Mutolaa madaniyati va ritorika


QADIMGI YUNONISTON NOTIQLIK SAN’ATI



Download 0,51 Mb.
bet9/96
Sana20.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#393560
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96
Bog'liq
1. Маъруза - 1

QADIMGI YUNONISTON NOTIQLIK SAN’ATI

REJA:

Yunon notiqligi. Qadimgi Gretsiyada notiqlar faoliyati. Xalq yig‘inlarining notiqlik san’atini shakllantirishdagi o‘rni. Ijtimoiy-siyosiy masalalarda omma e’tiborini tortishning muhimligi. Fikr va g‘oyalarni to‘g‘ri va ta’sirchan ifodalashning ahamiyati. Huquq tizimida ntiqlikning o‘rni. Yunon ritorlarining og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashdagi faoliyatlari. Falsafa maktablarining notiqlik san’atiga munosabatlari.


Tanch iboralar: Attika madaniyati haqida ma’lumot. Yunon notiqligining attika davri (Attika-qadimgi Yunonistonning janubiy-sharqida joylashgan viloyat nomi). Afina demokratiyasi. Xalq majlisi va Besh yuzlar kengashi. Ishontirish san’ati. Sud notiqligining yuzaga kelishi.
Notiqlik san’ati tarixi bilan tanishish va uni o‘rganish tinglovchilarning o‘tmishdagi taniqli notiqlar tajribasidan samarali foydalanishlariga yo‘l ochishi bilan birga, o‘zlarining ham notiqlik mahoratini oshirishlariga yordam beradi.

O‘tmishdagi mashhur notiqlarning tajribasini o‘rganayotganda quyidagilarga e’tibor berish lozim:



  • notiqlik san’ati ijtimoiy hayotning turli sohalarida namoyon bo‘ladi. Notiqlikning ijtimoiy-siyosiy, sudga oid, akade-mik yoki ilmiy, diplomatik, harbiy, marosim va urf-odatlarga oid turlari mavjud;

  • notiqlik ijtimoiy-tarixiy hodisadir. Har bir davr o‘z notig‘ini minbarga chiqaradi, har bir notiq davr bilan bog‘liq holda yetishib chiqadi;

- notiqlik san’atida umumiy qonuniyatlar ham namoyon bo‘ladi. Notiq auditoriya bilan mustahkam aloqada bo‘lganda, uning nutqi xalqning o‘ylari va ishlarini ifoda etgandagina muvaffaqiyatga erisha oladi. Notiqning nutqi sub’ektiv fazilatlari bilan-
gina emas, balki nutq so‘zlayotgan obyektiv shart-sharoitlari bilan ham belgilanadi. Madaniy saviya, masalani chuqur bilish va nutq so‘zlash malakalari notiqning muvaffaqiyatlarini belgilaydi.

Umuman, notiqlik san’ati tarixini, yirik notiqlar ish uslubini, tajribasini o‘rganish notiqlarga taqlid qilish emas, balki har bir o‘rganuvchi, boshlovchi notiq uchun o‘z nutqiy uslubi, o‘z notiqlik san’atiga yo‘l ochadi.

Qadim zamonlardan buyon jamoat oldida so‘zga chiqib, odamlarga o‘z fikrini tushuntirish, ularning ongiga ta’sir etib, o‘z ortidan ergashtirish, biror voqea yoki hodisa haqida gapirganda ishontirish va isbotlashga intilish, insonlar orasidan so‘zamol notiqlarning chiqishiga zarurat tug‘dirgan hamda notiqlik san’atining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Buning uchun esa, avvalo, ma’lum ijtimoiy sharoit va muhit zohir bo‘lishi lozim edi. So‘z erkinligi ana shunday sharoitlardan hisoblanadi. Yunonistonda demokratiyaning qaror topishi natijasida xalq yiginlarida, senat kengashlarida, davlat ishlarida mamlakatning har bir ozod kishisi erkin nutk so‘zlash huquqiga ega bo‘lgan.

Qadimgi Gretsiya notiqlik san’atining vatani hisoblanadi. Epos, lirika, drama, musiqa, me’morchilik singari notiqlik ham badiiy ijod turi hisoblangan, hattoki «san’atlar malikasi» deb ham yuritilgan. «San’atlar malikasi» insonlar hissiyoti va aqliga, shundan kelib chiqqan holda davlat ishlariga ham kuchli ta’sir qilgan.

Greklar notiqlikni san’at deyish bilan birga unga anik mazmun ham berishgan. Miloddan avvalgi V asrda Yunonistonda notiqlik san’ati shakllangan, shuningdek, uning turlari va an’analari vujudga kelgan. Bir narsa so‘zsiz e’tirof etilgan: notiqlikning vazifasi - tushuntirish (nimanidir), undash (tafakkur yuritishga, harakat qilishga) va tinglovchilarda qoniqish hosil qilish.



Tinglovchilarda o‘ziga xos va dadil fikrlar orqali yaxshi his-tuyg‘ularni (ya’ni, yaxshilik va adolat, fuqarolik burchi va vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan fikrlarni) shakllantirish notiqning muhim vazifasidir.

Miloddan avvalgi V asrda notiqlik va uning nazariyasi rivojlanish cho‘qqisiga erishgan. Shu bois bu davrda taniqli notiqlar etishib chiqqan. Notiqlik san’atining rivojlanishiga Solonning mashhur qonunlari turtki bo‘lgan. Masalan, har bir afinalik fuqaro o‘z qiziqishlarini sud jarayonida himoya qila olishi zarurligi aytilgan. Ammo, tabiiyki, ko‘pchilik o‘zining qiziqishlarini sud jarayonida himoya qila olmagan. Shu sababli logograflar, ya’ni sud jarayonidagi nutqni tuzuvchilar paydo bo‘lgan. Bu, albatta, notiqlik san’ati nima uchun dastlab Afinada paydo bo‘ldi degan savolga qisman javobdir. Bu davrda podsho Solon tomonidan Afinada quldorlar demokratik tuzumi o‘rnatilgan. Mansabdor shaxslarni saylash jarayonida bahs olib borish, davlat ishlarini muhokama qilish imkoniyati ommaviy chiqish madaniyatini rivojlantirgan.

Miloddan avvalgi V asr oxirlarida Peloponnes urushi tufayli vujudga kelgan inqiroz natijasida mamlakatdagi hukmron sinflar o‘rtasida kurash kuchayib ketdi. Bunda asosiy bahs mavzui mamlakatning taqdiri edi. Bu davrdagi falsafiy fikrlar rivoji ham notiqlik san’ati taraqqiyotiga turtki berdi. Bunday sharoitda notiqlik ijtimoiy hayotning asosiy omiliga aylandi. Shuning uchun Gretsiyadagi, keyinchalik Rimdagi notiqlarning ko‘pchiligi siyosiy arboblar, Gretsiya jamoa majlisining a’zolari, Rim senatining a’zolari yoki harbiy qo‘mondonlar bo‘lgan.



Sitsiliya oroli ritorikaning asl vatani hisoblanadi. U joylarda V asr o‘rtalariga kelib demokratiyaning yo‘lga qo‘yilishi notiqlik taraqqiyoti uchun omil bo‘ldi. Qadimgi yunonlar sitsiliyalik Korak hamda Tisiyni ritorikaning asoschilari deb tan olganlar. Afsuski, ularning faoliyati haqida bizgacha deyarli hech qanday manba etib kelmagan. Shu bilan birga, ilmiy muloqotda yunon mutafakkiri Gorgiy notiqlik san’ati paydo bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan olim deb tan olinadi.

A. Alimuhamedovning ma’lumotiga ko‘ra: «Gorgiy 427 yilda o‘z shahri Leotina uchun harbiy yordam so‘rab maxsus elchi sifatida Afinaga keladi va xalq orasida so‘zlagan nutqi bilan Afina yoshlarida juda kuchli taassurot qoldiradi» (Antik adabiyot tarixi. –T., 1969.). Shundan keyin ko‘p o‘tmay Gorgiy butunlay Afinaga ko‘chib keladi va shu yerda ritorika maktabini ochadi. Notiqlik san’ati rivojiga cherkov ham ta’sir qilgan, ayniqsa xristian ruhoniylarining da’vatlari natijasida buyuk cherkov notiqlari, masalan, Ioan Zlatoust (407 yil vafot etgan), Foma Akvinskiy (1225-1274) va boshqalar yuzaga kelgan. Shu o‘rinda aytish joizki, cherkov ritorikasi evropa va boshqa qit’alarda butun o‘rta asrlar davomida to‘la hukmronlik qilgan.

Jamiyatda insonparvarlik, erkinlik, adolat, tenglik, demokra-tiya g‘oyalarining keng targ‘ib qilinishi natijasida parlamentarizm tizimi (feodal jamiyati o‘rniga burjua jamiyati) vujudga keldi. Bu jarayon notiqlik san’atining rivojlanishiga ta’sir qildi. Jumladan, bu davrda Jan Pol Marat (1743-1783), Robesper (1758-1794) kabi notiqlar yetishib chiqdilar. Keyinchalik esa Sigizmund Brokgeym, Djon Rassel, Robe–t Blyum, Avgust Bebel (1840-1913), Vilgelm Libknext (18261800), Vilgelm Volf (1809-1864), Ioan Georg Ekkarius (1818-1889) va boshqalar paydo bo‘ldi.

Umuman, notiqlik haqidagi ta’limot uzoq o‘tmishga ega. U, avvalo, qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa-da, ungacha Misr, Ossuriya, Vavilon va Hindiston kabi davlatlarda paydo bo‘lganligi tarixdan ma’lum. U zamonlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga ko‘tarilishi bevosita ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan.


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish