Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


-MAVZU:1918-1939-YILLARDA ERON VA AFRIKA



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/160
Sana02.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#309183
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160
Bog'liq
mavzular to'plami

24-MAVZU:1918-1939-YILLARDA ERON VA AFRIKA 
MAMLAKATLARI 
REJA: 
1. 1918-1939-yillarda Eron 
2. 1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari 
3. Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari 
Tayanch iboralar:
 
Iyerarxiya, Missionerlik, Konvensiya, Sivilizatsiya, Litsenziya, 
Chodra, Polk  
 
1. 1918-1939-yillarda Eron 
1918-yil  avgustga  kelib  ingliz  qo‘shinlari  butun  Eronni  o‘z  nazoratiga 
oldi.  1919-yil  imzolangan  Angliya-Eron  shartnomasiga  binoan  Eron 
amalda 
Buyuk 
Britaniyaning 
protektoratiga 
aylantirildi. 
Bu 
eronliklarning  g‘azabini  keltirdi.  Butun  mamlakatda  tartibsizlik  va 
qo‘zg‘olonlar  boshlanib  ketdi.  Voqealarga  armiya  aralashib,  1921-yil 
fevralda  kazaklar  polki  sardori  polkovnik  Rizoxon  hukumatni  ag‘darib 
tashladi. 1925-yilning dekabr oyida chaqirilgan Ta’sis majlisi Rizo- xonni 
Pahlaviylar sulolasining shohi deb e’lon qildi. 
M.  Kamoldan  o‘rnak  olib  shoh  Eronda  1928-yildan  yevropacha  libos 
joriy  qildi,  feodal  unvon  va  murojaat  shakllari  bekor  qilindi,  nasab  joriy 
qilindi. 1935-yildan mamlakatning nomi o‘zgartirildi: ilgarigi Fors o‘rniga 
Eron  deb  ataladigan  bo‘ldi.  Xotin-qizlarning  huquqlari  to‘g‘risida  qonun 
qabul  qilindi,  ular  maktablarda,  oliy  o‘quv  yurtlari-  da  o‘qish,  davlat 
tashkilotlarida ishlash huquqiga ega bo‘ldi. 1935-yili chodra o‘rab yurishni 
bekor qilish to‘g‘risida qonun qabul qilindi.
 
Ta’lim  sohasida  katta  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  1927  —  1934-yillardagi 
islohotlar davrida bepul majburiy boshlang‘ich ta’lim hamda pullik o‘rta va 
oliy  ta’lim  to‘g‘risida  qonunlar  qabul  qilindi.  Yangi  mak-  tablar  qurilib, 
o‘quvchilar  soni  bir  necha  barobar  oshdi.  Oliy  o‘quv  yurtlarining  butun 
boshli  tizimi  yaratildi,  jumladan,  Tehron  univer-  siteti  ochildi.  Yuzlab 
eronlik  yoshlar  har  yili  chet  ellarga,  dunyoning  eng  yaxshi 
universitetlariga o‘qishga jo‘natildi.
 
Agrar  siyosatda  Rizo  shoh  keskin  o‘zgarishlar  qilmadi.  Qabila 
boshliqlari va boshqa yer egalaridan yer-mulklari, jumladan, vaqf yerlari 
tortib olinib, mulozimlar va zobitlarga bo‘lib berildi. Ammo dehqonlarning 
ahvoli o‘zgarmadi, ular avvalgiday juda yuqori ijara haqi to‘layverdi. 
Hukumat  sanoat  sektorining  rivojlanishini  ham  rag‘batlantirdi. 
Mamlakatga  mashina  va  uskunalarni  litsenziyasiz  olib  kelishga  ruxsat 
etildi,  boj  solig‘ida  imtiyozlar  berildi.  Mamlakatda  inglizlarning  ta’sirini 
kamaytirish  maqsadida  shoh  Germaniya  bilan  hamkorlikni  kuchaytirdi. 
Eronga ko‘plab nemis mutaxassislari va texnikasi kirib keldi.
 
Tashqi  siyosat.  Shoh  tashqi  siyosati  SSSR  bilan  G‘arb  davlatlari 
o‘rtasidagi ziddiyatlarni hisobga olib, ustalik bilan o‘z manfaatlarini saqlab 
qolishga qaratildi. 
 
1921-yil 29-oktabrda Turkiya Respublika deb e’lon qilindi.
 
1922-yil oktabrga kelib M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod 


442 
 
qildi.
 
Eronda  1927-1934-yillardagi  islohotlar  davrida  bepul  majburiy 
boshlang‘ich  ta’lim  hamda  pullik  o‘rta  va  oliy  ta’lim  to‘g‘risida  qonunlar 
qabul qilindi. 
SSSR  Ikkinchi  jahon  urushiga  qo‘shilgandan  so‘ng  1941-yil  avgustda 
sovet va ingliz qo‘shinlari Eronga kiritildi. Taxtga kelgan Muhammad Rizo 
Pahlaviy  1942-yili  SSSR  va  Buyuk  Britaniya  bilan  shartnoma  imzoladi. 
Butun  mamlakat  hududi  urush  davrida  sovetlar  va  inglizlar  ixtiyoriga 
o‘tdi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish