Tashqi siyosati. Buyuk Britaniya AQSHga tayandi, o‗zining NATOdagi ishtirokini
faollashtirdi, AQSHning Hindixitoydagi tajovuzkor siyosatini, Janubiy Afrika va
Janubiy Rodeziyadagi irqchilik rejimlarini qo‗llab-quvvatladi. 1969-yili Shimoliy
Irlandiya muammosi yana keskinlashdi va Buyuk Britaniya u yerga qo‗shin kiritdi.
Britaniya imperiyasining qoldiqlarini saqlab qolishga intilib, 1982-yili Folklend
orollari uchun Argentina bilan urush olib bordi. Bu urushda «imperiyachilik
tafakkur»ini namoyon qilgan Buyuk Britaniya g‗alaba qozondi.
Fransiya. Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. 1945-
yilisanoat va qishloq xo‗jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi urushdan oldingi
459
darajasining yarmiga ham yetmadi. Moliya tizimi izdan chiqqan edi. Aholi asosiy
qismining moddiy ahvoli keskin yomonlashdi.