Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
“AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”
ICHT ustasi: ____________ R.Jo`rayev 9-MAVZU: Avtomobillarga texnik xizmat ko`rsatish va joriy ta`mirlash ishlarini tashkil etish Reja: Rejali-oldini olib ta’mirlash tizimining mohiyati va mazmunini, afzalliklari Joriy ta’mirlash, uning mohiyati va mazmuni To'liq ta’mirlash Avtomobilning belgilangan ish parametrlari chegarasida ishonchli ishlashi va mo‘ljaldagi vazifalami bajarishi uchun uning agregatlari va uzellarini qat’iy nazorat qilib turish hamda rejada belgilangan ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish lozim. Sanoat va transportda rejali ta’mirlashning quyidagi uch tizimi farq qilinadi: rejali-ko‘zdan kechirishdan keyin ta’mirlash; rejali-majburiy (standart) ta’mirlash; rejali-oldini olib ta’mirlash. Rejali-ko‘zdan kechirishdan keyin ta’mirlash oldindan rejalash- tirib, agregat va uzeflami vaqt-vaqti bilan ko‘zdan kechirishdan iborat, bunda agregat va uzellaming texnik holati aniqlanadi, zamr ta’mirlash hajmi belgilanadi va ta’mirlash ishlari bajariladi. Bu eng samarali tizim, lekin bunda jihozlar uzoq vaqt ta’mirlashda turib qoladi. Mazkur tizim yilning muayyan vaqtlarida (mavsumiy) ishlaydigan qishloq xo‘jaligi mashinalari uchun qulay. Rejali-majburiy (standart) ta’mirlash mashinani reja bo‘yicha ta’mirlashni ko‘zda tutadi; bunda jismoniy holati qandayligidan qat’i nazar, alohida uzellar yangisiga yoki ta’mirlanganiga almash- tiriladi, Bunday ta’mirlash juda ishonclili, lekin juda qimmatga tushadi. Ushbu tizim samolyotlami hamda ishonchli ligi odamlaming hayoti bilan bog'Iiq bo'lgan boshqa uskunalarni ta’mirlashda qo'llaniladi. Avtotransportni ta’mirlash korxonalarida rejali-oldini olib ta’mirlash tizimi qo'l keladi. Bu tizim yuqorida aytib o'tilgan tizim- laming afzalliklarini o'zida mujassam qiladi. Bunda melmat va moddiy sarf-xarajatlar kam bo'lgani holda mashinalar qisqa muddatda ta’miriashdan juda ishonchli chiqadi. Rejali-oldini olib ta ’mirlash tizimi deb, nosozliklarning oldini olish va mashinalami doimo ishga shay holatda tutib turish maqsadida avtomobillarga qarab turish, ularni nazorat qilish va ta’mirlashga doir tadbirlami vaqt bo'yicha qat’iy reja asosida bajarishga aytiladi. Ayni tizim faqat avtomobillar uchun emas, balki yordamchi uskuna hamda binolar, inshootlar, boshqa kommunikatsiya quril- malari, korxonalaming boshqa transport vositalari uchun ham qo'llaniladi. Bu tizimga doir tadbirlar oldini olish (profilaktika) xususiyatiga ega bo'lib, mashinalardan foydalanishning tasdiqlangan me’yorlari va texnik shartlari asosida, oldindan tuzilgan reja bo'yicha amalga oshiriladi. Tizim quyidagilami ko'zda tutadi: -mashinaning butun xizmat muddatida bajarilishi lozim bo'lgan oldini olish tadbirlarining mazmuni va vazifasi; -ta’mirlash ishlarining mazmuni, vazifasi va davriyligi (takror- lanishi); -bajariladigan ta’mirlash ishlari uchun me’yoriy hujjatlar. Rejali-oldini olib ta’mirlash tizimining mazmuni, vazifasi va davriyligiga qarab, ta’mirlashning ikki xili: joriy va to'liq (mukammal) ta’mirlash tavsiya qilinadi. Joriy ta’mirlash — avtomobilning keyingi reja ta’mirlashga qadar belgilangan ish parametrlari chegarasida me’yorida ishlashi uchun detal va uzellarini almashtirish yoki ta’mirlashga doir rejali ishlar majmuyini bajarishdir. Joriy ta’mirlashning davriyligi va mud- datlari tasdiqlangan jadvalda belgilab qo'yiladi; unga muvofiq avtomobillar ta’mirlashga to'xtatiladi. Joriy ta’mirlash paytida faqat avtomobilning ayrim uzellari qismlarga ajratiladi, sinchiklab ko'zdan kechirib, holati aniqlanadi va mayda ta’mirlash ishlari ni bajarib, ularning ishga yaroqliligi tik- lanadi. Bundan tashqari, yeyilishning turi va jadalUgi baholanadi, bu esa to'liq ta’mirlash muddatlari va hajmini aniqlashda juda muhim. Joriy ta’mirlashlar orasidagi muddatda avtomobilga maxsus biriktirilgan shaxslar (haydovchi. ta’mirlovchi chilangar) xizmat ko'rsatadi, ular maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan bo'lishlari, foydalanish va xizmat ko‘rsatishga doir barcha shartlarga rioya qilishlari lozim. Ta’mirlashlararo texnik xizmat ko'rsatish quyidagilarni o‘z ichiga oladi: -pasport ma’lumotlariga muvofiq foydalanish rejimlariga rioya qilish; -texnik xizmat ko'rsatishning turli xillari (KTXK, 1-TXK, 2-TXK, MTXK va h.k). dan foydalanish hisobiga avtomobilni ishga shay holatda tutib turish; -mayda ta’mirlash ishlarini bajarish (nozichliklarni zichlash, salniklarni qattiqlash, bolt va gaykalarni burab qotirish va h.k.). Kundalik texnik xizmat ko‘rsatish (KTXK) avtomobilni ishga tayyorlashda, smena mobaynida undan foydalanishda amalga oshiriladi. U harakat xavfsizligini ta’minlashga, avtomobilni ozoda saqlashga, unga yonilg`i, moy va sovituvchi suyuqlikni quyib turishga qaratiladi. Birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatish (1-TXK, 2-TXK) avtomobil ma’lum yo‘lni bosib o‘tganidan so`ng bajariladi. U avtomobilning turi, rusumi va ishlash sharoitiga qarab belgilanadi. Mavsumiy texnik xizmat ko‘rsatish (MTXK) transport vositasini kuzgi-qishki va bahorgi-yozgi foydalanish mavsumiga tayyorlash uchun o‘tkaziladi. U 1-TXK va 2- TXK bilan birga bir yilda ikki marta amalga oshiriladi. Texnik xizmat ko‘rsatish va texnik ta’mirlash avtotransport korxonalarining ta’mirlash xizmati va texnik xizmat ko‘rsatish bo`limlari tomonidan bajariladi. To‘liq ta’mirlash hajm jihatidan eng katta rejali ta’mirlash bo‘lib, unda avtomobil qismlarga ajratiladi va uning holati mufassal aniqlanadi. Mashinaning ishga yaroqliligini tiklash va uning keyingi to'liq ta’mirlashgacha (yoki hisobdan chiqarishgacha) yurishini (yangi avtomobillar uchun belgilangan yurish me’yorining kamida 80 % ini tashkil etadi) ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Avtomobillar haqiqiy texnik holati ma’lumotlariga ko‘ra va belgilangan ta’mirlashlararo yo‘lni bosib o‘tganlaridan so‘ng to‘liq ta’mirlashga jo‘natiladi. Agar yuk avtomobillarining ramasi va kabinasi (yengil avtomobillar va avtobuslarning kuzovi), shuningdek, kamida uchta asosiy agregati to‘liq ta’mirlashni talab qilsa, ular to'liq ta’mirlashga jo'natiladi. Agar agregatlaming ba’zi detallari ta’mirlashni talab qilsa, shuningdek, joriy ta’mirlab, ularning ishga yaroqliligini tiklab bo'lmasa, ular ham to‘liq ta’mirlashga topslishiriladi. Avtomobillarning turli rusumlari uchun to‘liq ta’mirlashgacha bosib o‘tadigan yo‘l me’yori texnik shartlarda belgilab qo'yilgan. Masalan, ГАЗ-24, ЗИЛ-130, КамaЗ- 5320 avtomobillari uchun ta’mirlashgacha bosib o'tiladigan eng kam yo‘l 300000 km ni tashkil qiladi. Bu avtomobillarning ba’zi agregatlari — dvigatel, uzatmalari almashtirish qutisi, old va orqa ko‘priklar, ml boshqarmalari uchun ham shu qiymat belgilanadi. Boshqa sharoitlar uchun to‘liq ta’mirlashgacha bosib o'tiladigan yo‘l me’yori ushbu koeffitsientlar yordamida o'zgartiriladi: ikkinchi toifa uchun — 0,8, uchinchi toifa uchun — 0,6 (birinchi toifaga nisbatan). To‘liq ta’mirlash asosan ixtisoslashtirilgan ta’mirlash korxonalarida bajariladi.] Ta’mirlash korxonalarida avtomobillarni ta’mirlashning ikki usuli — egasizlantirmaydigan va agregat usullari qo'llaniladi. Egasizlantirmaydigan usulda avtomobil va uning agregatlari qismlarga ajratiladi, olingan detallar tiklanadi va yana o‘sha avtomobil yoki agregatga o'rnatiladi (ya’ni egasizlantirilmaydi). Bu usulning kamchiligi shuki, uzel va detallari ta’mirlashdan chiqquncha avtomobil bekor turib qoladi. Mazkur usulning afzal tomoni ham bor: ta’mirlashni talab qilmaydigan detallar tutashmalarini saqlab qolish mumkin, natijada ta’mirlash sifati agregat usulidagidan yuqoriroq chiqadi. Agregat usulida eskirgan detallar, uzellar yangisi yoki oldindan ta’mirlangani bilan almashtiriladi. Ayni usul avtomobilning ta’mirlashda turish vaqtini qisqartiradi, lekin bu usulni muvaffaqiyatli qo`llash uchun o‘zaro almashuvchanlik tamoyiliga aniq rioya qilish lozim bo'ladi. Ta’mirlash korxonalari uchun ta’mirlashning agregat usuli asosiy hisoblanadi. Ushbu usul ehtiyot qismlaming almashtirish fondini yaratishga va ishlab chiqarishni ayrim ish turlarida ixtisoslashtirishga (masalan, uzatmalar qutisini ta’mirlash bo`linmasi va h.k.) imkon beradi. Download 3,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |