Nutqning ifoda vositalari sifatida yana yumor, kinoya, kesatishlar sanaladi. Yumor (hajviya) - leksikaning ifoda vositalaridan biri bo‘lib, ingliz tilidan tarjima qilganda kayfiyat ma’nosini anglatadi. Kulgili, kulgili-pafosli kalitlarda butun bir asar yozilishi mumkin. Ularda biror narsaga ochiq kulgili munosabati sezilib turadi. A.P.Chexovning “Xameleon” asarini eslang. Huddi shu yo‘llarda I.Krilovning ko‘plab masallari yozilgan. Kinoya - yunon tilidan tarjima qilinganda, “mug‘ombirlik”, “piching” ma’nosini beradi. Bunda biror so‘zni aytib turib, uning tag ma’nosida umuman uning aksini ifodalaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |