Quruq tuz analizi
Quruq tuz analizi tuzni eritish jarayonidan boshlanadi. Eng avvalo tegishli
erituvchi tanlanadi. Buning uchun quruq tuzning ozgina (gugurt cho’pi boshidek)
qismi toza probirkaga solinib, ustiga 20 tomchi suv solib silkitiladi. Agar bunda
ham tuz erimasa, tuzning avvalgidek qismiga sirka, kerak bo’lsa xlorid, azot
kislotasi qo’shiladi. Shunday qilib, mos keluvchi erituvchi tanlanib, tuz to’liq
eritiladi. Bizning misolimizda suvda yaxshi eriydigan tuz tanlangan. Tuz to’liq erib
bo’lganidan so’ng kation va anionlarni analiziga kirishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |