340
10-MAVZU: SOVET HOKIMIYATINING O‗ZBEKISTONDAGI
QATAG‗ONLIK SIYOSATI: UNING MOHIYATI VA OQIBATLARI
REJA:
1. O‗zbekistonda dastlabki qatag‗onlarning boshlanishi
2. Huquq va maorif tizimida qatag‗onlikning avj oldirilishi.
3. 1936 – 1938-yillardagi katta terror hamda O‗zbekistonda davlat arboblari,
ziyolilar, ulamolar va harbiylarning qatag‗on qilinishi
4. ―Shahidlar xotirasi‖ yogorlik majmuasi hamda ―Qatag‗on qurbonlari xotirasi‖
muzeyi
XX-asrning 20-yillari ikkinchi yarmiga kelib sovetlar mamlakatining hokimiyat
boshqaruv-idora tizimida ham keskin o‗zgarish hollari yuz berdi. Stalin asta-sekinlik
bilan o‗zining yakka hokimligini butun choralar bilan qaror toptirish harakatida bo‗ldi.
20-yillar oxirlarida Stalin tomonidan yangi nazariy qarash sifatida ilgari surilgan
―Sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy dushman qarshiligi ham shunchalik
kuchayib boradi‖ degan g‗oya g‗ayriqonuniy xatti-harakatlarning avj olishiga olib
keldi. Stalin va uning atrofidagilar mamlakat va partiya hayotiga oid har bir masalada
o‗z irodasi, hukmini boshqalarga majbur etib, har qanday muxolifatchi qarashlarni,
ularning tashuvchilarini mahv etib bordilar. Shu tariqa, mamlakatda Lenin tomonidan
asos solingan totalitar boshqaruv tizimini Stalin yanada kuchaytirdi. Bu tizimning
mohiyati shundaki, unda davlat boshqaruvi markazlashgan va buyruqbozlik
xarakteriga ega bo‗ladi. Siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, ma‘rifiy sohalar ustidan
to‗liq davlat nazorati o‗rnatiladi. Turli xil tarzda fikr, tafakkur yuritish, muxolifatchilik
harakatlarida bo‗lish qat‘iyan man etiladi, siyosiy erkinliklar taqiqlanadi. Ayni chog‗da
demokratiya buziladi, ilg‗or, taraqqiyparvar kuchlar qatag‗onlikka mahkum etiladi.
Hukmron partiyaning yagona irodasi, o‗zboshimchaligi, chegara bilmas zo‗ravonligi
avjiga chiqadi.
Mamlakatda totalitar tuzumning qaror topishi milliy sovet respublikalari hayotiga
ham daxl qilib, ularning butun inon-ixtiyorini Ittifoq davlati tasarrufiga bog‗lab qo‗ydi.
Bu O`zbekiston timsolida ham ko‗zga yaqqol tashlandi. Avvalo, respublika hokimiyati
boshqaruvining hamma bo‗g‗inlari to‗liq ravishda SSSR organlariga bo‗ysundirildi.
Shuningdek, bu yerdagi yagona rahbar tashkilot – O`zbekiston Kompartiyasi ham
VKP(b)ning tarkibiy qismi sifatida viloyat bo‗limi maqomiga tushirildi. Binobarin,
hukmron partiya qabul qiladigan har qanday qaroru farmoyishlar, rahbariy
ko‗rsatmalar respublika partiya tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy va shart
edi.
Stalincha ma‘muriy-buyruqbozlik tizimi ko‗zga ko‗rinarli va ko‗zga ko‗rinmas
ming xil qizil iplar bilan O`zbekistonni o‗z domiga kiritib, uning amaldagi rasmiy
mustaqilligini ham yo‗qqa chiqargan edi. Uning mahalliy rahbariyati respublikaning
iqtisodiy, xo‗jalik, madaniy-ma‘naviy hayotiga oid biror bir masala, muammoni
mustaqil tarzda hal etishga haqli, huquqli emas edi.
Mustabid tuzum Markazdan O`zbekistonga o‗zining ko‗p sonli sadoqatli
xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarda ishlashga uzluksiz yuborib turdi. Ular
yordamida o‗lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o‗zgarishlardan doimiy
xabardor bo‗lib, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatib, nazorat qilib bordi.
O`z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko‗zlab,
o‗zida kuch-iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur‘at qilgan millat kishilari birinchi
navbatda hukmron Markazning qahru zahriga duchor bo‗ldi. Qatag‗onlik zulmkorlari,
ularning gumashtalari bir imo-ishora bilan bunday yurt fidoyilarini oradan olib
tashlash, faoliyatini og‗machilik, buzg‗unchilikda ayblash, sha‘niga xalq dushmani,
millatchi, aksilinqilobchi, burjua malaylari singari asossiz bo‗htonlar bilan la‘nat
tamg‗asini tirkashga doimo tayyor turardilar. Buning yorqin ifodasini sovet
341
mafkurachilari tomonidan to‗qib chiqarilgan va o‗zbek milliy kadrlari sha‘nini
bulg‗ashga qaratilgan ―o‗n sakkizlar guruhi‖, ―inog‗omovchilik‖, ―qosimovchilik‖
degan siyosiy ishlar misolida ko‗rishimiz mumkin. Ularning yagona ―gunohi‖ o‗z
millati dardi, tashvishi va manfaatini ko‗zlab, ayrim muhim muammolarni
ko‗targanligi va ularni hal etishga yuqorining e‘tiborini jalb etganligidir.
Xo‗sh, ―o‗n sakkizlar guruhi‖ tarkibi kimlardan iborat bo‗lgan? Ular sovet
mutasaddilari oldida qanday gunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan
tashkil topgan bu guruh (I.Xidiraliyev, N.Saidjonov, U.Ashurov, R.Rahimboboyev,
R.Rafiqov va boshqalar)ga tirkalgan asossiz aybga, uyushtirilgan tuhmatu bo‗g‗tonga
ko‗ra, go‗yo uning a`zolari ko‗p masalalarda noto‗g‗ri yo‗l tutganlar. Aslida esa ular
hukmron Markazning ulug‗ davlatchilik va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga
nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo‗liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik
tamoyillarini himoya qilib chiqqandilar. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan
mazkur guruh a‘zolari keskin qoralandilar va ular o‗z lavozimlaridan olinib, turli
Do'stlaringiz bilan baham: |