladi.

Mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi murakkab, hamda uzlukiz bo’lsa, har oyning oxirida tugallanmagan ishlab chiqarish yuzasida qoldiqlar aniqlanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish bu barcha ishlab chiqarish boskichlaridan utmagan texnika nazorati tomonidan tekshiruv qabul qilinmagan buyum va mahsulotlardir, ya’ni ular texnologik jarayon va standartlar talablariga javob bermaydi. Tugallanmagan ishlab chiqarish 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» scheti debetida qoldiq siafatida hisobga olinib, inventarizatsiya usuli orqali aniqlanishi yoki normativ (reja)dagi ishlab chiqarish tannarxi bo’yicha baholnishi mumkin.

Ishlab chiqarishning xaqiqiy tannarxini aniqlashda quyidagi formula foydalaniladi.

T = X + B - O bu erda:

T - ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxi X - ishlab chiqarish xarajatlari

B - oy boshiga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i O - oy oxiriga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig’i
5-mavzu: Hujjatlashtirish va inventarizatsiya


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish