Muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi urganch kopyuter texnologiyalari texnikumi


- Mavzu : Budjet tashkilotlarida hisobotlar tarkibi



Download 0,93 Mb.
bet41/84
Sana13.01.2022
Hajmi0,93 Mb.
#355684
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84
Bog'liq
To`plam O`A Budjet (Восстановлен)

9 - Mavzu : Budjet tashkilotlarida hisobotlar tarkibi
O‘quv mashg‘ulotnning o‘qitish texnologiyasi modeli


O`quv amaliyot mashg‘ulotining texnologik xaritasi



Ish

Bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O`qituvchi

Ta’lim oluvchi

1-boskich. O`quv mashg‘ulotga kirish (10 daq)

Tashkiliy kism:

1.Ta’lim oluvchilarning davomatini tekshiradi.

2.Ta’lim oluvchilarning mashgulotga tayyorgarligini nazorat qiladi.

3.Amaliy mashg‘ulot nomi, rejasi, maqsad va kutilayotgan natijalar bilan tanishtiradi.

4.Amaliy mashgulotning baholash mezonlari bilan tanishtiradi.

5.Xavfsizlik texnikasi qoidalariga amal qilishni eslatadi.

Mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘radilar.

Amaliyotga xavfsizlik texnikasi, sanitariya va gigiena talablariga rioya qilgan holda maxsus kiyimda keladi. Xavfsizlik texnikasi jurnaliga imzo qo‘yadilar. Tinglaydilar.

2-bosqich. Asosiy (200 daq)

Kirish yo‘riqnomasi (50 daq). O‘quvchilar bilimini faollashtirish:

1.Tezkor-so‘rov; savol-javob, aqliy xujum orqali bilimlarni faollashtiradi.

Yangi o‘quv material bayoni:

2.O`quv amaliyoti mavzusi bo‘yicha umumiy ma’lumot beradi, ish jarayonini tushuntiradi;

Joriy yo‘riqnoma (135 daq). Yangi o‘quv material bo‘yicha amaliy mashq bajarish.

3.Ta’lim oluvchilarni ish joylariga taqsimlab amaliy ish yuzasidan yo‘riqnomali texnologik xarita (1-ilova) hamda mustaqil ish bajarish uchun hom-ashyo tarqatadi va ko‘rsatmalar beradi.

4.Mustaqil ishlarni bajarilishini maqsadli aylanish vaqtida nazorat qiladi va ish jarayonida o‘quvchilar tomonidan qo‘ygan xatolarni ko‘rsatadi.

Yakuniy yo‘riqnoma (15 daq):

5.Mashg‘ulot tugaganidan so‘ng ish joylarini talab darajasiga keltiradi. Tayyorlangan mahsulotni qabul qiladi.

Savollarga javob beradi. Tinglaydilar, chizadilar, yozib oladilar.

Ta’lim oluvchilar o‘z ish joylariga turadilar, mashg‘ulot rahbari ko‘rsatmalari va yo‘riqli texnologik xaritaga rioya qilgan xolda bajaradilar. Xatolarni to‘g‘irlaydilar. Foydalanilgan jihozlarni mashg‘ulot rahbariga topshiradilar. Ish joyini tozalaydilar.

3-bosqich. Yakuniy

(30 daq)

Yakunlash:

1.O`quvchilarni amaliy mashg‘ulot bo‘yicha baholarini e`lon qiladi;

2.Kelgusi kasbiy faoliyatlarida amaliyotda bajargan ishlarining ahamiyati va muhimligiga o‘quvchilar e’tiborini qaratadi,

3.Kelgusi mashg‘ulot mavzusi bilan tanishtirib uyga vazifa beradi

Tinglaydilar. Topshiriqni yozib oladilar.

Budjet tashkilotlarda budjet va budjetdan tashqari mablag’lar ijrosi bo’yicha oylik, choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o’rnatiladi.

Yillik moliyaviy hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga tuziladi. Choraklik moliyaviy hisobotlar hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga, oylik moliyaviy hisobotlar hisobot oyidan keyingi oyning birinchi sanasi holatiga tuziladi. Tashkilotlar set, shtat va kontingentlar rejalarini bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllarga muvofiq tuzib topshiradilar. Amaldagi qonunchilikka muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda moliyaviy hisobotlar shakllariga o’zgartirishlar kiritishga yo’l qo’yilmaydi.

Budjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan yillik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

- Balans (1-shakl);

- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

- Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;

- Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

- Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;

- Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot;

- Joriy yilning moliyaviy natijalari to’g’risida hisobot;

- Nomoliyaviy aktivlarning harakati to’g’risida hisobot.

Agarda, tashkilotlar qonunchilikka muvofiq hisobot davrida mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarish va sotish faoliyatlarini amalga oshirsa, u holda ushbu faoliyatlari bo’yicha belgilangan tartibda va muddatlarda moliya organlariga 2-shakl - “Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot”ni taqdim qiladilar.Tashkilotlar tomonidan topshiriladigan choraklik moliyaviy hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

- Balans (1-shakl);

- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);

- Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risida ma’lumot;

- Budjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag’batlantirish va rivojlantirish jamg’armasi bo’yicha pul mablag’lari harakati to’g’risida hisobot;

- Ta’lim muassasalarida o’qitishning to’lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag’lar harakati to’g’risida hisobot;

- Boshqa budjetdan tashqari mablag’lar harakati bo’yicha hisobot.

Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi Moliyaviy hisobotlar shakllarining manzil (ust) qismi quyidagi tartibda to’ldiriladi: -“Tashkilot nomi” rekvizitida tashkilotning to’liq nomi ko’rsatiladi;

-“Bo’lim, kichik bo’lim, bob” rekvizitida tashkilotning budjet tasnifining vazifaviy va tashkiliy jihatdan bo’linishi (belgilanishi) keltiriladi;

-“Hisobot davri” rekvizitida hisobot tuzilayotgan tegishli davr (yil, chorak, oy) ko’rsatiladi;

-“Budjet turi” rekvizitida tashkilot tomonidan hisobot berilayotgan mablag’ning manbasi O’zbekiston Respublikasi budjet tasnifiga muvofiq mablag’lar manbasi va budjetlar darajasi tasnifining kodlari keltiriladi;

-“O’lchov birligi” rekvizitida hisobot tuzilayotgan o’lchov birligi keltiriladi.

Moliyaviy hisobotlarni tuzishda quyidagi asosiy shartlar to’liq saqlanishi lozim:

-hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag’lari, asosiy vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya qilinishi va hisob-kitoblar natijalarining to’liq aks ettirilishi;



-analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlarga bir xil bo’lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining sintetik va analitik hisob ma’lumotlariga mosligi;

-moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan birlamchi hujjatlarning asos bo’lib xizmat qilishi.Ushbu asosiy shartlarga rioya qilinmagan holda tuzilgan moliyaviy hisobotlar noto’g’ri tuzilgan deb hisoblanadi.Tashkilotlar jamlama moliyaviy hisobotlarni o’zlari ko’rib chiqqan tasarrufdagi quyi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlari hamda o’zining moliyaviy hisobotlari asosida tuzadilar. Moliyaviy hisobotlar, qoida tariqasida, o’sib boruvchi tartibda bitta o’n xonali sonda ming so’m hisobida tuziladi.Agarda, me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablarini buzmagan holda moliyaviy hisobotlar ko’rsatkichlari manfiy qoldiq bilan chiqsa (manfiy qoldiqqa ega bo’lsa), u holda hisobotlarda ushbu ko’rsatkichlar “minus” ishora bilan aks ettiriladi. Budjet tashkilotlari tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni mazmuniga e’tibor beradigan bo’lsak, shubhasiz balans (1-shakl) markaziy o’rinni egallaydi va budjet tashkilotining ma’lum davrga barcha moliyaviy ko’rsatkichlarini o’zida aks ettiradi.Qolgan hisobot shakllari esa, mazkur balansda aks ettirilgan moliyaviy ko’rsatkichlarni ayrimlarini detallashtirib, aniq ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa, tashkilotlar tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobotlarni uzluksizligini, o’zaro muvofiqligini va tizimliligini ta’minlaydi.Bo’ysunish bo’yicha yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlar hisobot beruvchi tashkilotning rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Markazlashtirilgan buxgalteriyada moliyaviy hisobotlar u tashkil etilgan boshqaruv idorasi yoki tashkilot rahbari tomonidan hamda markazlashtirilgan buxgalteriyaning bosh hisobchisi tomonidan imzolanadi. Bunda, g’azna ijrosiga o’tilgan tashkilotlarning tegishli moliyaviy hisobotlari, jumladan, xarajatlar smetasining ijrosi xaqida hisobot (2-shakl) hamda budjetdan tashqari mablag’larning harakati to’g’risida hisobotlar G’aznachilik bo’linmalari tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadi.Vazirliklar, idoralar va hokimliklar boshqarmalari (bo’limlari)ning Moliya vazirligi hamda hududiy moliya organlariga taqdim etiladigan jamlama moliyaviy hisobotlari tegishli ravishda mazkur boshqaruv idoralarining vakolatli rahbari va ushbu idoralarning buxgalteriya xizmatlari rahbarlari (hisobchilari) tomonidan imzolanadi. Yuqorida ko’rsatilgan mansabdor shaxslarning imzolarisiz va tashkilotlarning muhrlarisiz moliyaviy hisobotlar haqiqiy emas, deb hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasining respublika budjetida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining tegishli buyruqlariga muvofiq o’rnatilgan muddatlarda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadilar.Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar)lar budjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo’limlariga) ular tomonidan belgilangan, lekin qonunchilik bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda taqdim etadilar.Tashkilotlar tegishli moliya organlariga ular tomonidan belgilangan, lekin mazkur Qoidalar bilan o’rnatilgan muddatlardan kech bo’lmagan muddatlarda jamlama moliyaviy hisobotlarni taqdim etadilar. Muddatlar tegishli budjetning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarning yuqori turuvchi moliya organiga o’z vaqtida taqdim etilishini ta’minlashni hisobga olgan holda belgilanadi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli "Budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to’g’risida"gi qaroriga (O’zbekiston Respublikasi QT, 1999 y. 9-son, 51-modda) muvofiq, moliya yiliga qo’shimcha vaqt etib belgilangan davr mobaynida operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar uchun moliyaviy hisobotlarni topshirishning alohida muddatlari Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.

Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mamlakatimiz budjet tizimini hamda budjet hisobi va moliyaviy hisobotni tuzishni xalqaro standartlar bilan uyg’unlashtirish orqali takomillashtirish bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 15 fevralda N° 2971 raqami bilan ro’yxatdan o’tkazilgan, «Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha Qoidalari» nomli normativ hujjatning tasdiqlanishi hamda joriy qilinishi natijasida budjet tashkilotlarida moliyaviy hisobotlarni shakllantirishning yagona tartibi belgilanishiga hamda xalqaro standartlarga yanada yaqinlashishiga asos bo’ldi.

Ushbu hisobot shaklini tuzish tartibiga quyida izoh keltirib o’tamiz:

Mazkur hisobot budjet tashkilotlarining hisobot davri mobaynidagi chet el valyuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni aks ettirish uchun mo’ljallangan.

Tushunchalar tahlili” usuli uchun ekspert varag’i


Tushuncha

Mazmuni

Balans




Hisobot davri



Moliyaviy natija



Budjet tashkiloti




Daromad




Hisobot



Xarajatlar smetasi


“TASDIQLAYMAN”

O`quv va tarbiyaviy ishlari

bo`yicha direktor o`rinbosari

________M. Allamova “_____”_____________ 2021 yil


Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish