7.3-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish elektr shakli:
a-asosiy; b -tranzistorli kommutator - TK 102 qo'yilgan.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining qat’iy shakli (7.3- rasm, a) da ko‘rsatilgan. Uzgich kontaktlari (1) W tranzistor bazasining zanjiriga ulangan. 0 4 oldirish g‘altagining (2) birlamchi cho‘lg‘ami esa VT tranzistoremitterining zanjiriga ulangan. W tranzistorning mavjudligi uzgich kontaktlari ishini yengillashtiradi, chunki bunday vaziyatda ulardan faqat tranzistorni boshqarish toki (baza toki I () o‘tadi , xolos. 04 oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidagi I tok esa tranzistorning emitter-kollektor o`tishi orqali ochadi. 04 oldirish g ‘altagidagi birlamchi cho‘lg‘am zanjiriga akkumlyalator batareyasi (6), o`t oldirish uzgichi (5) va dvigatelni yurg`azish paytidagina kontaktlar (4) ulanishi hisobiga ishlamay turadigan qo‘shimcha R d rezistor ulangan.
Uzgich (5) ulanganda va uzgich kontaktlari (1) tutashganda W tranzistor bazasi emitterga nisbatan manfiy potensial ostida boladi, shuning uchun W tranzistor ochiladi va birlamchi zanjirda I, tok paydo bo'ladi. Ushbu holatda tranzistor qarshiligi (emitter-kollektor o‘tishi) eng past (minimal) bo‘ladi (0,15 Om).
Uzgich kontaktlari (1) ajralganda tranzistor bazasidagi I6 tok uziladi, baza va emitter potensiallari farqi nolga teng bo‘lib qoladi, tranzistor yopiladi (emitter-kollektor o‘tishining qarshiligi keskin ortib ketadi), o‘t oldirish g'altagining birlamchi cho‘lg`amidagi tok yo‘qoladi. Buning natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda yuqori kuchlanish induksiyalanadi.
TK 102 tranzistorli kommutator qo‘yilgan kontakt tranzistorli o‘t oldirish tizimining elektr shakli (7.3-rasm, b) da keltirilgan. Chizma quyidagilardan iborat: tranzistorli kommutator (TK 102), o‘t oldirish g‘altagi (2) (Б 1 14), uzgich (1), taqsimlagich (3), Ral (0,5 Om ) va R 4, (0,5 Om) rezistorlardan tuzilgan qarshiliklar bloki (СЭ 107), startyor uzgichi bilan blokirovka qilingan qo‘shimcha qarshilikning uzib-ulovchi kontaktlari (4).
Tranzistorli kommutator germaniyli W tranzistor, VD2 stabilitron, VD1 diod, ikki cho‘lg‘amli T transformator, Cl (Im kF) va C2 (50 m kF) kondensatorlar va R1 (27 Om) rezistorlarni o‘z ichiga oladi. Tizim o‘n ikki voltli akkumlyator batareyasidan (6) yoki generatordan ta ’minlanadi. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi W1 cho‘lg‘ami tranzistor emitterining zanjiriga, uzgich kontaktlari esa baza zanjiriga ulangan. Tizim quyidagi tartibda ishlaydi: o‘t oldirish uzgichi (5) ulangan. Uzgich kontaktlari (1) tutashgandan so‘ng tranzistor ochiladi, chunki, baza potensiali emitter potensialidan kichik bo‘lib qoladi va o‘t oldirish g‘altagining (2) birlamchi cho‘lg‘ami bo‘ylab strelkalar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishda I, tok o'tadi.
Uzgich kontaktlari ajralayotgan paytda tranzistor yopiladi. Birlamchi zanjirdagi tok keskin kamayadi va o‘t oldirish g‘altagining (2) ikkilamchi W 2 cho‘lg‘amida yuqori kuchlanish hosil bo‘lib, uning impulslari taqsimlagich (3) vositasida o‘t oldirish svechalariga taqsimlanadi.
T transformator W tranzistorni faollik bilan yopilishini ta'minlaydi. Shu transformatorning birlamchi W3 cho‘lg‘ami uzgich kontaktlari bilan ketma-ket ulangan. Uzgich kontaktlari ajralganda transformatorning ikkilamchi W4 cho‘lg‘amida tranzistorning faollik bilan yopilishini 155 ta’minlovchi (yopilish chog‘ida baza potensiali emitter potensialidan katta bo‘lib qoladi) EYK induksiyalanadi. Modernizatsiya qilingan TK 102A kommutatorida T transformator o‘rniga xuddi shu transformator vazifasini bajaruvchi drossel ishlatilgan.
R1 rezistor yopilish impulsini hosil qiladi va shu bilan tranzistorni yopilish tezligi ortadi. Tranzistorning yopilish vaqti R1 (27 Om) rezistor bo`lganda qariyb 30 mks. ni, bo`lmaganda 60 mks.ni tashkil qiladi. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimida uzgich kontaktlariga parallel qilib kondensator o‘rnatilmaydi, chunki chizmada R1 rezistor va T transformator kodlanilishi birlamchi tokni kerakli tezlik bilan pasayishini ta’minlaydi.
Tranzistor, ikkilamchi zanjirdan yuklanishlar uzib qo’yilganda (masalan, o‘t oldirish tarmog`ni “uchqunga” tekshirish paytida) o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida yuzaga keluvchi ortiqcha kuchlanishdan, kremniyli VD2 stabilitron yordamida himoya qilingan. Stablitron stabillashtiradigan kuchlanish shunday tanlanganki, bu kuchlanish ta’minlash kuchlanishi bilan qo‘shilganda ham tranzistorning emitter-kollektor hududi uchun ruhsat etilgan chegaraviy kuchlanishidan ortib ketmaydi. VD1 diod stablitronga to‘qnash ulangan va stablitrondan to‘g‘ri yo`nalishda o`tayotgan tokni cheklab turadi (aks holda birlamchi chulg‘am, to‘g‘ri yo‘nalishda ulangan stablitron tufayli yetarli tokni ololmas edi).
Dvigatelni yurg`azish paytida tranzistorni tok bo‘yicha ortiqcha yuklanishdan saqlash uchun birlamchi tokni keraklicha cheklash R rezistor orqali amalga oshiriladi (qo‘shimcha R p rezistorning kontaktlari tutashib turadi). C2 elektr kondensator, tranzistorni tasodifiy ortiqcha yuklanishlardan himoya qiladi. Bunday kuchlanishlar chizmaning ta’minlash tizimida quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin : akkumlyator batareyasisiz ishlaganda kuchlanish rostlagich yaxshi rostlanmaganda, generator cho‘lg‘amlarida qisqa tutashuv bo`lganda , generator va rele rostlagichning “massa” bilan kontakti yomonlashganda va hokazo. Cl kondensator tranzistorni qayta ulanishi davrida undagi quvvat yo‘qolishini kamaytiradi va shu bilan uning qizishini pasaytiradi. W tranzistor haroratini pasaytirish uchun (ruhsat etilgan harorat 65°C) tranzistorli kommutator dvigatel kapotining ostiga emas, balki haydovchi kabinasiga o`rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |