Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

 
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda 
topshiriqlar: 
1.
 
Metod nima? 
2.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarning mohiyati va 
ahamyatini tushuntiring. 
3.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodlarning vazifalarini 
ayting. 
4.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitishda qo‘llaniladigan metodlarga 
qo‘yiladigan asosiy didaktik talablarni izohlang.  
5.
 
 Amaliyotda qo‘llanilayotgan o‘qitish metodlarining mazmuni 
nimalardan iborat? 
6.
 
Ta’lim vositalari deb nimani tushunasiz? 
7.
 
Mutaxassislik fanlarini o‘qitish vositalari haqida ma’lumot 
bering. 
8.
 
O`qitishning o`quv –ko`rgazmali vositalarining guruhlanishini 
tushuntiring? 
 
 


83 
8-MAVZU. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH 
SHAKLLARINING UMUMIY TAVSIFI; MA’RUZA 
TURLARI, SEMINAR MASHG’ULOTLARI, 
LABARATORIYA VA AMALIY DARSLAR 
 
Tayanch so‘zlar:o‘qitish shallari, individual, guruhiy, sinf-dars 
tizimi, an’anaviy yondashuv, noan’anaviy yondashuv, texnologik 
yondashuv, monolog, dialog, polelog, ma’ruza, kirish maruzasi, 
mavzular bo‘yicha maruza, umumlashtiruvchi ma’ruza, seminar, 
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, O‘quv konfrensiyasi va 
munozara mashg‘ulotlari
 
8.1. O‘qitish shakllari haqida tushuncha va oliy maktablarda 
o‘qitishing tashkiliy shakllari 
Ma’lumki, hozirgi oliy ta’lim maktablari oldiga turgan 
vazifalarning bajarilishi ko‘p jihatdan o‘quv fanlarining mazmuni, ular 
mazmunidagi mavzularni o‘qitish metodlari va o‘qitishning tashkiliy 
shakllari kabi didaktik komponentlarning aniq to‘planishi, ularda sifat 
va samaradorlik darajasining ta’minlanganliga bog‘liq. Zero, ular 
yordamida 
talabalar 
ilmiy 
bilimlar 
bilan 
qurollanadilar, 
dunyoqarashlari rivojlanadi,o‘quv yurtining ideologik vazifasi
bajariladi, jamiyatning ijtimoiy buyurtmasi hal etiladi.Talaba shaxsida 
g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy-ma’naviy sifatlar tarkib topadi. 
Biz oldingi mavzularda pedagogika fanlarini o‘qitishda ta’limning 
metodlari xususida fikr yuritgan edik. Endi uning tashkiliy shakllarini 
izohlash malakasini ko‘rib chiqishimiz talab etilmoqda. Chunonchi, 
har qanday ta’lim muassasasi kabi, oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya 
ishlarini davlat talablari darajasida tashkil etmay turib, jamiyat 
ehtiyoji-yuksak ma’naviy–axloqiy salohiyat,yuqori malakaga ega 
bo‘lgan mutaxassisni tarbiyalab bo‘lmaydi. Buning uchun esa o‘quv 
ishlarini davr talablari asosida tashkillashtirish, ularning amaliy 
yo‘nalishini jadallashtirish kerak. Bunga oliy ta’lim maktablari ta’lim–
tarbiya jarayoning tashkiliy shakllari yordam ko‘rsatadi.
Xo‘sh ta’limning tashkiliy shakllari deganda nima nazarda 
tutiladi? U qanday didaktik hodisa? Shakl (lotincha forma-tashqi 
ko‘rinish, sirtqi qiyofa) ma’nosini anglatib qandaydir mazmunning 


84 
tashqi ko‘rinishi, qiyofasini ifodalaydi. Fanda ta’lim shakllari deyilgan 
o‘qitish,o‘qish jarayonoda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining tashqi 
ko‘rinishi qurilishini ifodalovchi didaktik hodisa tushuniladi. 
Prafessor T.A.Ilina ta’kidlaganidek (u yoki bu) tashkiliy shakl 
o‘qitishning turli jamoaviy va individual ko‘rinishini hamda 
o‘quvchilarning turli darajadagi mustaqilligini va o‘qituvchilarning 
ta’lim oluvchilar o‘qishiga rahbarlik qilishini o‘qitiishini ifodalaydi
1

Demak, oliy ta’limda pedagog va talaba o‘quv munosabatlari o‘qitish- 
o‘qish faoliyatining tashqi ko‘rinishini ifodalashi –ta’limning tashkiliy 
shakllari deb yuritiladi. Ta’lim nazariyasi va amaliyoti o‘z 
taraqqiyotida turli tuman o‘qitish shakllarini kasb etdi, ularning 
ayrimlari o‘z qimmatini yo‘qotmay takomillashib borgan bo‘lsa, 
boshqalari keng tarqalib asta sekinlik bilan o‘z qimmatini yo‘qotib 
tarixga aylanib qoldi. Ta’limni tashkil qilishning tashkiliy shakllaridan 
individual o‘qitish bo‘lib bir o‘qituvchi yakka o‘quvchi bilan o‘qitish 
shularini olib borgan. Jamiyat talablarining o‘sib borishi natijasida 
o‘qitishning individual- guruhiy shakli paydo bo‘lib, o‘qituvchi uncha 
katta bo‘lmagan guruh uchun alohida o‘quvchi bilan o‘qitish ishini 
olib borgan, bunda ko‘proq o‘quvchining topshiriqlarni mustaqil 
bajarishi amalga oshgan. Induvidual-guruhiy o‘qitish ishlarining 
taraqqiyoti sinf-dars tizimining yaratilishiga asos bo‘lgan. Bu ta’lim 
tizimi aniq yoshdagi o‘quvchilar tarkibiga, aniq vaqtda, o‘qituvchi 
rahbarligida mashg‘ulot olib brogan. Uning nomi dars uslubi deyilgan, 
bu tizimning asoschisi va targ‘ibotchisi chex pedagogi Yan Amos 
Komenskiy edi ( XVII asr). 
XVIII oxiri XIX-asr boshlarida paydo bo‘lib,keng tarqalgan 
o‘qitish shakllaridan biri o‘zaro o‘qitish (Bell-Lankaster tizimi )bo‘ldi. 
Bunda o‘qitish ishlari katta tarkibga ega bo‘lgan, o‘quvchilar yaxshi 
o‘zlashtirish mavqeini egallagan o‘quvchining o‘qituvchi rahbarligida 
mashg‘ulotlarni olib borishi bilan xarakterlanadi. O‘quvchilarning 
ko‘proq mustaqil bilim olishlarini ta’minlash yo‘lidagi izlanishlar XIX 
asr oxiri XX asr boshlarida AQSH maktablarida qollanilgan Dalton –
reja o‘qitish shakli hisblanadi. Bunda o‘quv mashg‘uloti yakka 
ko‘rinishda va individual holda kabinetlarda, laboratoriyalarda, 
1
Ильина Т.А. Педагогика: Курс лекций: Учебное пособие для студентов пед. ин-тов. 
— М.: Просвещение, 1984. - 496 с. 


85 
kutubxonalarda maxsus tayyorlangan topshiriqlarni bajarishga 
yo‘naltirildi.
Barcha qayd qilib o‘tilgan ta’lim shakllaridan hanuzgacha 
o‘zining qimmatini yo‘qotmagan, dunyoning barcha ta’lim 
muasasalarida keng qo‘llaniladigan sinf- dars tizimi hisiblanadi.
Professor N.X.Avliyoqulovning fikriga ko‘ra «sinf-dars tizimi 
o‘zining quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi.
-Yoshi va tayyorgarlik darajasi taxminan bir xil bo‘lgan talabalar 
sinflarini (guruhini) tashkil etadi.
- Sinfda (guruh, oqim) yagona o‘quv reja, yagona o‘quv dasturlari 
va yagona mashg‘ulotlar jadvali bilan shug‘ullanadi.
-Mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars bo‘lib, u bitta fanning bitta 
mavzusiga bag‘ishlanadi va o‘qituvchi tomonidan boshqariladi. 
- O‘quv kitoblari asosan uy ishlari uchun qo‘llaniladi.
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichi, jamiyat 
ehtiyojini fan-texnika yutuqlri oliy ta’lim muassasalarda o‘qitishning 
tashkiliy shakillarini mazmunan va tarkibidan o‘zgarishiga olib keldi. 
Ayniqsa, mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risidagi” Qonun, “Kadirlar 
tayyorlash milliy dasturi” (29-avgust, 1997-yil) talablarni amalda 
bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi tasdiqlangan “Nizom”ga (1998) binoan oliy 
maktablarda o‘quv mashg‘ulotlarining ma’ruza, amalyot, seminar, 
amaliy mashg‘ulot, laboratoriya ishi, nazorat ishi, malakaviy bitiruv 
ishi, magistrlik desertatsiyasini tayyorlash kabi shakl-usullar joriy 
etilgan
1
.
Shu o‘rinda e’tirof etish joizkiy, bugungi kunda oliy ta’lim 
muassasalarida o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etishda quyidagi 
yondashuvlar ko‘zga tashlanmoqda: 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish