1.ixtisoslashuv darajasining o‘sishi — ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi ishchilarning belgilangan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashuvining o‘sishiga olib keladi;
2.ishlab chiqarishning yaxlitligi — ishlab chiqarish miqyosining o'sishi sharoitida ishlab chiqarishga bilvosita bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarning hajmi deyarli o‘zgarmasdan qoladi. Boshqaruv apparati, buxgalteriya va shu kabi boshqa bo‘limlarning oylik fondi o‘zgarmasligi hisobiga mahsulotning tannarxi pasayadi;
3.texnologikiqtisod — ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi sharoitida texnologik jarayonlarni mukammallashtirishga, marketing va reklama ishlarini olib borish- ga qilinadigan xarajatlarning mahsulot tannarxidagi ulushi pasayadi.
Miqyos samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi xatti-harakati hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tashqi va ichki miqyos samaralariga ajraladi.
Tashqi miqyos samarasi — butun tarmoqda ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
Ichki miqyos samarasi — firma doirasida ishlab chiqarish miqyosini kengayti- rish orqali tovar birligiga sarflanadigan xarajatlarning kamayishi.
Tashqi miqyos samarasi shuni nazarda tutadiki, har bir firmaning hajmi o‘zgarmagan holda bir xil tovar ishlab chiqaradigan firmalar soni ortadi. Odatda, ushbu holatda firma bozorda yetarli darajada raqobatbardoshligini saqlab qoladi, bu esa shu model asosidagi savdo qonuniyatlarini xalqaro savdoning klassik nazariyalariga yaqinlashtiradi, ya’ni eksportyorlar o‘zlari ta’sir ko‘rsata olmaydigan bozordagi narxda xohlagan miqdorda tovar sotishlari mumkin.
Ichki miqyos samarasi esa ishlab chiqarish miqdori o‘zgarmagan holda tovar ishlab chiqaruvchi firmalar soni kamaygan holatni nazarda tutadi. Ushbu vaziyat aksariyat hollarda nosog‘lom raqobatni keltirib chiqaradi, ya’ni ishlab chiqaruvchilar o‘z tovarlari narxiga ta’sir ko‘rsata oladilar va tovar narxini pasaytirish orqali sotish hajmini orttirishlari mumkin. Ichki miqyos samarasining ekstremal holati sof monopoliya hisoblanadi.
M onopolistik raqobat sharoitida savdo. Ma’lumki, xalqaro savdoda sof mukammal raqobat kam uchrashi sababi jahon xomashyo va tovarlar bozorining bo‘linib olinganligi va xalqaro bozorlarda o‘ziga xos oligopoliya va monopoliyalar- ning vujudga kelganligidir. Monopolistik raqobat asosidagi savdo nazariyasining nvojlanishiga amerikalik iqtisodchi Pol Krugman katta hissa qo‘shdi.