Badiiy nutqning ifoda vositalari
Ma’lumki, so‘z tilning asosiy birligi va uning badiiy vositasining sezilarli elementi sanaladi. Nutq ifodaliligi, avvalombor, so‘z bilan bog‘langan. Badiiy nutq ifoda vositalariga troplar (obrazli, ko‘chma ma’nodagi so‘zlar) va stilistik figuralar (obrazli iboralar) kiradi.Troplarning qo‘llanilishi badiiy nutqda yangi ma’noli yangi birikmalar yaratadi, fikrning yangi bo‘yoqlari bilan nutqni boyitadi, ma’lum bir hodisaga so‘zlovchi uchun kerak bo‘lgan fikr bo‘yog‘ini, uning ma’nosini xabar qiladi, va uni hodisa baholashiga uzatib beradi.
Quyidagi troplarning ko‘rinishini farqlaymiz: sodda (o‘xshatish, epitet) va murakkab (metafora, metonimiya, sinekdoxa, allegoriya, kinoya, mubolag‘a, litota, perifraz va boshqalar) Badiiy matndagi so‘z - bu alohida bir dunyo. Badiiy so‘z - voqelik, atrofdagi dunyoning o‘zgacha idrok etilishiga bo‘lgan individual-mualliflik munosabatining ko‘zgusidir. Badiiy matnda o‘zining aniqliligi - metaforik, o‘zining haqiqati esa badiiy ochilish; kontekst orqali yuzaga chiquvchi so‘zning butun funksiyasi o‘zgaradi: «Xohlardimki yagona bir so‘zda / Men o‘z g‘am va a’lamlarimni to‘kib tashlashni….» (G.Geyne).
Badiiy matndagi metaforik fikrlar atrofdagi dunyoning individual idrok etilishi bilan bog‘langan. San’at - bu shaxsiyatga bo‘lgan muallifning o‘z fikrining ifodasidir.
Metaforalardan bizni hayajonga soluvchi obraz yaratuvchi adabiy ma’no to‘qiladi va badiiy asarning obrazi bizga hissiy ta’sir o‘tkazadi. So‘zlar qo‘shimcha ma’nolar, stilistik bo‘yoqlar oladi, badiiy adabiyotni o‘qiy turib, atrofimizni o‘rab oladigan o‘zgacha dunyoni yaratadi. Nafaqat badiiy, balki og‘zaki va so‘zlashuv nutqida ham nutqning ishonarliroq, hissiyroq, obrazliroq bo‘lishi uchun barcha ifoda vositalaridan hech o‘ylamasdan foydalanamiz. Nutqimizning o‘ziga xos ifodaliligini metaforalar beradi.
Metafora - bu mavjud ma’nolar tili asosida dunyoning lisoniy su’ratini
yaratish usulidir. Metaforalar bir necha xilda bo‘ladi:
a) qotib qolgan, quruq yoki tarixiy metafora: qayiqning tumshug‘i, ignaning teshigi va boshqalar;
b) Frazeologizmlar - ko‘pgina til ifodalovchilari xotirasidagi obrazli qat’iy so‘z birikmalari bo‘lib, metaforik, hissiy, emotsional xarakterga ega: tutashgan doira, xippa bo‘g‘ish, avag‘amning avag‘asi va boshqalar.
c) Yolg‘iz metafora: daydi yurak
d) Kengaytirilgan metafora: Va mana tushumda huddi yuragim og‘rimayotgandek tuyuldi. U - sariq Xitoyda chinni qo‘ng‘iroq edi.
e) An’anaviy-sh’eriy metafora: sevgi olovi, hayot ertasi;
f) Individual-mualliflik metaforasi: yo‘lakning bukrisi
Metaforalar bir vaqtning o‘zida jonlantirish, kinoya, perifraza, mubolag‘a, litota, meyozis, va boshqa obrazli so‘z bo‘lishi mumkin.
Metafora so‘zi yunon tilidan “ko‘chirish” ma’nosini anglatadi. Bunda nomning bir predmetdan boshqasiga ko‘chirilishi nazarda tutiladi. Shunday ko‘chirish amalga oshishi uchun, bu predmetlarda qandaydir o‘xshashlik bo‘lishi kerak, yani ular bir-biriga qaysidir qirrasi bilan o‘xshashi va bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak. Metafora - bu qandaydir belgilariga ko‘ra ikki predmet yoki hodisaning o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chishida ishlatiladigan so‘z yoki ibora sanaladi. Bir predmetdan boshqasiga ma’no ko‘chishi natijasida obraz yaratiladi.
Metafora - she’riy, badiiy nutqning yorqin ifoda vositalaridan biri sanaladi. Lekin uning mavjud emasligi, bu badiiy asarda ifodalilik yo‘qligini anglatmaydi. So‘z va so‘z birikmalarining metaforik ma’nosi orqali yozuvchi dunyoga qarashlarini ko‘rsatish bilan individuallik, o‘zining shaxsiy assotsiativ fikrlash xarakteri, predmetlar takrorlanmasligini yuzaga chiqaradi. Metaforalar sodda va kengaygan bo‘ladi. Yigirmanchi asr she’riyatida kengaygan metaforalardan foydalanish qaytadan tiklanadi, sodda metaforalar xarakteri esa shunga mos ravishda o‘zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |