Mutolaa madaniyati va ritorika



Download 0,51 Mb.
bet34/96
Sana20.01.2022
Hajmi0,51 Mb.
#393560
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96
Bog'liq
1. Маъруза - 1

Qozi O‘shiyning «Miftoh un-Najjoh», ya’ni «So‘z kaliti» risolasi voizlik san’atining sir-asrorlarini mohirona ochib bergan. Bu esa uning nafaqat o‘tkir voiz, balki nutq madaniyati bo‘yicha yetarli bilim sohibi bo‘lganligidan dalolat beradi.

Xo‘ja Muayyad Mehnagiy o‘z zamonasining alloma notiqlaridan biri bo‘lib, dunyoqarashi jihatidan oddiy mehnat ahliga juda yaqin bo‘lgan. Mavlono Navoiyning shohidlik berishicha, u bir qabristonning bechorahol shayxi bo‘lgan ekan. Shuningdek, u Mehnagiy haqida: «Va’z majlisi bag‘oyat garm va nursho‘r voqe’ bo‘lur erdi» - deb, uning nutqlari jo‘shqin, jozibali, tinglovchilar oldida maftunkor bo‘lganligini ta’kidlagan.

Xo‘ja Mehnagiyning mashhurligi yana shunda bo‘lganki, u o‘z muxlislarining yuragiga qo‘l sola bilgan. Ya’ni, ularni passiv tinglovchilik darajasidan faol fikr yurituvchi, va’z mazmuniga, talaffuziga, tiliga faol munosabatda bo‘luvchi sinchkov, zukko tinglovchilar darajasiga ko‘tara olgan. Buning uchun voizgagina emas, har qanday notiqqa ham zo‘r iste’dod, behad shiddatkorlik darkor. Modomiki, Mehnagiy o‘z nutqlarining ta’sirchan bo‘lishiga erishgan ekan, demak, u o‘z davrining otashnafas voizi bo‘lgan. U va’z aytganda, anjumandagilarga hech bir zamondoshi u kabi kuchli ta’sir qila olmagan. Mehnagiy singari jo‘shqin, noyob voizlar kam bo‘lgan. Shu sababdan bo‘lsa kerak, uning sharafli nomi voizlik san’ati tarixi zarvaraqlaridan nufuzli o‘rin olgan.

O‘sha davrning mashhur voizlaridan yana biri mavlono Riyoziydir. Manbalarda keltirilishicha, u o‘zining aql-zakovati bilan viloyat qozisi lavozimigacha ko‘tarilgan, lekin ba’zi noo‘rin kirdikorlari uchun lavozimdan bo‘shatilgan, kishanga solingan, pirovardida badarg‘a qilingan va umrini behad azobu uqubatlar bilan g‘aribliqda, ta’qibu malomatlar iskanjasida o‘tkazgan ekan.

Navoiyning shohidlik berishicha, u «va’z aytib, minbarda o‘z ash’orlarini o‘qib, yig‘lab, vajdi hol qilur erdi». Bu mahorat tinglovchilar nazarida e’tiborga sazavor bo‘lgan voizlik namunasi edi. Tinglovchilar huzuriga chiqib, ularda hamdardlik kayfiyatini uyg‘ota olish uchun voizlik san’atining ulkan sohibi bo‘lish darkor. Riyoziy xuddi shunday san’at sohibi edi.

Mavlono Riyoziyning fig‘on chekib, ko‘zlaridan qahrabodek tomchilarni yumalatishi uning yashash tarziga hamohang bo‘lgani uchun eshituvchilarda ishonch va iymon uyg‘otgan. Sahnada aktyorning samimiy yig‘lay olishi va kula bilishi yuksak mahorat alomati bo‘lganidek, voizning tinglovchini ko‘z yoshi to‘kish darajasiga etkazishi ham uning g‘oyat zakovatli notiq, ulkan so‘z ustasi ekanligini ko‘rsatadi.

Mavlono Riyoziy kuchli murabbiy ham bo‘lgan. Bu haqda aniq dalillar bo‘lmasa-da, voizning yosh shogirdlar tayyorlash ishiga ham muayyan hissa qo‘shganligiga shubha yo‘q. Tegishli manbalardan ma’lum bo‘lishicha, uning murabbiylik mahorati ham voizligi kabi isyonkor, kurashchan, shijoatkor bo‘lgan. U o‘sha davrning ta’lim-tarbiya uslubiyotiga zid –quv uslubini qo‘llagan. Chunonchi, u ta’limni tabiiy fanlar jo‘g‘rofiya, adabiyot, tarihdan boshlab, keyinchalik voizlik san’atiga o‘tgan.

Mavlono Riyoziy omma oldidagi chiqishlarida xalq og‘zaki ijodi, badiiy adabiyot hamda o‘zi yozgan she’rlaridan juda ustalik bilan foydalana olgan va uning natijasi sifatida tinglovchilar his-tuyg‘usiga ta’sir etib, ularni ishontira olgan.



Xulosa shuki, hayot-mamot uchun ayovsiz kurash olovida toblangan va voizlik san’atida shuhrat qozongan Riyoziy o‘zining darbadar, hokisor qismati bilangina emas, balki g‘oyaviy ezgu amallari, ijrochilik uslublari, murabbiylik mahorati bilan ham zamondoshlari orasida yaqqol ajralib turgan. Taxallusidan ham ma’lumki, u uzluksiz riyozat chekkan, ammo mashaqqatli mehnati, mardonavor jasorati va benazir voizlik mahorati, ma’rifat-parvarligi tufayli o‘ziga mangu haykal o‘rnatib ketgan suxan-dondir.

Madaniyatimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan XV asrning mashhur voizlaridan yana biri Husayn Voiz Koshifiydir. O‘z sohasida butun Markaziy Osiyoga mashhur va manzur bo‘lgani bois uning ismiga voiz taxallusi qo‘shib aytilar va yozilar edi. «Kamoli ehtirom ila sohibi suxan» deb tavsiflangan siymo mavlono Navoiyning zamon-doshivado‘stibo‘lgan.



Koshifiy o‘zidan anchagina salmoqli ijodiy meros qoldirgan. Qur’oni Karimni yod bilgan, hadislarni xalqqa targ‘ib qilishda, tushuntirishda u mohir notiq bo‘lgan. Qur’oni Karim haqida avom xalqqa tushunarli bo‘lishi uchun to‘rt kitobdan iborat sharh yozadi. Voiz Koshifiyning bizgacha etib kelgan «Axloqi Muxsiniy», «Risolati Xotamiya», «Anvari Suxayli», «Futuvvatnomayi Sultoniy», «Tafsiri Husayniy», «Javohirnoma», «Maxzanul -insho» kabi asarlari arab, urdu, turk, nemis, ingliz, frantsuz kabi bir qancha tillarga tarjima qilingan va hozirda ko‘pgina xorijiy davlatlarning kutubxonalarida saqlanmoqda.

Ko‘p yillar davomida tadqiqot olib borgan olim S. Inomxo‘jaev o‘rganilgan qo‘lyozmalarga asoslanib, Koshifiyning 40ga yaqin asarlari bo‘lganligi va bulardan 14 tasi forsiyda yozilganligini ta’kidlaydi.

Voiz Koshifiyning o‘z zamonasida zabardast notiq bo‘lganligi xususida tarixiy dalillar ko‘p. Uning notiqlik san’ati va u ijod qilgan davr nutq shinavandalarining unga bergan bahosini yorqinrok tasavvur etish uchun marhum professor Abdurahmon Ortiqov va iqtisodchi olim Abdug‘affor Ortiqovlarning «Notiqlik san’ati va nutq madaniyati» deb nomlangan kitoblarida keltirilgan bir rivoyatni eslash o‘rinli bo‘lar edi. «Kunlardan birida Sayid G‘iyosiddin degan mashhur voiz bir anjumanga ancha fursat kechikib kelgan. Bu anjumanga mavlono Jomiy tashrif buyurgan ekanlar. Bu ulug‘ zot G‘iyosiddin kirib kelgan ondayoq so‘rabdilar:

  • Nechun kechikdingiz, mavlono G‘iyosiddin?

  • Meni ma’zur tuting, ustoz, - degan ekan u, - kelayotgan edim, masjidi jom’eda Husayn voiz nutq so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman.

  • Xo‘sh , qanday yangilik eshitdingiz?

  • Hech qanday, - debdilar G‘iyosiddin.

  • Sabab?

  • Sabab shuki, - debdi gunohkor, - odam juda ko‘p ekan. Olomon meni turtib, chekkaga chiqarib yubordi. Men shunchalik uzok masofada edimki, uning ba’zi so‘zlari zo‘rg‘a qulog‘imga chalindi.

– Unday bo‘lsa, nima qilib o‘tirdingiz?

- qarab o‘tirdim, - debdi G‘iyosiddin, - Husayn voiz shunday nutq so‘zlayotgan ediki, gaplarini eshitmasam ham uning mahoratiga mahliyo bo‘lib, nutqining oxirigacha qarab o‘tirdim».

Mavlono Koshifiyning zakovatu, mahorati shunchalik yuqori bo‘lganki, Mir Alisher va Husayn Boyqaro ham o‘z rasmiy mushoiralarida o‘qib, sharhlab berish zarur bo‘lganda uni taklif etganlar. Manbalarda keltirilishicha, 1492- yilning 8- noyabrida Jomiy dafn etilayotganda va’z aytish Koshifiyga topshirilgan bo‘lib, marosimda mavlono Navoiyning 7 band, 140 misradan iborat purhikmat marsiyasini uning iltimosiga ko‘ra Koshifiy o‘qib bergan ekan. Bundan ta’sirlangan Alisher Navoiy quyidagi to‘rtlik orqali (hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilgan) Koshifiyga o‘z bahosini berganligiga amin bo‘lamiz:


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish