Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi



Download 3,99 Mb.
bet65/66
Sana20.03.2022
Hajmi3,99 Mb.
#502361
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
“AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”

Ad_ = d _ — d (teshik);
Adb dx — dcb (val),
bunda: dx va dch — detallarning o'lchangan haqiqiy va chekli o`lchamlari.
Ad ning qiymati yeyilish qiymatini hisobga olgan holda ishqalanish juftligining navbatdagi ta’mirlashgacha me’yorida ishlashini ta’minlashi lozim.
Avtomobildan foydalanish jarayonida detallarning fizik-mexanik xossalari o'zgaradi. Xossalarning o'zgarishi qattiqlik qiymatiga ko‘ra nazorat qilinadi, u qattiqlik o`lchagich bilan o`lchanadi. Detalning qattiqligi chizmada yoki texnik shartlarda ko‘rsatilgan qiymatdan past bo`lmasligi lozim. Ressora va prujinalarning qattiqligi maxsus moslamalarda muayyan nagruzka bilan tekshirib ko‘riladi. Detallardagi barcha nuqsonlar tekshirib chiqilgandan so‘ng, ularning yaroqli-yaroqsizligi haqida uzil-kesil xulosaga kelinadi.
Nuqson deganda detal metalidagi nojoiz kamchilik tushuniladi.
Magnit usulining mohiyati shundaki, tekshirilayotgan detal magnitlanganda nuqsonli joylarda magnit o‘tkazuvchanligi turlicha bo'lgan sohalar paydo bo`ladi, ular magnit oqimining miqdori va yo`nalishini o‘zgartiradi. Magnit kuch chiziqlari detaldan o‘tganda magnit o`tkazuvchanligi kichik bo'lgan nuqsonli sohani to‘siq sifatida aylanib o`tadi.
Nuqsonli joyini aniqlash uchun oldin detal magnitlanadi, keyin ustidan suspenziya quyiladi yoki quruq magnit kukuni bilan bir tekis qoplanadi. Suspenziya - bir xil miqdorda qo‘shilgan kerosin va transformator moyi aralashmasi, unda magnit kukuni (temir oksidi) zarralari muallaq yuradi.
Magnit maydoni ta’sirida magnit kukuni nuqsonli soha chetiga tortiladi va uning chegaralarini aniq ko'rsatadi. Tekshirishdan keyin detallami albatta magnitsizlantirish kerak, buning uchun detal o'zgaruvchan tokda asta-sekin solenoiddan chiqariladi, o'zgarmas tokda esa tokni sekin-asta kamaytira borib, qutblilik o'zgartiriladi.
Nuqsonni magnit yordamida aniqlash usuli ish unumdorligi yuqori bo'lishini ta’minlaydi va 6 mm gacha chuqurlikdagi, eni 0,001 mm gacha bo‘lgan darzlarni topishga imkon beradi. Bu usul ferromagnit materiallar (po`lat, cho‘yan)dan yasalgan detallami tekshirish uchun qo`llaniladi.
Rangli metallar va qotishmalar, plastmassa va boshqa materiallardan qilingan detallami tekshirish uchun kapillar usul qo‘llaniladi. Kapillar usulda tekshiriladigan sirtga tovlanuvchan maxsus suyuq indikator modda qatlami surtiladi.
Sirtqi nuqsonlar kapillar chuqurchalardan iborat bo`lib, haligi surtilgan suyuq moddani «so‘rish» xususiyatiga ega, natijada chuqurchalar indikator modda bilan to`lib qoladi. Ortiqcha indikator modda sirtdan artib tashlanadi. So`ngra maxsus ochirgichlar (proyavitellar) yordamida indikator suyuqlik chiqarib tashlanadi va sirtda nuqsonning qiyofasi ko‘rinadi.
Kapillar usullardan biri «kerosin dog‘i» usulidir. Bu usulda detal sirtiga kerosin surtiladi va shu holatda 15-20 min qoldiriladi. So‘ngra sirt latta bilan artib quritiladi, sirtga ochirgich-bo‘rning suvdagi eritmasi surtiladi. Bo‘r qurib, kerosinni shimib oladi va sirtda kerosin dog‘i qoladi. Bu usul juda oddiy bo‘lib, kerosin dog‘i nuqsonning shakli va o`lchamlari haqida to`liq ma’lumot bermaydi.
Shuning uchun sirtqi nuqsonlami aniqlashda bo‘yoq usuli keng qo‘llaniladi. Indikator suyuqlik sifatida ushbu eritmalar: 50 % benzol, 50 % skipidar (sudan IV yoki III bo‘yog`i bilan); 40 % kerosin, 40 % benzol, 20 % skipidar (sudan IV bo‘yog`i bilan) tavsiya qilinadi.
Sudan bo‘yog`i indikator suyuqlikka 1 % gacha miqdorda qo'shiladi.
Indikator suyuqlik tekshirilayotgan sirtga yumshoq cho`tka bilan surkaladi va 3-5 min tutib turiladi. So`ngra sirt suvsiz soda eritmasida ho`llangan latta bilan artiladi. Keyin sirtga pulverizator bilan ochirgich modda purkaladi. Ochirgichning tarkibi: 300 g bo‘r (tish yuvish kukuni), 0,5 I suv, 0,5 / etil spirti.
Detal sirtidagi bo‘r quriganidan 3-5 min keyin nuqson izlari birinchi marta kuzatiladi. Darzlar qizil yo`llar, kovaklar, dog`lar ko'rinishida paydo bo`ladi. Ikkinchi kuzatuv 20-30 min dan keyin o'tkaziladi. Bu vaqtda suyuqlik oqib ketadi, qizil yo‘llar kengayadi. Agar nuqsonning eni 0,01 mm bo‘lsa, rangli izning eni 1 mm ga teng bo'ladi.
Nuqsonlarni aniqlashning luminessent usuli kapillar usulning bir turi hisoblanadi, bu usul ultrabinafsharang nurlar bilan nurlantirilganda ba’zi moddalaming yog‘lanishi xossasiga asoslangan.
Bu usulda tozalangan va moysizlantirilgan detallar 10-15 min fluoressirlovchi suyuqlikli vannaga solib qo‘yiladi. Bu suyuqlikning tarkibi: 50 % kerosin, 25 % benzin va 25 % transformator moyi (fluoressirlovchi bo‘yoq qo'shilgan). Suyuqlik nuqsonlarga kirib, ularni to‘ldiradi. Ortiqcha suyuqlik sovuq suv bilan yuvib yuboriladi. Detal siqiq havo bilan quritilib, ustiga selikagel kukuni sepiladi. Shu detal ultrabinafsharang nur bilan yoritilganda fluoressirlovchi suyuqlikni shimib olgan selikagel kukuni sarg‘ish-yashil nur berib ko‘rinadi. Darzlar keng yo‘llar, kovaklar, dog‘lar tarzida ko‘rinadi.
Luminessentli nuqson aniqlagichlar (defektoskoplar) eni 0,01 mm li darzlarni ham aniqlashga imkon beradi.

Download 3,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish