8.3-rasm. Datchik-taqsimlagich 40.3706:
1-mufta; 2-korpus; 3-markazdan qochma rostlagich; 4 -rotor; 5-datchik; 6-yugurdak; 7-qopqoq; 8-turli xalaqitlarni yo‘qotuvchi rezistor; 9-ajratgich; 10-vakuum rostlagich.
Datchik-taqsimlagich 40.3706 (8.3-rasm) odatiy konstruksiyadagi markazdan qochma (3) va vakuumli (10) o‘t oldirishni ilgarilatish rostlagichlari hamda elektronli kommutator ishini boshqaruvchi kuchlanish impulsi datchigidan (5) iborat. Impuls datchigining ishlashi Xoll effektiga ( ta’sir kuchiga) asoslangan. Agar datchikning yarim o`tkazgichli material plastinkasidan tayyorlangan sezgir element orqali tok o‘tsa va bir paytning o‘zida shu plastinka magnit maydoni ta’sirida bo‘lsa, u holda plastinkaning tok va magnit oqimiga perpendikular bo‘lgan tomonlarida Xoll EYK hosil bo‘ladi. Magnit maydoni muttasil magnit (1) bilan hosil qilinadi, maydonni uzib turish esa taqsimlagich valigiga mahkamlangan, ariqchasimon teshigi bo'lgan rotor (2) vositasida amalga oshiriladi (8.4-rasm).
8.4-rasm. Xoll elementi bo'lgan 8.5-rasm. Xoll datchigi (a) va o 't oldirish
kontaktsiz mikroulagich shakli. g'altagining im pulslari (b):
T -impuls davri; T-mantiqiy O impulsning davomiyligi;
tn-o't oldirish g'atlagiga energiya to'planish vaqti;
U-mantiqiy O darajasi (0,4V dan katta emas);
U1-mantiqiy 1 darajasi (ta’minlash kuchlanishidan taxminan 3V kichik);
l1-tokning maksimal miqdori (8 -9 A).
Rotorning ariqchasimon teshiklari muttasil magnit atrofidan o‘tganda uning magnit maydoni kuch chiziqlari Xollning sezgir elementi (3) yuzalaridan teshib o‘tadi va elementning chiqishida EYK hosil bo‘ladi. Operatsion kuchay-tirgich (4) Xoll elementining signallarini kuchaytiradi. Kuchaytirilgan signal esa bo‘sag‘a elementi (5) (Shmitt triggeri) orqali chiqish tranzistori (6) bazasiga boradi va uni ochadi. Rotor tishi magnit qutbiga to‘g‘ri kelganda, uning magnit maydoni ekranlashadi, Xoll EYK yo‘qoladi va chiqish tranzistori (6) yopiladi. Natijada chiqish tranzistorining kollektoridan o‘tayotgan to‘g‘ri burchak shaklidagi signal uzib qo‘yiladi. Bu signal
kommutatorda o‘t oldirish g‘altagi zanjiridagi tokni uzib-ulash uchun ishlatiladi (8.5-rasm).
Datchikning chiqish signaliga ta’minlash kuchlanishlaridagi tebranishlar va elektron chizmadagi haroratlar ta’sirini bartaraf etish uchun datchikda stabillash bloki (7) (8.4-rasm) mavjud. Datchik ishiga har xil xalaqitlar ta’sirini yo'qotish maqsadida chizmaning barcha elementlari datchikning bitta mikrochizmasiga mujassamlashtirilgan.
8.6-rasm. Xoll datchigi ishlatilgan va o ‘t oldirish g ‘algatida energiya to 'p lan ish vaqti m e’yorlashtirilgan yuqori quvvatli kontaktsiz o 't oldirish tizim ining funksional shakli:
I -to'planish vaqti bloki; II-ta’minlash kuchlanishini cheklovchi blok; III -chiqish kaskadi; IV-tok cheklovchi blok; V-uchqunsiz uzib qo'yish bloki.
O‘t oldirish tizimining funksional chizmasi 8.6-rasmda ko‘rsatilgan. SR taqsimlagich valigi aylanganda BR datchikning chiqishida to'g'ri burchak shaklidagi signal paydo bo'lib, uning orqa fronti uchqun hosil bo'lish paytiga mos keladi. Datchik signali, 1 to'planish vaqti blokidagi DA1.1 integratorning kirishlariga, ya’ni invers kirishga R1 razryad rezistori orqali va to‘g‘ri kirishga inverstor (1) va R2 zaryad rezistori orqali yuboriladi. DA1.1 integratorning chiqishida kuchlanishi taqsimlagich valigining burilish burchagiga proporsional bo‘lgan arrasimon signal hosil bo‘ladi. Bu signal DA1.2 komparatorning kirishiga joylashadi va tayanch Uopl kuchlanish bilan solishtirib ko'riladi. Agar DA1.1 integratorning chiqishidagi kuchlanish tayanch Uonl kuchlanishdan katta bo'lsa, u holda DA1.2 komparatorning chiqishida kuchlanish hosil bo'ladi (mantiqiy 1). Agarda integratorning chiqishidagi kuchlanish tayanch kuchlanishdan kichik bo‘lsa, u holda komparatorning chiqishida kuchlanish bo'lmaydi (mantiqiy O). DA1.2 komparatordan to'g‘ri burchakli impulslar ko‘rinishidagi signal, III chiqish kaskadidagi &(И-НЕ) mos tushish chizmasining kirishlaridan biriga yuboriladi. Mos tushish chizmasining boshqa kirishlariga, I to‘planish vaqti blokidagi investordan (1) hamda IV tok cheklagich va V uchqunsiz uzib qo‘yish bloklaridan ham signallar kirib keladi. Mos tushish chizmasining chiqishida W chiqish tranzistorini boshqaruvchi signal hosil bo‘ladi. I blokdagi DA1.2 komparator chiqishidan mantiqiy О signal kirib kelish bilan III chiqish kaskadidagi И-НЕ mos tushish chizmasi W chiqish tranzistorini ochadi va o't oldirish g'altagining birlamchi Wl 164 cho‘lg‘ami orqali I, tok o‘tadi: GV batareyaning “+” qutbi - Suzgich-o‘t oldirish g‘altagining birlamchi Wl cho‘lg‘ami - VD4 diod - W chiqish tranzistorining kollektor-emitter o‘tishi - R4 rezistor - “massa” - batareyaning qutbi. Agar DA1.2 komparator chiqishidan mantiqiy (1) signal kirib kelsa, u holda W tranzistor yopiladi va o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi W2 chulg‘amida yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi. O`t oldirish g‘altagining birlamchi Wl chulg‘amidan I, tokning o‘tish vaqtini me’yorlash, datchikning boshqarish signaliga nisbatan W chiqish tranzistorining ulanishini kechiktirish bilan amalga oshiriladi. Kechiktirish kattaligi Cl kondensatordagi maksimal kuchlanish bilan tayanch Uon1 kuchlanish orasidagi farqga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatel tirsakli valining aylan ishlar chastotasi qanchalik yuqori bo‘lsa, Cl kondensatordagi kuchlanish shunchalik kichik bo‘ladi, binobarin, shu damda energiyaning to‘planish vaqti kamayadi. Cl kondensator sig‘imining miqdori DA1.1 integrator chiqishidagi arrasimon kuchlanishning zaryadlash va zaryadsizlash shaxobchalarining chiziqiy tavsifini ta’minlaydi.
Energiya to‘planishini me’yorlash chizmasida, ta’minlash kuchlanishining o‘zgarishiga qarab to'planish vaqtini rostlash ko'zda tutilgan. Rostlash, tayanch Uonl kuchlanish darajasini ta’minlash kuchlanishiga teskari proporsional ravishda o'zgartirib amalga oshiriladi. Birlamchi zanjirdagi tok kuchini cheklash kommutatorning IV bloki yordamida bajariladi. W chiqish tranzistori ochiq bo'lganda o't oldirish g'altagining birlamchi I, toki IV blokdagi R4 indikator rezistori orqali o'tadi. R4 rezistordagi I, R4 kuchlanishning pasayishi DA1.3 komparatorning kirishiga uzatiladi va u yerda tok kuchini cheklash darajasiga (8-9A) mos kelgan tayanch Uon2 kuchlanishi bilan solishtiriladi. Agar I, R4 kuchlanishning pasayishi tayanch Uop2 kuchlanishdan kichik bo'lsa, u holda, DA1.3 komparator chiqishida mantiqiy О signal, bordi-yu I, R4 Uon2 bo'lsa, komparator chiqishida mantiqiy 1 signal bo'ladi. И-НЕ mos tushish chizmasining kirishiga DA1.3 komparatorning chiqishidan mantiqiy 1 signal kirib kelganda mos tushish chizmasi W chiqish tranzistorini to'yingan holatdan qisman yopiq holatga o'tkazadi, natijada uning emitter-kollektor o'tishidagi qarshiligi ortadi va I, tok kuchi cheklash darajasida o'rnatiladi.
Uchqunsiz uzib qo'yuvchi V blok W chiqish tranzistorini bir tekisda yopish uchun mo'ljallangan. Bu esa, o't oldirish uzgichi ulanib, dvigatel ishlamay turganda, o't oldirish svechalarining elektrodlari oralig'ida uchqun hosil bo'lishini bartaraf etadi. Bunday vaziyatda datchikdan signal borish-bormasligini datchik rotoridagi ariqchasimon teshiklar holati belgilaydi. Datchikdan signal bormaganda И-НЕ mos tushish chizmasining kirishiga I blok inverstorining (1) chiqishidan mantiqiy (1) signal yuboriladi va MT tranzistor yopiladi. Datchikdan signal borganda DA1.1 integratorning chiqishidagi kuchlanish nolgacha kam ayadi, И-НЕ mos tushish chizmasining kirishiga DA1.2 komparator mantiqiy О signal yuboradi va W tranzistor ochiladi. Shu bilan bir paytda V blokdagi DA1.4 integratorning kirishiga I blokdagi inverstorning (1) chiqishidan mantiqiy О signal kirib keladi. DA1.4 integratorning chiqishidagi kuchlanish chiziqli o‘sadi. Kuchlanish belgilangan qiymatga yetganda И-НЕ mos tushish chizmasi W chiqish tranzistorining baza tokini asta-sekin kamaytirishni boshlaydi. Bu esa, kollektor-emitter o‘tish qarshiligining ortishiga va birlamchi zanjirdagi tok kuchining sekin-asta pasayishiga olib keladi. Ushbu damda ikkilamchi zanjirdagi kuchlanish svechaning uchqun oralig‘ini yorib o‘tish uchun yetarli bo‘lmaydi.
Ta'minlashni cheklovchi II blok kommutator chizmasidagi elementlarni ta’minlash manbai qutblarini tasodifiy o‘zgarib qolishidan himoya qiladi (VD2 diod) va avtomobil tizimlaridagi ortiqcha kuchlanish impulslari amplitudasini cheklaydi (VD1 stabilitron va R3 rezistor).
III chiqish kaskadidagi W tranzistorning ishonchli ishlashi qo‘shimcha himoya vositasida ta’minlanadi. VD4 diod chiqish tranzistorini ta ’minlash manbai qutblarini almashinib qolishidan himoya qilsa, VD3 stabilitron uni o‘t oldirish g‘altagining birlam chi chulg‘amida hosil bo‘luvchi ortiqcha kuchlanishlar impulsidan himoya qiladi.
Elektronli kommutator 36.3734, to‘rtta DA1.1-DA1.4 kuchaytirgichi bo‘lgan К1401УД1 mikrochizma qo‘llanilib, diskret elementlardan tayyorlangan. Chiqish tranzistori sifatida maxsus ishlab chiqilgan KT848A tranzistor qo`llanilgan. 3620.3734 kommutatorida, 36.3734 kommutatorining diskret elementlarining ko‘p qismini integrallaydigan va xuddi shu vazifani bajaradigan “Tomson” firmasining ixtisoslashtirilgan L497B integral mikrochizmasi ishlatilgan. 3620.3734 kommutatorining chiqish kaskadi “Томсон” firmasining tarkibiy BU312 tranzistorini qo`llash bilan tayyorlangan. Unda ortiqcha kuchlanish impulslaridan himoya qiluvchi ichki chizma bo`lib, kommutatorning ishonchliligini oshirishga yordam bergan.
O`t oldirish g‘altagi 27.3705 konstruksiyasi bo‘yicha kontaktli o‘t oldirish tizimidagi g‘altakka o‘xshash. Konstruksiyaning o’ziga xos tomoni shundaki, uning birlamchi chulg‘amidagi qarshilik nisbatan past (0,4-0,5 Om). Bu esa, ta’minlash kuchlanishi 6V gacha pasayganda ham talab etiladigan chiqish tavsifnomasini olish imkonini beradi. Konstruksiyadagi elektronli kommutator ishdan chiqqanda o‘t oldirish g‘altagini portlashdan himoya qilish ko‘zda tutilgan.
А17ДВ-10 o‘t oldirish svechasi А17ДВР svechasidan izolator shakli, yon elektrod qalinligining oshirilganligi va korpusidagi korroziyaga qarshi qoplamasi bilan farq qiladi. Bu o‘zgarishlarning barchasi svechaning ishonchliligini oshiradi va ishlash muddatini uzaytiradi. А17ДВР svechalarining ichida har xil shovqinlarni bartaraf etuvchi qarshiligi 5,6 kOm ±10 foiz bo‘lgan rezistor bo'lib, dvigatelda bunday svechalar bilan birgalikda, har xil shovqinlarni bartaraf etuvchi uchlari bo'lmagan yuqori kuchlanish simlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |