2.2.Xalqaro savdoning rivojlanish bosqichlari va xususiyatlari Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — bu xalqaro iqti- sodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqa- larning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotganligida ko‘rish mumkin.
Xalqaro savdo o‘zining rivojianish bosqichlariga ega bo‘lib, har bir bosqich o‘z tarixiy xususiyatlari bilan ajralib turadi:
tashqi savdo aloqalarining lokal darajada shakllanish bosqichi — (VI-XIII asr- lar) O‘rta yer dengizidan Sharqqa tomon xalqaro savdo yo‘llarining vujudga kelishi;
tashqi savdo aloqalarining mintaqaviy darajada shakllanish bosqichi — (XII- XV asrlar) tashqi savdo aloqalarining O‘rta yer, Boltiq va Shimoliy dengizlari- da konsentratsiyalashuvi;
tashqi savdo aloqalari globallashuvining boshlanish bosqichi — (XV-XVII asrlar) Buyuk geografiya kashfiyotlari tufayli xalqaro savdo yollarining Atlantika, Hind va Tinch okeanlariga ko‘chishi;
tashqi savdo aloqalarining intensivlashuv bosqichi — (XVIII-XIX asrlar) sanoat to‘ntarishi, G‘arbiy Yevropa va AQSh iqtisodiyotining sanoatlashtirish jarayo- ni bilan bog‘liq;
tashqi savdo aloqalarining militarizatsiyalashuv bosqichi — (XIX oxiri — XX asr boshi) Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bilan bog‘liq;
integratsion bloklar va birlashmalarning tashqi savdo munosabatlariga faol ta’sir etish bosqichi — (XX asrning o‘rtasi va ikkinchi qismi);
tashqi savdo aloqalari globallashuv jarayonlarining zamonaviy bosqichining shakllanishi va jahon bozorining vujudga kelishi.
Xalqaro savdoning zamonaviy xususiyatlari:
ilm-fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida mahsulot hamda xizmatlar savdosi hajmining keskin ortishi;
xalqaro savdo rivojlanayotgan mamlakatlar salmog‘ining qisqarishi;
fan va texnika taraqqiyoti ta’sirida jahon eksportining tovar tarkibidagi fan sig‘imkorligi yuqori bo‘lgan mahsulot va xizmatlar ulushining ortishi;
yangi tarmoq va ishlab chiqarishning vujudga kelishi;
qator mamlakatlarning ayrim mahsulotlar importiga bog‘liqligining ortishi;
tashqi bozorda ortiqcha mahsulotni sotishdan turli mamlakat korxonalari o‘rta- sidagi hamkorlik aloqalari asosida avvaldan kelishilgan holda mahsulotni yet- kazib berish shakliga o‘tilishi.
Xalqaro savdoning tovar tarkibi — xalqaro savdoning tarkibini aniqlovchi tovar mutanosibliklari majmuyi va aloqalaridan iborat bo‘lib, maqsadi inson ehtiyoj- lariga moslashtirish nuqtayi nazaridan xalqaro savdo sohasida tovarlarni tabaqa- lashtirish hisoblanadi.
Xalqaro savdoning hududiy tarkibi — bu xalqaro savdoning hududiy tarkibini aniqlovchi mutanosibliklar va aloqalar majmuyi bo‘lib, ushbu tarkib xalqaro savdoning quyidagi xususiyatlari va rivojianish yo‘nalishlarini ajratish imkonini beradi: