Issiqlik elektr stantsiyalar. Issiqlik elektr stantsiyalarda issiqlik energiyasi avval mexanik ener giyaga ,so’ngra elektr energiyaga aylanadi va quyidagi sxema bo’yicha ishlaydi; yoqilg’i - issiqlik -mexanik energiya -elektr energiya. Issiqlik energiyasini mexanik energiyata aylantirishda ikki usul ishlatiladi:
1) porshenli;
2) rotorli usul.
Hozirgi kunda elektrstantsiyalar rotorli usul bo’yicha ishlaydi. Bug’ mashinasi 18-19 asrlar-Issiqlik energiyada asosiy yuritgich hisoblangan. Hozirgi kunda bunday motorlar ishlatilmaydi.
Issiqlik stantsiyalar uchta asosiy turlardan iborat: Issiqlik elektr markazlar (TETS), Kondensatsion elektr stantsiyalar (KES ), Davlat issiqlik elektr stantsiyalar ( GRES )
Issiqlik elektr markazlar iste’molchilarni elektr va issiqlik elektr energiyalar bilan ta’minlaydi 6.3‑rasm. TETS larning f.i.k.i 0,7 ga teng.
2.2-rasm. IETS sxemasi.
Asosiy uskunalar: bug’ qozoni (Kt), ta’minlovchi nasoslar(PN) bug’ turbinasi (T) issiqlik almashtirgich ( K )g kondensat nasoslari (KN) tarmoq isitgichlari (SP). Deaerator (Dr) bug’ turbinasi (T) bilan bir o’qda joylashgan generator (G) va energosistema bilan bog’lovchi transformator ( TS ).
GRES - rayon elektr stantsiyasi, yaqin hududda joylashgan iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlaydi va yoqilg’i (ko’mir, gaz, torf ) manbalari yonida quriladi.
KES - GRES printsipiga asosan ishlaydi, uzoq masofalar yuqori va o’ta yuqori kuchlanishli elektr energiya ishlab chiqaradi.
TETS - iste’molchilarni elektr energiya va issiqlik energiya bilan ta’minlaydi.
Issiqlik zaxiralari kamayotgan vaqtda yanada qulay va iqtisodiy jihatdan arzon elektr energiya manbalar termoyader sintezi yordamida topilmoqda. Butun dunyoda olimlar bu borada katta ishlar olib borishmoqda.
Eng katta quvvatli issiqlik elektr stantsiyalarning f.i.k.i atigi 40 -42 %ni tashkil qiladi. Agar f.i.k. 1% ga oshirilsa ham million tonna yoqilg’i iqtisod qilingan bo’ladi. F.i.k. oshirish maqsadda magnitogidrodinamik generatorlar (MGD - generator ) qo’llaniladi. Magnitogidrodinamik generatorlar juda quvvatli mashinalar bo’lib, ularda o’zgarmas magnit orqali tezligi 600-650 m /s.temperaturasi t = 2500 -3000 S gacha qizdirilgan bug’ bilan to’ldiriladi. Bunday temperaturada gaz plazma ko’rinishda bo’ladi va u o’tkazgich vazifasini bajaradi. MGD - generatorlarda f.i.k. 60 %gacha oshirishga imkon beradi. Yoqilg’i sifatida issiqlik elektr stantsiyalarda tosh ko’mir, torf. gaz. neft mazut, yog’och chiqindilari ishlatiladi.
MGD - generatorlarda issiqlik energiya elektr energiyaga aylanadi.
Hozirgi kunda AQSH, Rossiya, Yaponiya, Germaniya mamlakatlarda shu soha bo’yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtga kelib 27 mamlakatda atom elektr stantsiyalar ishlab turibdi. SHundan 110 tasi AQSH da, Frantsiya va sobiq ittifoqda 53 ta. Angliyada 40 ta, Hitoyda 3 ta.
Do'stlaringiz bilan baham: |