Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/160
Sana02.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#309183
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160
Bog'liq
mavzular to'plami

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


478 
 
35-MAVZU:XX ASRNING IKKINCHI YARMIDA FAN VA 
MADANIYATNING RIVOJLANISHI 
REJA: 
1. Ilmiy-texnik inqilob va uning natijalari. 
2. Aniq fanlardagi kashfi yotlar. 
3. San’at. Adabiyot. 
Ilmiy-texnik  inqilob  va  uning  natijalari.  So‗nggi  yuz  yil  davomida  fanning 
rivojlanishi  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  ilmiy-texnik  inqilobga  olib  keldi.  Bu 
inqilobning asosiy belgilari tabiiy va sintetik materiallardan tovarlarni ommaviy ishlab 
chiqarish,  mashinalardan  keng  foydalanish,  ishlab  chiqarishning  konveyerli 
liniyalarini,  zavod-  avtomatlarni  va  sanoat  robotlarini  yaratish  bo‗ldi.  Ilmiy-texnik 
inqilob jahon iqtisodiyotini kapitalizmning postindustrial davriga olib chiqdi. 
Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlanib ketgan «sovuq urush» hamda AQSH va 
SSSR  o‗rtasidagi  qurollanish  poygasi  kosmos  sohasiga  ham  ko‗chdi.  1957-yili  4-
oktabr  kuni  Sovet  Ittifoqida  dunyoda  birinchi  Yerning  sun‘iy  yo‗ldoshi  uchirildi. 
Akademik  S.P.  Korolyov  boshchiligidagi  guruh  tomonidan  Oyga  kosmik  kema 
uchirish  bora-  sida  tadqiqotlar  olib  borildi.  Ular  natijasida  1961-yil  12-aprel  kuni 
dunyoda  birinchi  marta  Yuriy  Gagarin  «Vostok»  kosmik  kemasida  koinotga  parvoz 
qildi. Kosmonavtika davri boshlanib, u koinot haqidagi bilimlarimizni kengaytirdi. 
Aniq  fanlardagi kashfiyotlar. Bu  yillari aniq  fanlar  erishgan  eng katta  yutuqlardan 
biri  lazerning  kashf  etilishi  bo‗ldi.  Bu  kashfiyot  XX  asr  fizika  fanidagi  eng  yorqin 
kashfiyotlardan  biri  sifatida  tan  olingan.  1960-yili  sovet  fiziklari  N.G.  Basov,  A.M. 
Proxorov va amerikalik olim Ch. Tauns lazer (bu so‗z inglizcha Light Amplification 
bu  Stimulated  Emission  of  Radiation  —  majburiy  nurlanish  natijasida  yorug‗likning 
kuchaytirilishi  iborasining  bosh  harflaridan  olingan)  —  nurning  mutlaqo  yangi  turini 
yaratdilar. Bu uchala olimlarga fizika sohasida Nobel mukofoti berildi. 
Yangi  texnika  va  texnologiyalardan  foydalanish  bilan  bog‗liq  yana  bir  yangilik 
kompyuterning  ixtiro  qilinishi  bo‗ldi.  Kompyuter  (inglizcha  computer  — 
«hisoblagich»)  dastlab  axborotni  qayta  ishlash  va  hisoblash  uchun  yaratilib,  elektron 
hisoblash  mashinasi  —  EHM  deb  yuritilar  va  juda  katta  hajmga  ega  edi.  1959-yili 
amerikalik  injenerlar  D.  Kilbi  va  R.  Noys  tomonidan  yarimo‗tkazgichli  integral 
mikrosxemalarning  yaratilishi  kompyuter  va  boshqa  asboblar  hajmining  keskin 
qisqarishiga, 
faoliyat 
sohasini  keskin 
kengaytirishga  olib  keldi. 
Integral 
mikrosxemalarning yaratilishini olimlar XX asrning so‗nggi 50 yili ichida qilingan eng 
mashhur ixtiro deb atadilar. 
Hozir  deyarli  barchamiz  foydalanadigan  uyali  telefonlar  ham  XX  asr  ixtirosi. 
Shvetsiyaning  Televerket  kompaniyasi  1940-yillar  oxiridayoq  uyali  telefonlarni 
yaratish ustida ish boshlagan edi. Shvedlar tomonidan taklif qilingan birinchi ommaviy 
uyali  telefon  aloqasi  MTS  —  Mobil  telefon  sistem  (mobil  telefon  tizimi)  deb  ataldi. 
1970  —  1980-yillari  Ericsson,  Philips  va  boshqa  ko‗plab  mashhur  kompaniyalar 
tomonidan  uyali  telefon  apparatlarining  yangi  turlari  yaratildi.  Shu  yillari  zamonaviy 
ko‗rinishga yaqin apparatlar paydo bo‗ldi. Massachuset texnologiya instituti xodimlari 
uzoq  maso-  fadan  turib  kompyuter  orqali  aloqa  o‗rnatish  mumkinligini  asosla-  di  va 
internetning 
yaratilishini 
yaqinlashtirdi. 
1969-yili 
Internetning  o‗tmishdoshi 
ARPANET yaratildi. 1972-yili E-mail (elektron pochta) paydo bo‗ldi. 
San‘at.  XX  asrning  ikkinchi  yarmida  san‘atda  abstraksionizm  (abstraksiya-
mavhum)  yo‗nalishi  keng  ommalashdi.  Abstraksionizm  fotografiya  san‘atining 


479 
 
rivojlanishiga  o‗ziga  xos  javob  tarzida  paydo  bo‗ldi.  Abstraksionizm  vakillari  endi 
tasvirda harakatni, hissiyotni ifodalashga intildilar, zotan, ularning fikricha, ay nan shu 
jihatlarni fotografiyada aks ettirishning iloji yo‗q edi. 
Abstraksionizmga  qarama-qarshi  ravishda  pop-art  (ommaviy  san‘at)  paydo  bo‗ldi 
va  tezda  Yevropaga  tarqaldi.  Pop-art  ixlosmandlarining  fikricha,  dunyodagi  har 
qanday  buyum  o‗zining  dastlabki  iste‘molchilik  ahamiyatini  yo‗qotib,  badiiy,  estetik 
sifat kasb etishi mumkin. 
San‘atning  bu  yo‗nalishlarida  olam  qiyofasidagi  mantiq  va  aniqlikning  yo‗qligi 
san‘atdagi  modernizm  bosqichi  o‗z  imkoniyatlarini  tugatganidan  dalolat  edi.  Endi 
G‗arb va Sharq san‘ati, o‗tmish va zamonaviy uslublar, folklor va ommaviy madaniyat 
elementlarini o‗zida jamlagan postmodernizm uslubi paydo bo‗ldi. 
Adabiyot.  Urushdan  keyin  bir  qator  yozuvchilarning  romanlari  urushni  badiiy 
usullar  bilan  anglashga  bag‗ishlandi.  Bu  davrda  ko‗pchilik  asarlar  antifashistik, 
patsifistik ruhda yozilgan bo‗lsa, 
1960-yillardan  keyin  realizm  jamiyatdagi  yangi  dolzarb  muammolarni  aks  ettirish 
quroliga  aylanadi.  Ularda  inson  va  tabiat  o‗rtasidagi  uzviy  bog‗liqlik,  tabiatdagi 
halokatlar  inson  va  jamiyatning  ham  tubanlashuviga  olib  kelishi  haqida  o‗ta  ta‘sirli 
badiiy obrazlar orqali yorqin ifoda qilinadi. 
Bayon qilishning realistik shakli XX asrning yangi adabiy yo‗nalishi  — ommaviy 
adabiyotda  o‗ziga  yo‗l  topdi.  Bu  adabiyot  ommaviy  o‗quvchiga  mo‗ljallanib,  aniq 
andazalar  asosida  yozilgan,  badiiy  jihatdan  unchalik  yuksak  bo‗lmagan,  mafkuraviy 
jihatdan mavjud tartiblarni qo‗llab-quvvatlashga yo‗naltirilgan asarlar. Bu—bozorning 
barcha qonunlarga rioya qiladigan, xaridorlarning turli qatlamiga mo‗ljallangan adabiy 
tovar.  Bu  o‗zining  ochiq  tijoriy  xarakteri,  ko‗ngilochar  funksiyasi  va  voqealar 
rivojining  oldindan  ma‘lumligi  bilan  XX  asr  birinchi  yarmidagi  adabiyotdan  salbiy 
jihatlari bilan farq qiladi. Bu asarlarning badiiy qiymati to‗g‗risida jiddiy fikr yuritib 
bo‗lmaydi, ularni o‗qish aqlni va qalbdan berilishni talab qilmaydi, ular hozirgi tezkor 
zamonda vaqt o‗tkazishning bir turi bo‗lib qolgan, xolos. 
Savol va topshiriqlar 
1. Kapitalizmning 
postindustrial 
davrida 
ilmiy-texnik 
taraqqiyot 
qanday 
bosqichlarni o‗z ichiga oladi? 
2. «Sovuq urush» davridagi musobaqa ommaviy qirg‗in qurollarining qanday yangi 
turlari  yaratilishiga  va  koinotni  zabt  etish  uchun  qanday  tadqiqotlar  olib  borilishiga 
sabab bo‗ldi? 
3. Zamonaviy  EHMlar,  kompyuterlar  va  uyali  aloqa  tarmog‗ining  yaratilishida 
integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi qanday rol o‗ynadi? 
4. Internet tarmog‗ining paydo bo‗lishiga qanday nazariya asos bo‗ldi? 
5. Abstraksionizm nima va unga qanday ta‘rif berish mumkin? 
 
 
 
 
 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish