54
Men hayotimning eng qimmatli ohirgi kunini qanday
o'tkazaman.? Avvalambor, umrim solingan idishni yaxshilab
berkitaman, bir tomchi umrim ham bekorga tuproqqa singib
ketmasin. Men hayotimning bir daqiqasini ham kechagi
omadsizliklar va hafagarchiliklarni eslashga sarflamayman.
Qimmatbaho buyumni behuda narsaga sarflashni nima keragi
bor? Soatdagi qum yuqoriga oqadimi? Quyosh teskari chiqib yoki
bota oladimi? Men kechagi kunga qaytib, qilgan xatolarimni
tuzata olamanmi? Men kechagidan ko'ra, bugun yoshroq bo'la
olamanmi? Men birovga bergan zarbamni, aytgan achchiq
so'zimni, yetkazgan ozorimni qaytarib ola olamanmi? Yo'q,
kechagi kunning voqealari kecha ko'mildi va men bu haqida
boshqa hech qachon o'ylamayman.
Do'stlaringiz bilan baham: