Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/154
Sana07.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#327419
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154
Bog'liq
5.mavzular to'plami 70 soat 1 kurs 2021x

 
 
 
 
 
 


453 
 
34-MAVZU: O‗ZBEKISTONDA EKOLOGIK VAZIYATNING 
OG‗IRLASHISHI VA OROL FOJIASI. O‗ZBEKISTONDA PAXTA ISHI VA 
UNING OQIBATLARI. 
REJA: 
1. Ekologik muvozanatning buzilishi.  
2. Orol dengizining qurishi va uning dahshatli oqibatlari 
3. Orolbo‗yi mintaqasida og‗ir vaziyatn ing yuzaga kelishi. 
4. Paxta ishi – sovet rejimining O‗zbekistondagi so‗nggi qatag‗on siyosati
 
Respublika  qishloq  xo‗jaligida  paxta  monokultura  sifatida  rivojlantirildi.  1950-yilda  1,2  mln. 
gektar  yerga g‗o‗za ekilgan bo‗lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln. gektar yerga g‗o‗za ekildi. Paxta xom 
ashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan, 5,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorilik har gektar hisobiga 20,1 
sentnerdan 27 sentnerga ko‗tarildi. 
Markaziy  hokimiyat  Ittifoq  mehnat  taqsimotida,  yagona  xalq  xo‗jaligi  kompleksida 
O`zbekistonning asosiy o‗rni paxtachilik ekanligini qat‘iy belgilab qo‗ygan edi. O`zbekistonga og‗ir 
vazifa – SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta‘minlash vazifasi yuklatilgan edi. Mana 
shu  boisdan  paxta  O`zbekistonda  monokulturaga,  ya`ni  hukmron  tarmoqqa  aylandi.  1985-yilda 
respublika  paxta  maydonlari  barcha  ekin  maydonlarining  uchdan  ikki  qismini  egallardi.  Andijon, 
Farg‗ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida esa uning salmog‗i 70–75 foizga yetardi. Bu holat 
ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoan almashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklash 
imkonini bermas edi. 
Paxtachilikda  juda  zaharli  ximikatlar  (butifos,  merkaptofos)  haddan  tashqari  ko‗p  miqyosda 
qo‗llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoidalari buzilardi, bunday bedodlikdan odamlar zaharlanadi, 
atrof-muhit  ifloslanardi,  suv,  havo  va  tuproq  ham  minerallashib  zaharlanib  bordi.  Kasalliklar  soni 
ortdi, o‗lim, nosog‗lom bola tug‗ilish hollari ko‗paydi. 
Paxta  og‗ir  va  mashaqqatli  mehnat  evaziga  yetishtirilardi,  dehqonlar  ter  to‗kib  ishlardi,  biroq 
mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta xom ashyosiga kam haq to‗lanar edi, 
ikkinchidan,  paxta  xom  ashyosidan  tayyor  mahsulotlar  tayyorlash  asosan  boshqa  mintaqalarda 
amalga oshirilardi, daromadning ko‗p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi, xom ashyo 
yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverardi. 
O`zbekiston qishloq xo‗jaligida makkajo‗xori va sholi ham yetishtirilardi. 1970-yillarda barcha 
viloyatlarda  18  ta  ixtisoslashgan  makkajo‗xorichilik  sovxozlari  tashkil  ertildi  va  makkajo‗xori 
yetishtrish sezilarli darajada ko‗paydi. Biroq 80-yillarning o‗rtalarida bu tarmoqqa e‘tibor kamaydi, 
makkajo‗xori  ekishga  ajratilgan  ekin  maydonlari  keskin  kamaytirildi.  Natijada  makkajo‗xori 
yetishtirish  pasayib,  1985-yilda  atigi  443,1  ming  tonnaga  tushib  qoldi.  Sersuv  va  jazirama  issiq 
bo‗ladigan  joylarda  sholi  yetishtirilar  edi.  Sholi  asosan  Chirchiq,  Ohangaron,  Sirdaryo  bo‗ylarida 
yetishtirilar  edi.  O`zbekiston  Kompartiyasi  MQ  va  Ministrlar  Kengashi  1978-yil  noyabrida  sholi 
yetishtirishni yanada ko‗paytirish to‗g‗risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning quyi 
qismida  –  Qoraqalpog‗iston  ASSR  va  Xorazm  viloyatida  ancha  yerlar  o‗zlashtirildi  va 
ixtisoslashtirilgan  maxsus  sholikorlik  sovxozlari  tashkil  etildi.  Birgina  Qoraqalpog‗istonda 
sholikorlikka  ixtisoslashtirilgan  sovxozlar  soni  19  taga  yetdi.  1985-yilda  Qoraqalpog‗istonda  323,3 
ming  tonna  sholi  tayyrolangan  bo‗lsa,  Xorazm  viloyatida  117,9  ming  tonna  sholi  tayyorlandi. 
Toshkent,  Sirdaryo,  Surxondaryo  viloyatlarida  ham  sholi  yetishtirish  ancha  ko‗paydi.  1985-yilda 
respublika bo‗yicha 482,9 ming tonna sholi tayyorlandi. 
Respublikada  bug‗doy,  arpa  yetishtirish  imkoniyatlari  katta  edi.  Ammo  bu  imkoniyatlardan 
foydalanilmadi,  bug‗doy  ekish  uchun  sug‗oriladigan  yer  ajratilmadi.  Bug‗doy  va  arpa  bahorikor 
(lalmikor)  yerlarga  ekilardi.  Hosildorlik  gektariga  5-8  sentnerdan  oshmasdi.  1985-yilda  atigi  387,9 
ming  tonna  bug‗doy  yetishtirildi,  aholining  bug‗doyga  bo‗lgan  talabi  mutlaqo  qondirilmasdi, 
respublikaga boshqa mintaqalardan bug‗doy keltirilar edi. 
Respublika  dalalarida  shirin-shakar  mevalar,  uzum,  qovun-tarvuz,  sabzavotchilik  mahsulotlari 
yetishtirilar edi. Respublikada 49 ta sovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi. 1985-
yilda  respublikada  206,1  ming  gektar  mevazor,  133,4  ming  gektar  uzumzorlar  bor  edi.  Meva 
yetishtirish  633  ming  tonnaga,  uzum  yetishtirish  635,6  ming  tonnaga  ko‗tarildi.  Xorazm,  Jizzax, 
Sirdaryo viloyatlarida ko‗p miqdorda qovun-tarvuz yetishtirilar edi. Termiz tumanida tashkil etilgan 
―Navro‗z‖ limonariyasi aholining limonga bo‗lgan ehtiyojining katta qismini qoplaydigan bo‗ldi. 


454 
 
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida sabzavot yetishtirish yo‗lga qo‗yildi. 50-80 
yillarda  respublikada  45  ta  sabzavotchilikka  ixtisoslashtirilgan  kolxoz,  35  ta  sabzavot-sutchilik 
sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshka yetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1985-yilda 196,3 
ming gektarga yetdi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 240,7 ming tonnaga, sabzavot tayyorlash 2,4 
mln. tonnaga, poliz mahsulotlari 790 ming tonnaga ko‗paydi. 
Chorvachilik  ham  o‗sdi.  60-yillarda  qoramolchilikka  ixtisoslashtirilgan  30  ta  sovxoz  tashkil 
etildi.  70-yillarning  ikkinchi  yarmida  davlat  va  kolxozlar  mablag‗lari  hisobiga  45  ming  sigir 
boqiladigan kichik sutchilik komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go‗shtchilik komplekslari va 
ochiq  maydonda  190  ming  bosh  qoramol  boqiladigan  13  ta  ixtisoslashtirilgan  komplekslar  qurildi. 
1982-yilda  chorvachilik,  cho‗chqachilik  va  sutchilik  komplekslari  soni  82  taga  yetdi.  1985-yilda 
xo‗jaliklar 4,1 mln. bosh qoramol, shu jumladan, 1,6 mln. sigirlarni boqib mahsulotlar yetishtirdi. 
Buxoro,  Jizzax,  Navoiy,  Qashqadaryo,  Samarqand  viloyatlari,  Qoraqalpog‗iston  ASSRda  90 
taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‗lchilik sovxozlarida 5mln.dan ortiqroq qorako‗l qo‗ylari boqilib, 
qimmatbaho  qorako‗l  terilari  yetishtirildi.  Shuningdek,  3  mln.  boshdan  ortiqroq  xisori  va  jaydari 
qo‗ylar boqildi. 
60–70-yillarda parranda go‗shti va tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik 
komplekslari  barpo  etildi,  parrandalarni  oziqlantirish,  ko‗paytirish,  tuxum  va  go‗sht  yetishtirish 
ishlari  mexanizatsiyalashtirildi.  1985-yilda  respublikada  33,5  mln.  tovuqlardan  qariyb  ikki  mlrd. 
dona tuxum olindi. 
O`zbekistonda  sobiq  Ittifoq  bo‗yicha  yetishtirilgan  pillaning  uchdan  ikki  qismi  yetishtirilardi. 
1985-yilda  xo‗jaliklar  tomonidan  yetishtirilib  davlatga  sotilgan  pilla  32,2  ming  tonnaga  yetdi. 
Shuningdek, yiliga o‗rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol 
dengizi  qirg‗oqlarida  andatra,  nutriya,  norka  va  boshqa  hayvonlar  urchitildi  hamda  mo‗ynalar 
tayyorlandi. Baliqchilik xo‗jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar. 
Mustabid  sovet  tuzumi  sharoitida  dasturulamal  bo‗lib  qolgan  ―Inson  tabiatning  xo‗jayini‖, 
degan soxta mafkuraviy da‘vo, xo‗jalik  yuritishning  yaroqsiz usullari, tabiiy va mineral xom ashyo 
zaxiralaridan  vahshiylarcha  foydalanish  kabi  illatlar  ekologik  muammolarni  keltirib  chiqardi. 
O`zbekistonda  yerning  nihoyat  darajada  sho‗rlanishi,  tuproq  unumdorligining  pasayishi,  yerning 
zaharlanishi va buzilishi, havo bo‗shlig‗i, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi ekologik muhitni 
yomonlashtirib bordi. 
Cho‗lu  sahrolarni  o‗zlashtirish  borasidagi  dabdabali  tadbirlar,  paxta  monokulturasining 
kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‗ylab sug‗orish tizimlarini jadal suratda qurish ishlari 
Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60–
80 km.ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‗lga aylanib qoldi. Dengizning 
suv qochgan 4 mln. gektardan ortiqroq tubi qumli, sho‗rhok sahroga aylandi. Undan kuchli shamol va 
bo‗ron  orqali  ko‗tarilgan  tuz,  chang-to‗zonlar  atrof-muhitni  yemirmoqda,  odamlar  sog‗lig‗ini 
yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulez, qorin tifi, kamqonlik, siydik  yo‗llari va jigar toshi, 
qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‗paydi. Bolalar va xotin-qizlar o‗limi ko‗payishi kuzatilmoqda. 
Yiliga  90  kunlab  davom  etadigan  kuchli  bo‗ron  tufayli  15–75  mln.  tonna  tuzli  qumlar 
atmosferaga  ko‗tarilib,  300–500  km.  masofaga  yoyilmoqda.  Orolning  qurib  borishi  ekoligik  kulfat 
darajasiga aylandi, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 mln. kishi xavf-xatar ostida qoldi. 
O`zbekiston  iqtisodiyotida  qishloq  xo‗jaligi  yetakchi  o‗rinni  egallaydi.  XX-asrning  50–80-
yillarida  yerning  meliorativ  holatini  yaxshilash,  yangi  yerlarni  o‗zlashtirish,  sug‗orish  inshoatlari 
qurish  avj  oldi.  KPSS  MQ  va  SSSR  Ministrlar  Sovetining  1956-yilgi  ―Paxta  yetishtirishni 
ko‗paytirish uchun O`zbekiston SSR va Qozog‗iston SSRdagi Mirzacho‗l qo‗riq  yerlarini sug‗orish 
to‗g‗risida‖gi, 1958-yilgi ―O`zbekiston SSR, Qozog‗iston SSR va Tojikiston SSRdagi Mirzacho‗lni 
sug‗orish va o‗zlashtirish ishlarini  yanada kengaytirish  va jamoalashtirish to‗g‗risida‖gi  qarorlariga 
asosan  irrigatsiya  tarixida  birinchi  bo‗lib  Mirzacho‗lda  katta  maydonlarda  qo‗riq  yerlarni 
o‗zlashtirish ishlari olib borildi. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial 
asosda 
olib 
borildi. 
1956-yilda 
qo‗riq 
yerlarni 
o‗zlashtirish 
bosh 
boshqarmasi 
―Glavgolodnostepstroy‖, 
1963-yilda 
irrigatsiya 
va 
sovxozlar 
qurilishi 
bo‗yicha 
―Glavsredazsovxozstroy‖,  ularning  hududiy  boshqarmalari,  joylarda  trest  va  qurilish  boshqarmalari 
tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o‗zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‗jalik binolari, 
aholi  yashaydigan  posyolkalar  bunyod  etish  bilan  olib  borildi.  1956–1965-yillarda  Mirzacho‗lda  84 
ming  gektar  yer  o‗zlashtirildi,  16  ta  paxtachilikkka  ixtisoslashgan,  bitta  bog‗dorchilik-uzumchilik 


455 
 
sovxozlari  tashkil  eildi.  O`zlashtirilgan  hududlarda  1957-yilda  Yangiyer  va  1961  yilda  Guliston 
shaharlari  vujudga  keldi.  1963-yil  16-fevralda  markazi  Guliston  shahri  bo‗lgan  Sirdaryo  viloyati 
tashkil  etildi.  Mirzacho‗l  yerlarini  sug‗orish,  meliorativ  holatini  yaxshilash  tadbirlari  amalga 
oshirildi. Janubiy Mirzacho‗l kanali qurildi. 
Qoraqalpog‗iston  avtonom  respublikasi,  Surxondaryo,  Buxoro  va  Qashqadaryo  viloyatlarida, 
Markaziy  Farg‗ona  cho‗llarida  ham  sugoriladigan  dehqonchilikni  kengaytirish,  irrigatsiya-qurilish 
ishlari keng ko‗lamda olib borildi. Qoraqalpog‗istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi. 
Buxoro  viloyatida  1963-yilda  Amu-Qorako‗l,  Amu-Buxoro  mashinakanallari  qurilib  foydalanishga 
topshirildi.  Natijada  Buxoro  viloyatida  90  ming  gektar  yer,  jumladan,  26  ming  gektar  yangi  yer 
maydonlari sug‗oriladigan, Qizilqum  sahrosida maydoni  300 ming  gektardan ortiq  yaylovlarga suv 
boradigan  bo‗ldi.  1953–1963-yillarda  Markaziy  Farg‗ona  cho‗llarida  72,4  ming  gektar  yer 
o‗zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi. 
Jizzax, Qarshi cho‗llarini, Mirzacho‗l, Surxon-Sherobod, Quyi Amudaryo yerlarini o‗zlashtirish 
ishlari  ham  avj  oldi.  Jizzax  cho‗lida  70  ming  gektardan  ortiqroq  yangi  yerlar  o‗zlashtirildi. 
O`zlashtirilgan  yerlarda  Mirzacho‗l,  Do‗stlik,  Zafarobod,  Arnasoy  tumanlari  tashkil  etildi.  Sanoat 
korxonalari  barpo  etilgan,  aholi  zichroq  yashaydigan  posyolkalar  bazasida  Paxtakor,  Do‗stlik, 
Gagarin shaharlari vujudga keldi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Sirdaryo viloyatida yangi 
yerlarni  o‗zlashtirsh  ishlari  davom  ettirildi.  1966–1975-yillarda  181  ming  gektar  yangi  yerlar 
o‗zlashtirildi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi. 
50–60-yillarda  Kosonsoy,  Qamashi,  Farg‗ona,  Pachkamar,  Chorvoq,  Quyimozor,  Janubiy 
Surxon,  Chimqo‗rg‗on,  Toshkent,  Ohangaron  suv  omborlari  qurildi.  70-yillarda  Amudaryo  suvi 
hisobiga eng yirik Tuyamo‗yin, Kampirrovot daryosi bo‗yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq 
va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Surxon suv omborlari barpo etildi. 
Katta Namangan, Parkent va boshqa suv omborlari qurildi. 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish