sog`lig`iga xavf tug`diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy ob`ektlarning yo`q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatan, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizlikka putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko`zlab ig`vogarlik qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo`rlik, zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlardir. - Ushbu qonunda terrorchi, terrorchilik guruhi, terrorchilik tashkiloti, terrorchilik faoliyati, terrorchilik harakati, xalqaro terrorizm atamalarining tushunchalari berilgan.
- Terrorchilik faoliyati terrorchilik harakatini uyushtirish, rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirshdan, terrorlik harakatiga undashdan, terrorchilik tashkiloti tuzishdan, terrorchilarni yollash, tayyorlash va qurollantirishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy-texnika jihatidan ta`minlashdan iborat bo`lgan faoliyatdir.
- Terrorchilik harakatlari terrorchilik guruxi yoki terrorichilik tashkilotining o`z oldiga qo`ygan maqsadini amalga oshirish yo`lida garovda ushlab turish uchun shaxslarni qo`lga olish yoki ushlab turish; davlat yoki jamoat arbobini, aholining
- milliy, etnik, diniy, boshqa guruhlari, chet el davlatlari va xalqaro tashkilotlar vakillarining hayotiga tajovuz qilish; davlat yoki jamoat ahamiyatiga ega bo`lgan ob`ektlarni bosib olish, ularni shikastlantirish, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatish qurilmalarini, radiaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy, zaxarlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish, aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizliklar keltirib chiqarish; aholi hayotiga, sog`lig`iga, jismoniy yoki yuridik shaxslar molmulklariga avariyalar, texnogen xususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki zarar etkazish xavfi ostida qoldirish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va xalqaro huquqning umum e`tirof etgan
- normalarida belgilangan terrorchilik tarzidagi boshqa harakatlarni sodir etishdan iborat bo`lishi mumkin.
- Hozirgi davrda butun bir tuzilmaga ega bo`lgan terroristik tashkilotlar paydo bo`ldiki, bu tashkilotlar o`zining rahbariy idorasiga ega.Masalan, "O`zbekiston Islom Harakati" (rahbari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2000 yil 17 noyabrdagi hukmi bilan o`lim jazosiga hukm qilingan, Namangan viloyatida tug`ilib o`sgan Tohir Yo`ldoshev)ning rahbariy idorasi Siyosiy kengash, boshqaruv idoralari, o`ziga xos Vazirlar mahkamasi, Harbiy qo`mita, axborot tahliliy boshqarma va hokazolarga ega.Tohir Yo`ldoshevning o`zi esa Ben Laden kuchlari a`zo bo`lgan islom terroristik tashkilotlarining Kengashi
- O`zbekiston terroristik-ekstremistik kuchlarning vakili etib saylangan. «O`zbekiston Islom Harakati»ning (O`IHning) siyosiy Kengashi qoshida maslaxatchi va instruktorlar sifatida «Alqoida», «Tolibon», «Al-Jihxod» va boshqa ekstremistik tashkilotlarning, Saudiya Arabistoni, Pokiston, Sudan, Turkiyada tashkil topgan ekstremistik tashkilotlarining vakillari ish yuritadilar. Jumladan, islomiy yo`nalshidagi diniy-siyosiy ekstremistik tashkilotlar; «Hizbut tahrir al Islomiy», «Akromiylar», «Vahobiylar», «Adolat uyushmasi», «Islom lashkarlari», «Tavba», «Nur» hamda boshqa diniy yo`nalishdagi oqimlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |