Nima sababdan yuqorida qayd qilingan oqim va harakatlar diniy ekstremistik oqimlar deyiladi? Buning boisi shundaki, turlicha nomlangan, o`z siyosiy maqsadlarini amalga oshirish uchun turli dinlarni niqob qilib olgan holda harakat qiladilar. Ekstremizm lotincha «exetrem» o`zbekchasiga siyosatda keskin tadbirchoralar ko`rishga tarafdorlik ma`nosini beradi.Bu oqimlar faqat dinni, muayyan diniy aqidalarni aholi o`rtasida targ`ib qilish bilan shug`ullanmay, balki o`zlarining maqsaddarini amalga oshirish uchun dindan foydalanadilar, dinni niqob qilib oladilar. O`z maqsadlarini amalga oshirish uchun har qanday o`ta og`ir jinoyatlardan, ya`ni turli fitnalar uyushtirshp, mavjud davlat tuzumini ag`darib tashlash, qo`poruvchilik, terroristik akt, odamlarni o`ldirish jinoyatlarini sodir etishdan qaytmaydilar. Masalan, 1999-yil 16 fevral’ kuni sodir etilgan Toshkent - shahridagi terrorchilik harakati tufayli 16 nafar begunoh fuqaro halok bo`lgan, 128 nafar kishi turli darajada tan jarohatlari olgan, davlatga 689.844.552 so`mlik moddiy zarar etkazilgan.
- Yuqorida nomlari zikr etilgan oqimlarning maqsadi va maqsadini amalga oshirish shakli farq qilsada, mohiyati mazmuni va amalga oshirish usullari bir xil. Millatlararo adovat va nafrat qo`zg`atish; ommaviy tartibsizlik va fuqaroviy bo`ysunmaslik namoyishlarini tashkillashtirish; O`zbekistonga «Jihod» e`lon qilish; O`zbekistonga halqaro terroristik tashkilotlar bilan hamkorliqda qurolli hujumni tashkil qilish; qonuniy hukumatni ag`darib, siyosiy hokimiyatai qo`lga olish; «Vahobiylik» mafkurasini davlat dini sifatida e`lon qilish; xalifalik shaklidagi davlat qurish maqsadida dunyoviy davlatchilik tizimidagi musulmon
- mamlakatlariga qarshi urush e`lon qilish; Markaziy Osiyo halqlarining madaniy-tarixiy, milliy an`analarini rad etish, ularni arab xalqi madaniyati va milliy ongi asosida assimilyatsiya etish; o`zbek xalqining milliy davlatchiligi hissiyotini tubdan qo`porish va «xalifalik» shaklidagi davlatga siyosiy-hududiy qo`shilish. Bulardan ko`rinib turibdiki, ularning maqsadi islom diniga e`tiqod qiluvchi xalqlar yashovchi mamlakatlarni o`rta asr davridagi hayotga qaytarishdir.
- Hozirgi kunda sayyoraning turli nuqtalarida (Afg`oniston, CHecheniston, Kosovo va boshqa xududlarda) diniy ekstremizm insoniyatga qanchalik og`ir musibat va qiyinchiliklar keltirib
- chiqarayotganini butun dunyo xalqlari ko`rib turibdi.Hozirgi kunda diniy ekstremizm, fundamentalizm atamalari kabi «separatizm» atamasi ham ko`p ishlatilmoqda «Separatizm» atamasi o`zbekchasiga «Ajralib chiqish, alohida bo`lishga intilish» ma`nosini beradi.Ayrim diniy oqimlar muayyan davlat hududi tarkibiga kiruvchi hududni ajratib olib, o`sha hududda o`z maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar.Umuman olganda fundamentalistik, separatistik, ekstremistik diniy oqimlarning maqsadi bittasini siyosiy hokimiyatni har qanday yo`l bilan qo`lga olish va o`sha hududda diniy qonunlarni o`rnatishga qaratilgan.
- Diniy-eksterimistik tashkilotlar Qur`on oyatlari va hadislarni o`z manfaatlari yo`lida talqin qilib, kishilar ongiga o`zlarining haq yo`lda ekani, ularga qo`shilganlar esa albatta hidoyat topishlari haqidagi g`oyani ham singdirishga harakat qiladi.
- Holbuki, islomning bosh manbai hisoblangan Qur`oni karimda va hadisi sharifda bunday harakatlar qattiq qoralanib, shunday deyiladi: “ Odamlar orasida Alloh haqida munozara qiladi-yu, lekin o`zi ilmsiz, hidoyat topmagan,biron nurafshon kitobi yo`q ( ya`ni aniq hujjatsiz, to`g`ri yo`ldan bo`yin tovlab (o`zgalarni ham ) Alloh yo`lidan ozdirish maqsadida yuradigan (kimsa ) ham border. Uning uchun bu dunyoda rasvolik bo`lur, qiyomat
- kunida esa, unga o`t (do`zax) azobini totdirurmiz” (“Xaj”, 8-9) . Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda shunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): Sizlardan kim mendan keyin yashasa, ko`p ixtiloflarni ko`radilar. Bas, sizlar mening sunnatimni va mendan keying roshid halifalarning sunnatini mahkam ushlab, tish bilan tishlagandek tutinglar, dedilar.
- Diniy eksteimistik tashkilotlar o`z faoliyatida “Davlat tepasiga faqat shafqatsiz kurash jihod yo`li bilan kelish mumkin va bu maqsadga erishish yo`lida har qanday to`siqlarni yengish kerak”, degan g`oyadan ham keng foydalanmoqdalar. Said Qutb o`zining “Yo`ldagi belgilar” kitobida “johiliya tizimi asoschilarini jihod va jismoniy kuch ishlatish yo`li bilan yo`q qilish orqali islomni qayta tiklash lozim”,
- deb yozgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |