KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyodagi grammatikasi mukammal ishlab chiqilgan tillardan biri arab tili hisoblanadi. Arab tili grammatikasi o‘nlab asrlar davomida arab millatiga mansub bo‘lgan va bo‘lmagan millat vakillari tomonidan o‘rganib kelinadi. Har bir millat vakillari arab tili grammatikasini o‘z tiliga taqdim qilishda turli uslublarni qo‘llaydilar. Ular arab tili grammatikasini tushuntirishda o‘z ona tilida mavjud grammatik qurilmalarning o‘xshash tomonlarni tahlil qilib, o‘z tilida iste’molda bo‘lgan grammatik atamalar bilan tushuntirishga harakat qilganlar. Albatta, ushbu pedogogik uslub arab tilini o‘rganayotganlar uchun arab tili grammatikasi haqida tasavvurlarini kengayishini tezlashtiradi. O‘rganuvchi uchun yangi grammatik atamalarni o‘zlashtirishdan ko‘ra o‘ziga tanish bo‘lgan atamalarni ishlatish yengilroq kechadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |