432
22-MAVZU:1918-1939-YILLARDA LOTIN AMERIKASI
MAMLAKATLARI VA YAPONIYA
REJA:
1. Lotin Amerikasining 1920-yillarda mintaqadagi holati
2. 1930-yillarda Lotin Amerikasi. Iqtisodda davlat rolining oshishi.
3. Lotin Amerikasi va AQSH munosabatlari.
4. Yaponiyaning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
5. Yaponiyaning tashqi siyosati.
Tayanch iboralar:
byurokratiya, militarizatsiya, ekspansiya , diktatura, plantatsiya
1. Lotin Amerikasining 1920-yillarda mintaqadagi holati
Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan
davlatlar, shuningdek, Karib dengizidagi orollar Lotin Amerikasi mamlakatlari
deb ataladi. Bu nom yevropaliklar bosqinidan keyin mahalliy aholi lotin tilidan
kelib chiqqan ispan, portugal, fransuz tillarida so‗zlasha boshlaganlari uchun
berilgan.
Bugun xalqaro hujjatlarda bu hudud «Lotin Amerikasi va Karib havzasi
mamlakatlari» deb yuritiladi.
Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi
jarayonini yanada jadallashtirdi. Yevropadan keladigan tovarlar va
kapital oqimi vaqtincha kamaydi. Jahon bozorida mintaqa mamlakatlarida ishlab
chiqarilgan oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlarining narxi, xususan, Kuba
shakarining narxi 11 marta oshdi. Bu kapitalning jamg‗arilishi, mahalliy ishlab
chiqarishning rivojlanishi, iqtisodning nisbatan barqaror sur‘atlar bilan o‗sishi uchun
imkoniyat yaratdi.
Agroeksport, tog‗-kon va yengil sanoat tarmoqlari jadal rivojlandi. Ammo Lotin
Amerikasi mamlakatlari 1920-yillar oxiriga kelib ekstensiv asosda iqtisodni samarali
rivojlantirishning imkoniyatlari tugadi.
1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina
respublika edi. Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan
uzoqda joylashgan ko‗pchilik qismi savodsiz yoki kamsavod bo‗lib, saylovlarda
qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‗la olmasdi.
1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy
burjuaziyaning, shuningdek, aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi. Shu
sababli islohotchi hukumatlar ijtimoiy siyosatga katta ahamiyat qaratdi. Argentinada
Ipolito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin
misol bo‗lishi mumkin. Uning hukumati milliy sanoatning rivojlanishini
rag‗batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi. Qishloqda kuchli fermerlar qatlami
shakllandi, ijarachilarning ahvoli yaxshilandi. Irigoyen 8 soatlik ish kuni to‗g‗risida
qonun qabul qilinishiga erishdi. Ish haqi oshirildi, ishchi va xizmatchilarning katta
qismi uchun pensiya belgilandi, o‗smirlar va ayollar mehnati cheklandi. Irigoyen
Argentinaning milliy suverenitetini qat‘iy himoya qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: