Kesishuvchi talab
Firmaning tashqi savdo faoliyati nazariyasi. Ushbu nazariyada tahlil obyek- ti sifatida mamlakat emas, balki xalqaro firma ko‘rib chiqiladi. Buning sababi tashqi savdo operatsiyalarining katta qismi firma ichidagi aylanmasidan iboratligidir. Bugungi kunda jahon tovar va xizmatlar savdosining 70 %, sotilayotgan litsenziya va patentlarning 80—90 %, kapital eksportining 40 % firma ichidagi aloqalarga to‘g‘ri keladi.
Firma ichidagi savdo jahon bozorida sotish uchun mo‘ljallangan tayyor
mahsulotni yig‘ishda qo‘llaniladigan yarimfabrikatlar va qo‘shimcha ehtiyot
qismlarni ayirboshlashga asoslanadi. Tashqi savdo statistikasi tashqi savdo yirik TMKlar joylashgan mamlakatlar o‘rtasida jadal sur’atlar bilan o‘sayotganligini
tasdiqlaydi.
Mamlakatlarning raqobatbardoshlik nazariyasi. Bu nazariyaning
asoschisi amerikalik iqtisodchi olim M. Porterdir.
XX asr 80-yillarining
oxirida bu olim jahon eksportining 50 % to‘g‘ri keluvchi 10 ta mamlakatdagi 100 ga
yaqin tarmoqlarni o‘rganib chiqdi. Bu izlanishlar natijasida M. Porter o‘ziga xos
nazariya yaratdi. Bu nazariyaga binoan mamlakat firmalari faoliyat
olib boruvchi raqobatbardosh muhitni iqtisodiyotning 4 ta muhim ko‘rsatkichi shakllantiradi:
ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
talab ko‘rsatkichlari;
yaqin va xizmat ko‘rsatuvchi (yordam beruvchi) tarmoqlar;
raqobat muhiti va firma strategiyasi.
Ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik — ishlab chiqarish omillari-
mamlakat iqtisodiyoti raqobatbardoshligiga ta’sir ko'rsatishini o‘rganib borish jarayonida, M. Porter odatdagi ishlab chiqarish omillari (mehnat, yer, kapital, tad- birkorlik qobiliyati) bilan birga ilmiy-texnik va bozor tarkibining axborot bilan ta’minlanganlik darajasi; transport, sog‘liqni saqlash va aloqa tizimlarining holatini ham ishlab chiqarish omili sifatida ko‘rib chiqqan. M. Porter boshqa iqtisodchilardan farqli ravishda, mamlakat ishlab chiqarish omillarining ko‘pini meros sifatida emas, balki o‘zining ishlab chiqarishni kengaytirib borishi jarayonining natijasi sifatida qo‘lga kiritadi, deb hisoblaydi. Misol uchun, yer taqchilligi sababli Yaponiya ko‘p joy egallamaydigan texnologik jarayonlarni kashf etdi.
M. Porter fikriga ko‘ra, raqobatbardoshlik — bu mamlakatning shart-sharoiti bilan firmalari strategiyasining mutanosibligi natijasidir. Firma xalqaro miqyos
da raqobatbardosh bo‘lishi uchun mamlakatda shart-sharoit bor bo‘lishi mumkin, ammo firma bu shart-sharoitdan to‘g‘ri foydalanishni bilishi kerak, ya’ni ko‘p nar
sa firmaning strategiyasiga bog‘liq.
Talab ko‘rsatkichlari — bunga, birinchi navbatda, talabning sig‘imkorligi, uning rivojlanish yo‘nalishi, talabning tovarlar turiga ko‘ra tabaqalanishi, iste’molchilarning tovar va xizmat sifatiga talabchanligi kiradi. Tovarlar xalqaro savdoga chiqishdan oldin ichki bozorda, mahalliy iste’molchilar sinovidan o‘tishi kerak. Misol uchun, Yapon firmalari energiyani tejaydigan kichik konditsionerlarni oldin faqat ichki iste’molchilar uchun ishlab chiqargan va keyinchalik bu konditsionerlar xalqaro bozorga chiqqan.
Yaqin va yordam beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) tarmoqlar — eksportyor firmalarni kerakli materiallar — yarimfabrikatlar, qo‘shimcha qismlar va axborot bilan ta’minlovchi qardosh va qo‘llab-quvvatlovchi tarmoqlarning yuqori rivojlanishga egaligi eksportyor firmaning xalqaro miqyosda raqobatbardosh bo‘lishini ta’minlaydi. Misol uchun, zargarlik mahsulotlari ishlab chiqaradigan Italiya firmalari rivojlanmoqda, buning asosida qimmatbaho toshlar va metallarga ishlov beruvchi texnika ishlab chiqarish bo‘yicha Italiya dunyoda yetakchi mamlakat ekanligi yotadi.
Raqobat muhiti va firma strategiyasi. M. Porter bitta milliy firma qo‘lida ishlab chiqarishning konsentratsiyalashuvini ijobiy natijaga olib kelishini inkor etadi, ayniqsa, bu firma davlat himoyasida bo‘lsa. Odatda, bu firmalar past darajadagi samaradorlik va mehnat unumdorligiga ega bo‘lishadi. Ichki bozordagi kuchli raqobat milliy firmani tashqi bozorga yo‘l qidirishga majbur etadi.
Ichki bozordagi raqobat kurashida toblangan firma o‘z tajribasini raqobat yanada kuchliroq bo‘lgan xalqaro bozorda qo‘llaydi. Ichki kurash qanchalik og‘ir kechgan bo‘lsa, ushbu firmaning xalqaro bozorda muvaffaqiyatga erishish imkoniyati shunchalik katta bo‘ladi.
M. Porter raqobat global ko‘rinishda bo‘lishi kerak deb hisoblaydi. Firma o‘z tovarini faqat ichki bozorda emas, balki butun jahon bo‘ylab sotishga harakat qilishi kerak. Bunda firmaning strategiyasi katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bitta universal strategiyani keltirish mumkin emas. Misol uchun, mebel va oyoq-kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi bo‘lgan Italiya firmalari qat’iy bosh- qaruv tizimiga ega emas. Optika va mashina ishlab chiqarishda dunyoda yetakchilik qiluvchi Germaniya firmalari odatiy markazlashgan, qat’iy boshqaruv tizimiga ega.
Mamlakatni xalqaro miqyosda raqobatbardoshligiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy to‘rtta ko‘rsatkichdan tashqari boshqa omillar ham bor. Bu omillar qatorida M. Porter tasodifiy hodisalarni ham keltiradi. Tasodifiy hodisalar hukumat va firmalar faoliyati- ga unchalik bog‘liq boMmagan hodisalardir. Ular mamlakatning raqobatbardoshligini oshirishi va pasaytirishi mumkin. Tasodifiy hodisalarga yangi kashfiyotlar, yirik texnologik siljishlar, resurslar narxlarining keskin o‘zgarishi, jahon moliya bozorlaridagi keskin o‘zgarishlar, urushlar va boshqalarni kiritish mumkin.
Umuman olganda, xalqaro savdoning nazariy asoslari merkantilistlar maktabidan boshlab yangi keynschilar maktabiga qadar rivojlanib kelgan. Bu nazariyalar turli xil yondashuvlarga asoslangan va ularning bir qismi o‘zaro bog‘liqlikda, bir- birini to‘ldirib kelsa, boshqalari qarshi yo‘nalishda rivojlangan.
Merkantilistlar birinchi bo‘lib xalqaro savdoning o‘ziga xos modelini taklif etdilar. Ular mamlakatning boyligi mamlakatda mavjud bulgan oltin va kumush miqdori bilan bog‘liq deb hisobladilar. Merkantilistlar tovarlarni mamlakatga olib kirishga nisbatan ularni chetga ko‘proq olib chiqish, eksportni ko‘paytirish va importni qisqartirish uchun tashqi savdoni tartibga solish, chetga xomashyo chiqarishni keskin chegaralash yoki ta’qiqlash, xomashyolarni chetdan bojlarsiz import qilishga ruxsat berish, koloniyalarning metropoliyadan tashqari barcha boshqa mamlakatlar bilan har qanday savdosini ta’qiqlash kerak deb takidlaydilar.
Adam Smit tomonidan ishlab chiqilgan mutlaq ustunlik nazariyasiga muvofiq, mamlakatlar o‘zlari eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqaradigan tovarlarni eksport qiladilar va boshqa mamlakatlarda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqariladigan ustunlikka ega bulgan tovarlarni import qiladilar.
Klassik siyosiy iqtisod asoschilaridan biri D. Rikardo tovar oqimlari harakatiga dalil sifatida nisbiy ustunlikning miqdoriy nazariyasini taklif etdi. Albatta, nis- biy ustunlik nazariyasi mavhum va juda soddalashtirilgan tabiatga ega hamda xalqaro savdoga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan bir qator hodisalarni e’tiborga olmaydi. Nazariyaning cheklanganligi uning yaratilishida qilingan farazlar bilan bog‘liq.
Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasiga ko‘ra, omillar sig‘imkorligi ma’lum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini, omillar ko‘pligi mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy ta’minlanganligini belgilab beradi. Turli mamlakatlarda tovarlar nisbiy narxidagi farq, o‘z navbatida, ular o‘rtasidagi savdo ularning ishlab chiqarish omillari bilan bir xil ta’minlanmaganligi bilan tushuntiriladi.
Xalqaro savdoning standart modeli xalqaro savdoda umumiy muvozanat modeli hisoblanadi va mamlakat ichida tovarga bo‘lgan talab hamda tovar taklifini shu tovar- ga bo‘lgan xorijiy talab va taklifni o‘zaro bog‘laydi. Bu model turli miqdordagi tovar- lami eksport qilishga xohish uyg‘onishi uchun mamlakat qancha miqdorda boshqa bir tovarlarni import qilishi kerakligini ifodalovchi o‘zaro talab tushunchasiga asoslangan. Ushbu model xalqaro savdoning barcha asosiy parametrlarini va u bilan bog‘liq bo‘lgan milliy iqtisodiyotning parametrlarini o‘rganish imkonini beradi.
Xalqaro savdoda ishtirok etuvchi har qanday mamlakat uchun
eksport va import narxlarining o‘zgarishi aholi real daromadining o‘zgarishini anglatadi. Tovar narxi oshganda, bu tovar eksport qilinayotgan bo‘lsa, mamlakatning real daromadi oshadi, agar bu tovar import qilinayotgan bo‘lsa, aksincha, real daro- mad kamayadi.
Ma’lum bir tovarning eksport va import narxlarining nisbati yoki eksport hamda import narxlari indekslari nisbati orqali aniqlanuvchi mamlakat eksport va import narxlarining nisbati savdo sharti, deb ataladi. Uning o‘sishi natijasida
mamlakat boyligi ortadi, pasayishi natijasida esa boylik kamayadi. Taklifning ortishi (iqtisodiy o‘sish) va talabning ortishi (daromadning qayta taqsimlanishi) savdo
shartig ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
XX asrda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi
eksport-irn port operatsiyalarining sifatiy xususiyatlarini e’tiborga oluvchi yangi
tamoyillar paydo bo'ldi; keyingi
yillarda bir qator amerikalik iqtisodchilar tomonidan tovar
ayirboshlashning turli omillarni hisobga oluvchi «tovarning hayotiy sikli», «xalq
aro raqobat» va boshqa modellar ishlab chiqildi.