Kapitulatsiya
– urushayotgan tomonlardan birining urush harakatlarini, qurolli
qarshilik ko‗rsatishni davom ettirishdan voz kechishi.
Koalitsiya
– umumiy maqsadga erishish uchun ayrim shaxslar, siyosiy partiyalar,
davlatlar o‗rtasida tuziladigan ittifoq.
Xartiya
– majburiy kuchga ega bo‗lmagan xalqaro aktning umumiy qoidalari va
maqsadlarini ifodalaydigan hujjat.
Deklaratsiya
– qandaydir muhim ma‘lumotlar bayon qilingan ayrim rasmiy
hujjatlarning nomlanishi.
Diviziya
– yirik harbiy qism.
Evakuatsiya
– urush harakatlari bo‗layotgan hududdan odamlar, muassasalar,
korxonalar va boshqalarning urush bo‗lmayotgan xavfsiz hududlarga ko‗chirilishi.
Gestapo
– d avl a t ma xfi y politsiyasi; fashistlar Germaniyasida o‗zgacha
fikrlovchilarga qarshi kurashish uchun tuzilgan kuch ishlatuvchi tashkilot.
Tribunal
– favqulodda, ko‗pchilik hollarda harbiy sud.
Anshlyus
– qo‗shib olish, ittifoq. Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo‗shib
olinishiga nisbatan qo‗llaniladi.
449
Do'stlaringiz bilan baham: |