399
22-MAVZU : BUXORO AMIRLIGIDA ISLOHOTLAR UCHUN KURASH
HAMDA QIZIL ARMIYA TOMONIDAN AMIR HOKIMIYATINING
AG‗DARILISHI.BXSRNING TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI.
REJA:
1. Buxoro amirligidagi ahvol va Yosh buxoroliklar faoliyati
2. Qizil armiyaning Buxoroga hujumi hamda amir hokimiyatining ag‗darilishi
3. Buxoro Xalq Sovet Respublikasining tuzilishi
4. BXSRdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy o‗zgarishlar
Tayanch iboralar:
BXSR, Yosh buxoroliklar, manifest
Buxoro amirligidagi vaziyat.Yosh buxoroliklar harakati
.
Ma‘lumki, Buxoro amirligi XIX
asr ikkinchi yarmida yuz bergan Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin o‘z mustaqilligidan
mahrum bo‘lib, Rossiya protektaratiga aylanib qolgan edi.Ular ichki siyosatda nisbatan mustaqil
bo‘lsada, biroq uning xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan tashqi siyosiy va savdo-tijorat aloqalari
Rossiya hukumatining to‘liq nazoratida amalgam oshiriladi.
1917-yilgi fevral burjua demokratik inqilobi va podsholik tuzumining ag‘darilishi,
hokimiyatning boshqa siyosiy kuchlar qo‘liga o‘tishi Buxoro amirligiga ham o‘z ta‘sirini
o‘tkazmasdan qolmadi. Negaki, podsho Rossiyasining yarim mustamlakasi hisoblanib kelgan
Buxoroda bu davrga kelib ichki ijtimoiy- siyosiy va iqtisodiy ziddiyatlar jiddiy tus olib
borayotgandi.Buning boisi amirlikning moliyaviy-iqtisodiy hayoti va savdo-sotiq aloqalari
ko‘pdan buyon Rossiya iqtisodiyotiga bo‘ysundirib kelinganligida edi.Bunda uning siyosiy
jihatdan qaramligini gapirib o‘tmasa ham bo‘ladi.Binobarin, Rossiyadagi har bir o‘zgarish,
iqtisodiy yoxud siyosiy larzalar amirlikning hayot maromiga chuqur daxl etmasdan
qolmasdi.Buning ustiga mamlakat ichki hayotida hokimi mutlaq, cheklanmagan vakolatlar sohibi
bo‘lgan amir va uning ko‘p sonli ayonlari, amaldorlari mehnatkash ommaga hukm o‘tkazib,
zulm- sitamni kuchaytirib kelardi.
XX asr boshlarida ilg‘or, taraqqiyparvar ziyoli yoshlardan tashkil topgan Yosh
buxoroliklar tashkiloti ham ham aynan mana shu maqsadlarda faoliyat yuritardi.O‘z saflarida
Abduvohid Burxonov, Usmon Xo‘jayev , fayzulla Xo‘jayev, A.Fitrat, Sadriddin Ayniy, Mirza
Muhitdin Mansurov, Abdulqodir Muhitdinov va boshqa o‘nlab yurt fidoiylarini birlashtirgan
Buxoro jadidlari 1917-yil inqilobiy voqealaridan foydalanib keng xalq manfaatlari foydasiga
muhim siyosiy o‘zgarishlarni ro‘yobga chiqarishga harakat etdilar.Ayniqsa,
bunda amirga tayziq
o‘tkazib, uni xalqqa ko‘p masalalarda yon berishga, siyosiy tuzumni o‘zgartirishga , xususan ,
konstitutsion monarxiya joriy etishga urg‘u berildi.
7-aprelda amir Said Olimxon keng omma tazyiqi va Yosh buxoroliklarning islohiy
talablari asosida Manifest chiqarishga majbur bo‘ladi.Unda amirlik tuzumining tub negizlarida
daxl qilmagan holda mamlakatda bir qator demokratik o‘zgarishlar o‘tkazish ko‘zda
tutilgandi.Soliqlarni tartibga solish, turli ijtimoiy tabaqalar vakillaridan iborat Majlis tashkil
qilish, maorif, tibbiyot, sud tizimi faoliyatini yaxshilash , ma‘muriy boshqarish ishlarini
takomillashtirish va boshqalar shular jumlasiga kirardi.garchand amir manifesti Yosh
buxoroliklar tomonidan ma‘qullanib kutib olingan bo‘lsada, biroq hukmron, qora kuchlar unga
tish-tirnog‘I bilan qarshi turdilar.Ular namoyishga chiqqan islohot tarafdorlariga hujum qilib,
poytaxtda qonli qirg‘inlar uyushtirdilar. Yosh buxoroliklarni ta‘qib qilish, ulardan o‘ch olish avjga
mindi.Ularning ko‘plab namoyondalari qo‘shni Turkiston ASSRga bosh olib ketishga majbur
bo‘ldi.Shu tariqa, amirlikda konservativ ruhdagi kuchlarning qo‘li baland keldi.Islohiy
harakatlarning birinchi bosqichi muvaffaqiyatsiz yakun topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: