Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
“AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”
ICHT ustasi: ____________ R.Jo`rayev 7-MAVZU: O`t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari Reja: Uchqunli o`t oldirish svechalari Kontakt-tranzistorli o`t oldirish tizimi Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish elektr shakli Uchqunli o‘t oldirish svechasi ishchi aralashm ani dvigatelning yonish kam erasida yoqish uchun xizmat qiladi. Svecha - o‘t oldirish tizimining muhim elementi bo'lib hisoblanadi. Chunki, dvigatel va o't oldirish tizimining ishonchli ishlashi ko'p jihatdan svecha konstruksiyasining takomillashganiga va uni dvigatel uchun to'g'ri tanlanganligiga bog'liq bo'ladi. 7.1-rasm. “ Issiq” (a), “ sovuq” (b) o 't oldirish svechalari, izolatorning turli joylaridagi harorat va issiqlik balansi (d): 1-izolator; 2 -kontakt kallak; 3-tok o'tkazuvchi germetiklash shishasi; 4-koefsient; 5,6-zichlovchi qistirmalar; 7-markaziy elektrod; Uchqunli svecha (7.1-chizma, a) izolator (1), korpus (4), markaziy (7) va yon (8) elektrodlardan iborat. Svechani markaziy elektrod bo'yicha germetiklash uchun tok o‘tkazuvchi shisha (3) qo`llanilgan. Svecha korpusi va izolator oralig`ining germetikligi svecha tayyorlanayotgan paytda qistirma (5) qo‘yib va korpusning yuqori qismini izolatorning aylana chiqig‘iga issiqlayin siqib amalga oshirilgan. Svecha va blok kallagidagi teshik oralig‘i qistirma (6) vositasida zichlanadi. Qistirmasi (6) bo‘lmagan svechalar ham ishlab chiqariladi. Ularni zichlash svecha korpusining tayanch yuzasini konussimon qilib tayyorlanganligi hisobiga amalga oshiriladi. Svecha dvigatel ishlaganda yuqori yuklanishlar, ya’ni issiqlik, elektr, mexanik va kimyoviy yuklanishlar ta’sirida bo'ladi. Ishlash jarayonida svechaning yonish kamerasidagi qismiga moy tushib turadi va u yonib, svechadagi uchqun o‘tadigan tirqishni tutashtirib qo‘yuvchi qurum hosil qiladi. Bu esa, svechalarga yuboriladigan ikkilamchi kuchlanish o‘sayotgan davrda tokni qurum orqali ketib qolishiga olib keladi. Agar izolatorning tashqi yuzasi kirlangan yoki namlangan bo‘lsa, u orqali ham tok ketib qolishi mumkin. Izolator 400-500oC gacha qizdirilsa, uning issiqlik konusidagi qurumlar yo‘qolib ketadi. Bu harorat svechani o'z-o'zidan tozalanish harorati deb ataladi. Agar izolatordagi issiqlik konusining harorati 850- 900°C dan ortib ketsa, kalilli o ‘t oldirish (konus cho‘g‘lanib aralashmani o‘z-o‘zidan yonib ketishi) sodir bo'lishi mumkin. Izolator issiqlik konusining 400-900°C harorati svechaning ishga yaroqliligi issiqlik chegarasi deb ataladi. Issiqlik chegarasi barcha svechalar uchun deyarli bir xil, ammo turli dvigatellarda svechalar turlicha issiqlik sharoitlarida ishlaydi. Shuning uchun svechalar har xil issiqlik tavsifnomalari (kalil soni) bilan tayyorlanadi. 04 oldirish svechasining kalil soni deb, svechani motor-o‘lchagich qurilmasida sinalayotgan vaqtda dvigatel silindrlarida kalilli o‘t oldirishning boshlanishiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha indikator bosimiga proporsional qilib olingan kattalikka aytiladi. Kalil soni quyidagi qiymatlarga ega bo‘lishi mumkin (G O S T 2043-74): 8, 11, 14, 17, 20, 23, 26. Svechaning issiqlik balansi 7.1-chizmaning shaklida ko‘rsatilgan. Svechadagi issiqlik, svecha konstruksiyasining turli elementlari (korpus, zichlovchi qistirma, izolator, markaziy elektrod) va yonish kamerasiga kirib kelgan ishchi aralashma bilan olib ketiladi. Svechadan ishchi aralashma orqali olib ketiladigan issiqlik ulushi 20 foizni tashkil qiladi. Rezbasining uzunligi 19 mm bo`lgan svechalarda issiqlikni rezba va qistirma orqali olib ketish 80 foizgacha ortadi. Download 3,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |