Monopolistik raqobat sharoitida savdo
Agar X— ma’lum firmaning sotish hajmi, S — tarmoqdagi umumiy sotish haj. mi, n — tarmoqdagi firmalar soni, b — firmaning o‘z tovari narxiga bog‘liq ravish- da bozordagi ulushini ko‘rsatuvchi talab o‘zgaruvchisi, R — mazkur firma tovari narxi, R* — raqobatchi tovarlarning o‘rtacha narxi bo‘lsa,
X=S[(l/n)-bx(P-P)*] (1) bo'ladi.
Agar firma o‘z tovarlarini o‘rta narxdan yuqori narx bo‘yicha sotsa (R>R*\ uning bozordagi ulushi («S'/и) pasayadi (X<(S/ri)). Agar firma o‘z tovarlarini o‘rtacha narxdan past narxda sotsa (R uning bozor ulushi ko‘payadi (X>{S/rij).
Monopolistik raqobatning xalqaro savdoga ta’sirini aniqlash uchun, eng avvalo,firmalar soni va ularning tovarlari narxi o‘rtasidagi uchta asosiy o‘zaro bog‘liqliklarni aniqlash zarur:
firmalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, har bir firma ishlab chiqaradigan tovar hajmi shuncha kam bo‘ladi, o‘rtacha xarajatlar ortib boradi;
firmalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, raqobat darajasi yuqori bo‘ladi va tovar narxi pasayadi;
agar narx o‘rtacha narxdan yuqori bo‘lsa, bozordagi firmalar soni ortadi va aksincha.
Monopolistik raqobat modelida dastlabki ikki bog‘liqlik muhim hisoblanadi. Xalqaro savdo tovar sotish bozorlari sig‘imini oshiradi. Firmalar soni va bir firmaga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi chiziqli tenglama bilan ifodalanadi:
C* = (F/X) + c, (2)
C* = n(F/S) + c, (2a)
Bu yerda: C* — o‘rtacha xarajatlar, F — doimiy xarajatlar, с — firmaning chegaraviy xarajatlari.
Formuladan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi, o‘z navbatida, sotish hajmi ortib borgan sari firmaning o‘rtacha xarajatlari kamayib boradi, chunki doimiy xarajatlar yanada ko‘proq tovarlar soniga bo‘linadi. Bozor muvozanatda bo‘lgan sharoitda har bir firma tovarining narxi bir xil bo‘ladi, R=R*. Ushbu holatda 1-formula X=S/n ga keladi. X qiymatini ikkinchi formulaga qo‘ysak, 2a-formula kelib chiqa- di. Bu formuladan ko‘rinib turibdiki, tarmoqda firmalar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, o‘rtacha xarajatlar shunchalik ortib boradi. Firmalar soni o‘zgarmagan holda sotish hajmining ortishi o‘rtacha xarajatlarning qisqarishiga olib keladi.
Tarmoq ichidagi savdo va tarmoqlararo savdoning farqlari. Tarmoq ichidagi savdo — bu mamlakatlar o‘rtasida bir tarmoqning differensiyalashgan mah- sulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoqlararo savdo — mamlakatlarning turli tarmoqlarni gomogen mahsulotlari bilan savdo qilishidir.
Tarmoq ichidagi savdo, asosan, differensiyalashgan tovarlar bilan amalga oshadi, ba’zi vaziyatlarda gomogen tovarlar bilan ham amalga oshishi mumkin. Bunga sabab sifatida transport xarajatlarini qisqartirish va mavsumdagi farq bo‘lishi mumkin. Birinchi va ikkinchi mamlakatlarda bir tovarni ishlab chiqaruvchilar (S,S’) va iste’molchilar (DiD') geografik jihatdan rasmdagidek joylashgan. SD' maso- fe D'S' masofadan sezilarli darajada qisqa bo‘lganligi sababli ikkinchi mamlakat uchun tovarni o‘z ishlab chiqaruvchisidan sotib olgandan ko‘ra xorijdan import qilish foydaliroq bo‘ladi.
Shimoliy va janubiy yarimsharda yil fasllari turli vaqtga to‘g‘ri keladi, ya’ni Braziliya o‘zining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘im vaqtida AQSh ga eksport qiladi va AQSh da yig‘im vaqtida AQSh dan sotib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |