342
millatchilik tashkiloti‖, ―Ingliz josuslik rezidenturasi‖, ―Yapon josuslik-qo‗poruvchilik
rezidenturasi‖ va boshqalar bor edi. Eng songgi ma‘lumotlar, tarixiy hujjatlarni har
tomonlama o‗rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublika
hududida butunlay bo‗lmaganligini tasdiqlamoqda. Demak, bunday ―aksilinqilobiy
tuzilma‖lar qatag‗onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz jallodlari va jazo organlari
tomonidan atayin to‗qib chiqarilgan. Buning orqasida ming-minglab begunoh, aybsiz
insonlar shafqatsiz
jazolangan, aziz umrlari xazon bo‗lgan.
Faqat 1937–1939-yillarda O`zbekistonda hammasi bo‗lib 43 mingdan ziyod kishi
qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan, 37 ming nafari esa turli
muddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan. Mustabid tuzum jallodlarining bu
bedodliklarini hech narsa bilan oqlab bo‗lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu
qorong‗u zulmati xalqimiz dilida mangu o‗chmas armon bo‗lib qoldi. U faqat milliy
istiqlol tufayligina to‗la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari chinakam
ro‗shnolik ko‗rmoqdalar.
Sovet rejimining qatag‗onlaridan milliy ziyolilar eng ko‗p aziyat chekdi, mislsiz
qurbonlar berdi. Negaki, bu rejim mutasaddilari o‗zlari johil kimsalar bo‗lganligidan
ilmu ma‘rifat, ziyo ahlini qadrlash, e‘zozlash emas, balki ularni xo‗rlash, tahqirlash,
kerak bo‗lsa yo‗q qilishni o‗zlariga kasb qilib olgandilar. Shuning uchun Markazning
o‗tkir shamshiri va po‗lat qalqoni hisoblangan Davlat siyosiy boshqarmasi (GPU),
Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) kabi jazo organlari va ularning jallodlari uchun
ilg‗or, taraqqiyparvar ziyolilarni hibsga olish, ularning faoliyati uchun yo‗q ayblarni
to‗qib chiqarish, uydirmalarni ―yasash‖ hech gap emas edi. Eng achinarlisi shuki, o‗z
elini jondan sevgan, uni kuylagan, boy tarixi, betakror madaniyatiga murojaat qilib
undan asar bitgan, buyuk ajdodlar nomini tilga olgan vatanparvar ijodkorlar, ilm-fan
ahli birinchilar qatorida qatliomga duchor bo‗ldi.
1929-yilda Munavvar Qori Abdurashidxonov rahnamoligida millat ravnaqi va
istiqloli yo‗lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan ―Milliy Ittihod‖ va ―Milliy
Istiqlol‖ tashkilotlarining 87 nafar a‘zosi qamoqqa olindi va ular ustidan sud
uyushtirildi. Ularning 15 nafari 1931-yilda Moskvada otib tashlandi, qolganlari ham
uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
O`zbek adabiyotining ustunlari bo‗lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan
Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho‗lpon, Usmon Nosir, Elbek
(Mashriq Yunusov), Mahmud Botu, G`ozi Yunus kabi ajoyib iste‘dodlar quruq
bo‗htonu tuhmatlar asosida ―xalq dushmanlari‖ sifatida jismonan yo‗q qilinib, yorqin
faoliyati so‗ndirildi. Axir ularning har biri o‗z millatining faxri, iftixori darajasiga
ko‗tarilgan, beqiyos ijodi, yaratgan boy merosi e‘tirof topgan, har qancha havas qilsa
arziydigan insonlar edilarku!
Mustabid tuzum farmondorlari ayniqsa o‗zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini
yoritish, uning o‗zligini tanitishga ilk qaldirg‗ochlar sifatida fidoyilik qilgan istiqlol
darg‗alari bo‗lgan jadidchilik namoyondalarini yo‗q qilishni o‗z oldilariga maqsad
qilib qo‗ygan edilar. Qatag‗onlik qurbonlari orasida juda ko‗plab ilm-ma‘rifat,
madaniyat namoyondalari bo‗lgan. Ajablanarli jihati shundaki, Buxoro va Turkiston
respublikalari hukumatining tashabbusi va sa`y-harakati bilan 20-yillarda xorijga
o‗qishga yuborilib, yaxshi mutaxassislar, fan arboblari bo‗lib yetishgan kishilar atayin
qatliom qurbonlari bo‗ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada ta‘lim olgan bo‗lsalar
ularga o‗sha mamlakatning josuslari degan ayb qo‗yildi. Germaniya va Turkiyada
o‗qib, u yerda olgan bilimlarini o‗z respublikasining xalq xo‗jaligi, iqtisodiyotini
yuksaltirish uchun baxshida qilishga bel bog‗lagan Sattor Jabbor, Solih Muhammad,
Maryam Sultonova singari o‗nlab bilimdon yosh mutaxassis kadrlarga ―chet el josusi‖
―xalq dushmani‖ qabilidagi tavqi la‘nat bosilib, qatag‗on qilingan.
Inson taqdiri bilan bu qadar o‗ynashish, uni chuqur surishtirmay eng og‗ir jazoga
mahkum etish – bu totalitar tuzum qonunbuzarligi va qonxo‗rligining tipik
344
Shunday qilib, mustabid sovet rejimining qatag‗onlari respublikamiz hayotining
barcha sohalari uchun qonli fojealar, beadad yo‗qotishlar, mahrumliklar bilan to‗lib-
toshgan davr bo‗ldi. U millionlab odamlarning taqdir-qismatida asoratli iz qoldirdi va
mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o‗z bukilmas
irodasini, matonatini namoyon etib, yorug‗ kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi,
qatliomning har qanday shiddatiga dosh berib, o‗z asriy qadriyatlari, udumlari, rasm-
rusumlari, imon-e‘tiqodiga sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil
harakatlanishda davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: