IV. Yuridik psixologiya.
Bu o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
Sud psixologiyasi
Kriminal psixologiya
Mehnat – tuzatish psixologiyasi
V. Harbiy psixologiya
VI. Sport psixologiyasi
VII. Savdo psixologiyasi
Bordiyu, psixologiya sohalarini klassifikatsiya qilishda psixikaning rivojlanishini asos qilib olsak, unda psixologiyaning yana quyidagi sohalari mavjudligini ko’ramiz:
- Yosh psixologiyasi. Bu o’z navbatida quyidagilarga bo’linadi:
- Bolalar psixologiyasi.
- O’smirlar psixologiyasi.
- Yoshlar psixologiyasi.
- Katta kishilar psixologiyasi.
- Gerantopsixologiya. (Qarilar psixologiyasi).
2. Maxsus psixologiya.
a) Patopsixologiya – miyaning o’sish davrida kasallanishi tufayli psixikada yuz beradigan o’zgarishlarni o’rganadi.
b) Olegofrenopsixologiya – bu miyasida tug’ma kamchiligi bor bolalar psixikasining o’sish masalalari bilan shug’ullanadi.
s) Surdopsixologiya – karlarning psixik taraqqiyotini o’rganadi.
d) Tiflopsixologiya – ko’rlar va ko’rish qobiliyati pastlarning psixologik taraqqiyotini o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |