Mutaxassislikninig nazariy masalalari


Sochlari tim qora, qoshlari o‘sma bir xotinbor. (O.)



Download 73,3 Kb.
bet15/20
Sana31.12.2021
Hajmi73,3 Kb.
#215452
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
RAYIMJONOV SAYIDOLIM MADAMINJON OGLI-02-02-2021

Sochlari tim qora, qoshlari o‘sma bir xotinbor. (O.)

Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq kattagina shiypon…(O.)

It bor joyda turmush bor degan umid bilan yurib ketdi. (O.)

To‘ldiruvchi ergash gapning bu turi bosh gapga yordamchiga ko‘chgan bo‘lgan sifatdosh shakli bilan analitik bog‘lanadi:



Bo‘yi ikki metr bo‘lgan daraxt quladi.

To‘ldiruvchi ergash gapning uchinchi guruhida ham aniqlanmish so‘zdan oldin keladi. Bu xil ergash gaplarning kesimi sifatdosh shaklida bo‘ladi va ega bilan moslashmaydi, chunki sifatdosh-kesim shaxs bilan tuslanmaydi:



Ertasiga Ibrohimov Kanizak va Sidiqjon aytgan g‘o‘zalarni ko‘zdan kechirdi. (A. Qh.)39

To‘ldiruvchi ergash gapning kesimi vazifasida asosan -gan shaklli sifatdosh keladi, boshqa shakllar kam ishlatiladi:



Rahimning qo‘rqqan oldin musht ko‘tarar qabilida qilgan hozirgi harakati o‘tirganlarga yoqmadi. (I. R.)

To‘ldiruvchi ergash gap maxsus xilining uchinchi guruhi aniqlanmish so‘zdan oldin kelsa ham, undan pauza bilan ajralmaydi, shu bilan birga bir xil intonatsiya bilan talaffuz etiladi, qisqa pauza aniqlanmish so‘zdan so‘ng beriladi.

Ergash gapning bu turi bosh gapga, sifatdosh-kesim shakliga ko‘ra, sintetik yo‘l bilan bog‘lanadi.

To‘ldiruvchi ergash gapning kesimi vazifasida sifatdosh uch xil zamonda bo‘lishi mumkin:

O‘tgan zamon mazmuni –gan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi:

... o‘zi ko‘rgan arizani bir pasda olib chiqdi. (A. Qh.)

Sifatdoshning bu shakli ko‘pincha o‘tgan zamonda ro‘y berib, hozir mavjud bo‘lgan belgini (perfekt) ifodalaydi:



Hovuzdan yigirma qadamlar narida to‘rt tomoni ochiq, ustunlari chiroyli naqshlangan, yerdan odam bo‘yi baland ko‘tarilib solingan kattagina shiypon... (O.)

Qo‘mondon, ...qanotlari orqa tomonga sal qayrilgan aeroplanlarning uchib borishini kuzatdi. (A. T.)

Hozirgi zamon ma’nosi -(a) yotgan, ba’zan -digan shaklli sifatdosh orqali ifodalanadi:



...nay ovozi kelayotgan tepachaga ketdi. (S. A.)

U ... ho‘l o‘tin vishillab sasiyotgan o‘choqqa tikildi. (P. T.)

Bu akam bilan Ustaxo‘janing katta o‘g‘li – Saidakbar turadigan hujra ekan. (S. A.) 40

Kelasi zamon ma’nosi bo‘lgan shaklli bog‘lamaning -moqchi yoki -ish shaklli harakat nomi va mumkin so‘ziga qo‘shilishi bilan ifodalanadi:



Mehmonlar kelmoqchi bo‘lgan kuni ikkovi qandoq o‘ynadi! (A. Qh.)

U Jumaboyev uchrab qolishi mumkun bo‘lgan koridor va vestibullardan tez o‘tib, ko‘chaga chiqdi. ( A. Qodirov)

Download 73,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish