Mutolaa madaniyati va ritorika


Beruniy yolg‘onchilik illatiga



Download 0,51 Mb.
bet22/64
Sana16.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#678027
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Bog'liq
Mutolaa madaniyati va ritorika

Beruniy yolg‘onchilik illatiga doir hikmatlaridan birida yolg‘onchi bilan rostgo‘yning majoziy muloqotini keltirib, bunday yozadi: «Yolg‘onchilik bilan mashhur bo‘lgan kishilarning biridan: «Hech rost gapirganmisan?» - deb so‘raganlarida, u «Rost gapirib qo‘yishdan qo‘rqmasam, yo‘q der edim», deb javob bergan.
Beruniyning ta’biricha, bu hikmatda yolg‘onchilik odatiga mubtalo bo‘lgan kimsa, «Tarki odat - amri mahol» deganlaridek, rostgo‘ylikdan hayiqib, cho‘chib, hadiksirab turadi. Voizlarda bunday nuqsonlar aslo bo‘lmasligi lozim.
Bundan tashqari, Beruniy o‘z asarlarida notiqlikning nasr va nazm ko‘rinishlari borligini va ular muayyan qonun-qoidalar asosida tuzilishini ta’kidlaydi.
Voiz amal qilishi lozim bo‘lgan bunday axloqiy qoidalarga hazrat Alisher Navoiy to‘xtala turib, yolg‘on-yashiq gaplarni o‘z va’zlariga qo‘shib aytgan aldoqchi voizlarni gadoylarga qiyoslab, bundaydeganlar:
Voiz tome’ – gadoyi non buvad, farqash hamin
Ki in ba zeri minbar omad, on farozi minbarast.
Ma’nosi: Tamagir voiz non tilovchi gadodir, oralaridagi farq shuki, gado minbar ostida-yu, voiz uning ustida.
Bunday kimsalar, albatta, voizlikning obro‘sini tushirgan va tinglovchilarni bezdirgan. Bu hol nafaqat o‘tmish voizligi, balki hozirgi davr notiqlari uchun ham katta saboq hisoblanadi.
Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy voizlikda to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri mantiqiy xulosalar chiqarish, mazmundor va go‘zal nutq tuzishda leksikologiya, grammatika va mantiqning ahamiyati haqida shunday deydi: «Qanday qilib ta’lim berish va ta’lim olish, fikrni qanday ifodalash, bayon etish, qanday so‘zlash va qanday javob berish (masalasi)ga kelganimizda, bu haqda bilimlarning eng birinchisi -jismlarga va hodisalarga ism beruvchi til haqidagi ilmdir deb tasdiqlayman.
Ikkinchi ilm grammatikadir: u jismlarga berilgan nomlarni qanday tartibga solishni hamda narsalar (substantsiya) joylashi-shini va bundan chiqadigan natijalarni ifodalovchi hikmatli so‘zlarni va nutqni qanday tuzishni o‘rgatadi.
Uchinchi ilm mantiqdir: ma’lum xulosalar keltirib chiqarish uchun logik figuralarga binoan qanday qilib darak gaplarni joylashtirishni o‘rgatadi. Bu xulosalar yordamida biz bilmagan narsalarni bilib olamiz hamda nima to‘g‘ri, nima yolg‘on ekanligi haqida hukm chiqaramiz».
Demak, Forobiy ham Beruniy kabi leksikologiya, grammatika va mantiqning voizlik san’ati uchun beqiyos ahamiyatini bilgan va ular qonun-qoidalariga amal qilishni ko‘p marotaba ta’kidlaganlar.
Notiqlikda so‘zning maqomi haqida shoir Yusuf Xos Hojib o‘zining «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim») asarida quyidagi fikrlarni bildiradi:
Tilning foydasi talaydir, ortiqcha hovliqma, Goho til maqtaladi, goho so‘kiladi.
Modomiki shunday ekan, so‘zni bilib so‘zla,
So‘zing ko‘r uchun ko‘z bo‘lsin, (u) ko‘ra bilsin.
Yoki:
Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
Ortiq so‘z qiladi bu boshin egik.
Tilingni avayla - omondir boshing,
So‘zingni avayla uzayar yoshing.
Markaziy Osiyoda voizlik san’atining rivojiga hissa qo‘shgan noyob yodgorliklardan yana biri - Kaykovusning «Qobusnoma» asaridir. Unda voizlikning sir-asrorlariga bag‘ishlangan maxsus bob bo‘lib, u «Suxandonlik bilan baland martabali bo‘lmoq zikrida» deb nomlanadi.
Yuqoridagilardan shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Markaziy Osiyoda voizlik san’atining paydo bo‘lishi va keyingi rivojlanishi xalk og‘zaki ijodining namunalari - «Alp Er To‘ng‘a» dostoni, muqaddas «Avesto», O‘rxun va Enasoy, Qobusnoma kabi yozma yodgorliklarning yaratilishi bilan birga kuzatilgan. Bu esa, o‘z navbatida, Markaziy Osiyo voizlik san’atining uzoq qadimiy tarixga ega bo‘lib, voizlikning tarkibi, turi va shakllarini ifodalovchi o‘ziga xos tizimni shakllantirgan degan xulosaga kelishimizga asos bo‘la oladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish