Giperbola (mubolag‘a) - badiiy nutq ifoda vositalaridan biri bo‘lib, “bo‘rttirib ko‘rsatish” ma’nosini beradi. Mubolag‘a - gapirilayotgan narsa haqida me’yoridan ortiq bo‘rttirib ko‘rsatilgan ma’noga ega obrazli ibora.
Litota - yunon tilidan tarjima qilganda, “oddiylik” ma’nosini anglatadi. Agarda mubolag‘a - me’yoridan ortiq biror narsaning bo‘rttirilishi bo‘lsa, mubolag‘aning aksi esa haddan tashqari belgining kamaytirib berilishidir. Litota -gapirilayotgan narsaning haddan tashqari kichraytirib berilishidan iborat obrazli ibora (mitti bola, mitti odam va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |